Iste’molchilar tanlovi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi


Download 215.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi215.56 Kb.
#1591768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi1

6-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi. 
Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining 
qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa 
xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola 
boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi ko‘pincha sanoat 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon bo‘ladigan tovarlar 
Giffen tovarlari deb nomlanadi. 
Chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste‘molchiga 
turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – 
o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste‘molchi tanlovini 
ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. C va 
9
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. Pp. 365-366 


D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga 
ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste‘molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas
chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta ehtiyojni 
to‘laroq qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqariga chiqish 
hisoblanadi. D nuqtada iste‘molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, 
chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini ta‘minlovchi tovar va 
xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet 
chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda byudjet chizig‘ining va 
befarqlik egri chizig‘i joylashishining bir xil darajasini ko‘rsatadi. D nuqtada byudjet 
A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizig‘ida esa A va B tovarlar 
so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng 

Download 215.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling