Mustahkamlash uchun nazorat savollari:
Istiqlol davri o‘zbek hikoyachiligida qanday shakliy-uslubiy o‘zgarishlar ro‘y berdi?
Hikoya janri tabiatida tavsifiy-rivoyaviy tipdan novellistik tip sari siljish kuzatilishini qanday izohlaysiz?
Hikoyalarni o‘z xarakteriga ko‘ra qanday yo‘nalishlarga ajratish mumkin?
Mustaqillik davri o‘zbek adabiy tanqidchiligida zamonaviy hikoyachilikning talqin va tahlillari haqida qanday fikrdasiz?
Istiqlol davri o‘zbek hikoyachiligining o‘ziga xosligi va taraqqiyot tamoyillari
xususida nimalarni bilasiz?
Istiqlol davri o‘zbek hikoyanavislari ijodida o‘xshashlik va o‘ziga xoslik maslasi haqida qanday fikrdasiz?
Istiqlol davri o‘zbek hikoyachiligi bilan bog‘liv qanday monografik tadqiqotlarni bilasiz?
„Istiqlol davri she’riyatining yetakchi tamoyillari“ mavzusi bo‘yicha nazorat testlari
Ushbu parcha qaysi ijodkor qalamiga mansub?
Bir qarasam, do‘st-u yordan ko‘nglim to‘qday, Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday.
Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim, Bir qarasam, ular siniq lolalarim.
Go‘zal Begim
Abdulla Oripov
Rauf Parfi
Shavkat Rahmon
Rauf Parfi qalamiga mansub she’riy asarlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
„Turkiylar“, „Iqror“.
„Ayolg‘u“, „Tush“.
„Qora devor“, „Munojot“.
„Munojot“, „Oq va qora“.
Keltirilgan she’riy parchada oymomo nimaning timsoli hisoblanadi?
Ana tong yulduzi – Zuhro nurafshon Dur taqib olibdi oppoq bo‘yniga.
Oymomo poylaydi, tun bo‘yi giryon, Kirib ketmasin deb yerning qo‘yniga.
xalq
oshiq
ona
ma’shuqa
Do'stlaringiz bilan baham: |