Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Xilma-xillik, moslanish va tabiiy tanlanish
Download 163.7 Kb. Pdf ko'rish
|
uLlL3hr6x2uUAsn4xW8EKoHRjVuyTDHR2LR5aW9H
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekosistemalar
Xilma-xillik, moslanish va tabiiy tanlanish
1. O‘zgaruvchanlik tabiiy tanlanish uchun asos sifatida: A. Populyatsiyadagi ba’zi individlar o‘rtasida belgi va fe’l-atvor xususiyatlarining o‘zgarishlari ularning yashab qolishi va o‘zlarning xususiyatlarini keyingi avlodlarga o‘tkazishda ustunlik beradi. B. O‘zgaruvchan muhitda turlarning yashab qolishi yoki yo‘q bo‘lib ketishini nasl qoldirish bilan bog‘lash (tabiiy tanlanish). 2. Vaqt o‘tishi bilan Yerda hayotning o‘zgarishiga oid dalillar: A. Qazilma holdagi dalillardan foydalanib, Yerda organizmlarning asosiy guruhlari mavjud bo‘lgan vaqtning nisbiy davomiyligi to‘g‘risida xulosa chiqarish. B. Hozida yashab turgan turlar va qazilma holdagi organizmlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar tirik mavjudotlarda vaqt o‘tishi bilan yuz beradigan o‘zgarishlarga dalil bo‘lishini tasvirlash hamda belgi-xususiyatlarning o‘xshashlik darajasi tirik organizmlar umumiy ajdoddan kelib chiqqanligiga dalil ekanligini bilish. Ekosistemalar 1. Ekosistemalarda energiya oqimi: A. Organik moddalarni hosil qiluvchilar, iste’mol qiluvchilar va parchalovchilarni bilish va ularga misollar keltirish; oziq to‘rlarini chizish yoki talqin qilish. B. Ekosistemadagi energiya oqimini tavsiflash (ya’ni, energiya organik moddalarni hosil qiluvchilardan iste’mol qiluvchilarga o‘tishi va energiyaning faqat ma’lum bir qismigina bir darajadan ikkinchisiga o‘tishi); energiya piramidalarini chizish yoki talqin qilish. 2. Ekosistemalarda suv, kislorod va uglerodning davriy aylanishi: A. Ekosistemada suvning davriy aylanishida tirik mavjudotlarning ahamiyatini tasvirlab berish (ya’ni, o‘simliklar tuproqdan suvni shimib oladi va barglari orqali suv bug‘latadi; hayvonlar esa suv ichib, nafas olish va ayirish orqali suvni tanadan chiqarib yuboradi). B. Ekosistema orqali kislorod va uglerodning davriy aylanishida tirik mavjudotlarning ahamiyatini tavsiflash (ya’ni, o‘simliklar havodan karbonat angidrid yutadi va fotosintezning bir qismi sifatida havoga kislorod chiqaradi hamda hujayralarida uglerod to‘playdi, hayvonlar havodan kislorod yutadi va havoga karbonat angidrid chiqaradi. 3. Ekosistemadagi organizmlar populyatsiyalarining o‘zaro bog‘liqligi: A. Ekosistemadagi populyatsiyalar yoki organizmlar o‘rtasidagi raqobatni tavsiflash va misollar keltirish. B. Ekosistemadagi yirtqichlikni tasvirlash va misollar keltirish. C. Ekosistemadagi organizmlar populyatsiyalari o‘rtasida simbiozni tasvirlash va misollar keltirish (masalan, gullarni changlantiruvchi qushlar yoki hasharotlar, kiyik yoki qoramolning ustida hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlar). 4. Ekosistemada populyatsiya soniga ta’sir etuvchi omillar: A. O‘simliklar va hayvonlarning o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni tavsiflash; populyatsiya sonini cheklaydigan omillarni bilish (masalan, kasallik, yirtqichlar, ozuqa manbai, qurg‘oqchilik). B. Ekosistemadagi o‘zgarishlar (masalan, suv bilan ta’minlanganganlik, yangi populyatsiyaning paydo bo‘lishi, ov qilish, migratsiya) mavjud resurslarga, bu esa populyatsiyalar o‘rtasidagi muvozanatga qanday ta’sir qilishi mumkinligini prognoz qilish. 5. Odamning atrof-muhitga ta’siri: A. Odamlarning faoliyati atrof-muhitga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tasvirlash va tushuntirish (masalan, o‘rmonlarni qayta ekish, havo va suv ifloslanishini kamaytirish, yo‘qolib borayotgan turlarni himoya qilish). B. Odamlarning faoliyatiatrof-muhitga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tasvirlash va tushuntirish (masalan, ishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan oqava suvlarning suv havzalariga tushishi, yoqilg‘i qazilma boyliklarining yonishi natijasida havoga issiqxona gazlarining ajralib chiqishi va havoni ifloslantirishi); havo, suv va tuproq ifloslanishining odamlar, o‘simliklar va hayvonlarga ta’sirini tasvirlash va misollar keltirish (masalan, suvning ifloslanishi suv havzasidagi o‘simlik va hayvonlar sonini kamaytirishi mumkin). Download 163.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling