Istiqlol davri bolalar adabiyotining folklor bilan aloqadorligi


Download 1.7 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1528814
1   2   3   4
Bog'liq
JO`RAYEVA MUHAYYO5.pptx

“Shum bola”

  • Adibning “Shum bola” qissasida o’zbek xalqining o’tmishdagi og’ir hayoti, xususan, o’smirlarning qarovsizligi, ularning bir parcha non deb darbadar kezishlari achinarli nasvirlansa, ba’zi obrazlarning harakatlari kulgi ostiga olinadi

“Shum bola” kinofilmidan lavhalar

Qissaning tarbiyaviy-estetik ahamiyati

  • Qissa dastlab 1936 yilda “Shum bolaning sarguzashti” nomi bilan “Mushtum” jurnalida chop etildi. Keyin “Dobdirash” deb o’zgartirdi. Har ikkala bo’lim yaxlit ko’rinishda 1938 yili “Shum bola” nomi bilan kitob holida bosilib chiqdi. Yozuvchi asarning boshidan oxirigacha latifalardan, xalq ertaklari va hikoyalaridan, askiyalarida unumli foydalandi. Shum bola dovyurak va chaqqon, u mehnatkash xalq vakili sifatida gavdalanadi. Sariboy, Azimxo’ja, Bo’riboyvachcha, Qoraxo’ja kabi salbiy obrazlarga qarama-qarshi qo’yiladi. Bu qissaning tarbiyaviy-estetik ahamiyati katta.

«Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi haqida

  • Bu voqeiy hikoya 1965 yilda yozilgan. Unda 1917 yillar voqealari aks etgan, o‘g‘rini insofga keltirgan Roqiya bibi obrazi berilgan. Hikoya «Otamizning o‘lganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil o‘n yettinchi yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik...» degan gaplar bilan boshlanadi. Asarda Roqiyabibi o‘g‘riga qarata: «Tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko‘ziday non anqonga shapig‘ (tirikchilik og‘ir bo‘lib qolgan). Ro‘zg‘orda bo‘lsa, ko‘z ko‘rib, qo‘l tutguday arzigulik buyum qolgani yo‘q. Bir chekkadan sotib yeb turibmiz. «Turib yeganga turumtog‘ chidamas», deganlar. Zamon qattiq, o‘g‘rigina bolam, zamon qattiq!» deganda, unga javoban o‘g‘ri: «Mening ham ikki bolam, xotinim, bitta kampir onam bor, bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak, deganlaridek, shularni boqishim kerak, to‘rtta chavati non topish uchun o‘zimni o‘tga, cho‘qqa, Alining tig‘iga uraman. Zamon chappasiga ketdi. Kerinska poshsho bo‘lgandan keyin urush to‘xtaydi degan edilar. Hali-beri to‘xtaydigan ko‘rinmaydi» - deydi.
  • Hikoya ikki nochor odamning bir-biriga arz-holigina bo‘lib qolgan emas, balki muloqot asnosida ayon bo‘ladiki, ular o‘z taqdirlarida xalqning ahvol-ruhiyatini jamuljam etganlar. Bu hol hikoyaning ma’no salmog‘ini, jozibasini oshirgan.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling