Iste’molchilar tanlovi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi
Download 215.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Istemolchilarning xatti-harakatlariga xulq-atvor yondashuvlari
1-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi
1 Chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste‘molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste‘molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. C va D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste‘molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta ehtiyojni to‘laroq qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqariga chiqish hisoblanadi. D nuqtada iste‘molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini ta‘minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda byudjet chizig‘ining va befarqlik egri chizig‘i joylashishining bir xil darajasini ko‘rsatadi. D nuqtada byudjet A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizig‘ida esa A va B tovarlar so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng. 1 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375-p. 1. Iste'molchilarning xatti-harakatlariga xulq-atvor yondashuvlari Bozor vaziyatining o‘zgarishini iste‘molchi nuqtai nazaridan qarab chiqilsa aynan olingan tovarga talab qanday shakllanadi, uning xulqi nimadan iborat, iste‘molchi tanlovi qanday tartibda amalga oshiriladi kabi savollarga mantiqiy javob topish mumkin bo‘ladi. Iste‘molchi hulqi bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning shakllanish jarayonidir. Iste‘molchi hulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi: 1. Iste‘molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli uning qarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga qaratiladi. 2. Iste‘molchi maqsadi – tovarlarni iste‘mol qilish natijasida maksimal qoniqish olishdir. 3. Iste‘molchi hulqi oqilona, ya‘ni u barcha cheklanishlarni baholaydi va o‘z maqsadiga yetishishning eng yaxshi variantini tanlaydi. Iste‘molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naflilik nazariyasi va befarqlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi. Naflilik – sub‘ektiv qoniqish ya‘ni tovar (xizmat) ni iste‘mol qilishdan ko‘riladigan naf. Umumiy tarzda naflilik tovarning inson ehtiyojini qondira olish qobiliyati deb ta‘riflashimiz mumkin 2 Download 215.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling