Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
birinchi yo‘nalish inson va fuqaro siyosiy huquqlarini ishlab chiqish
va qabul qilish bilan bog‘liq. Shaxs manfaatlarining ustun, deb e’lon qilinishi «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro bitim», ushbu bitimga ikkita qo‘shimcha bayonnoma qabul qilinishiga asos bo‘ldi; ikkinchi yo‘nalishning rivojiga turmush sharoitini yaxshilash obyektiv zarurati turtki berdi. Shu bois «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro bitim» qabul qilindi, inson huquqlariga oid ikkala xalqaro huquqiy hujjat ham 1966-yilda qabul qilindi; uchinchi yo‘nalish milliy konstitutsiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning aksariyati yangi xalqaro huquqiy prinsiplarga asoslana boshladi; to‘rtinchi yo‘nalish musulmon mamlakatlari tomonidan «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bog‘liq. U Yevropa uchun Islom kengashi tomonidan tayyorlandi va 1981-yil 19- sentabrda Parijda imzolandi (Islom kengashi davlatlararo tashkilot hisoblanmaydi, lekin «Islom birdamligi» harakati tan olingan). 166 Shuni ta’kidlash zarurki, «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi» («Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» kabi) majburiy yuridik xususiyatga ega emas, u davlatlar oldiga kafolatlar berish va uning qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish vazifasini qo‘ymaydi. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da e’lon qilingan huquqlar va asosiy erkinliklar Qur’on, musulmon huquqi va ular asosidagi qonun hujjatlari bog‘liq. Shu sababli bu hujjat an’anaviy xususiyat kasb etgan. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning qoidalari insonga daxlsiz va uzviy huquqlar Alloh tomonidan berilgan, ularni hurmat qilish majburiydir, degan prinsipni nazarda tutadi. Xullas, ushbu hujjat mohiyatida Allohning huquqi inson huquqlari va asosiy erkinliklariga nisbatan birlamchi va oliydir, degan g‘oya yotadi. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning I–XXIII mod- dalari «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi», 1966-yilgi xalqaro bitimlar, Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konven- siyasi va boshqa hujjatlarning moddalariga hamohangdir. Moddalar mazmunan mos kelsa-da, manbalar va shakllarga ko‘ra har xildir. Olimlarning ta’kidlashicha, musulmon huquqi diniy-an’anaviy ta’limot- dan XIX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan islohotlar tufayli Misr Arab Respublikasi, Yaman Respublikasi va boshqa musulmon mamlakatlarining milliy hujjatlaridagi xalqaro huquqiy normalarning o‘zlashtirilishiga qadar bo‘lgan tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Bundan tashqari, musulmon huquqi me’yorlarining tiklanishi va ularning Eron, Pokiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarning amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlanishi kuzatilmoqda. Musulmon huquqi tadqiqotchilari jinoyat huquqi sohasidagi huquq- buzarliklarning bir qancha tasniflarini ishlab chiqqanlar. Aksariyat tasniflar zamirida quyidagi ikki mezon yotadi: 1) u yoki bu qilmish uchun jazo belgilash darajasi; 2) buzilgan huquqlar xususiyati. Ushbu mezonlarga ko‘ra, barcha huquqbuzarliklar uch guruhga bo‘linadi: a) birinchi guruh – had jazosiga loyiq Allohga qarshi jinoyatlar; b) ikkinchi guruh – diya jazosiga mustahiq bo‘lgan ayrim shaxslarning huquqlariga qarshi jinoyatlar; d) uchinchi guruhga ta’zir jazosi nazarda tutilgan boshqa huquq- buzarliklar kiradi. 167 Shuni ta’kidlash lozimki, musulmon huquqining ommaviy-huquqiy institutlari (hisba – maxsus islom nazorat organlari, politsiya, «sho‘ro», dunyoviy sud) Qur’on qoidalaridan ham ko‘ra, ko‘proq davlat normativ- huquqiy hujjatlariga asoslangan. Masalan, «dunyoviy sudlar» o‘z faoliyatida G‘arbiy Yevropa sudlari amaliyotidan o‘zlashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga suyanildi (o‘rta asrlarda «dunyoviy sudlar» o‘z hukmdorlarining jinoyatga oid huquqiy hujjatlariga tayangan). Shunday qilib, «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da aks etgan inson huquqlari jahonning ko‘pgina mamlakatlari hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarning vorisiyligidan dalolat beradi. Biroq bu huquqlar musulmon xalqlariga nisbatan hozircha irrelevant (lotincha irrealis – noreal, ya’ni amalda emas, faqat g‘oyada mavjud) bo‘lib qolayotir. Islom konsepsiyasi, «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»da va «Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya»da ifodalangan erkinlik konsepsiyasi o‘rtasida jiddiy farq mavjud emas. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da belgilangan asosiy erkinliklar musulmon huquqi tizimini xalqaro huquq tizimi bilan yaqinlashtirish yo‘lida tashlangan muhim qadamdir. Bundan tashqari, «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning normalari inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklari borasida davlat huquqi normalaridan ustunlikka da’vogar bo‘lishi mumkin. Islomda inson huquqlari birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, lekin hayotdagi muayyan vazifalarni bajarishning vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Inson o‘zining ma’naviy mavjudot ekanligini anglashi va jamiyat ravnaqi yo‘lida bunyodkorona mehnat qilishi bilan hayvondan farq qiladi. Inson Allohning irodasiga ko‘ra uning yerdagi xalifasi (noibi) hisoblanadi. Insonga yashash huquqi u bundan butun insoniyat foydasi va ravnaqi yo‘lida foydalanishi uchun berilgan. U o‘z ixtiyoricha harakat qilishi uchun unga erkinlik hadya etilgan. Biroq inson Allohning irodasiga bo‘ysunish yo‘lini tanlasa, u ongli ravishda hayotining har bir lahzasi uchun o‘ziga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Islomga e’tiqod qiluvchi shaxsning huquqlari quyidagicha: 1) yashash; 2) tenglik; 3) erkinlik; 4) erkin fikrlash; 5) siyosiy erkinlik; 168 6) chet mamlakatlarga chiqish va ulardan boshpana topish; 7) munosib hayot kechirishni ta’minlovchi mehnat qilish; 8) odil sudlov; 9) qonun oldida tenglik; 10) o‘z sha’nini himoya qilish; 11) ijtimoiy ta’minot olish; 12) nikoh tuzish; 13) shaxsiy hayot va xavfsizlik; 14) o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan himoyalanish; 15) ta’lim olish; 16) jabr-zulmga qarshi norozilik bildirish; 17) so‘z erkinligi; 18) namoyishlar o‘tkazish erkinligi; 19) vijdon va e’tiqod erkinligi; 20) diniy tuyg‘ularni himoya qilish; 21) davlat ishlarida ishtirok etish; 22) munosib hayot kechirish. Qur’on va hadislarda inson huquqlari haqida fikrlar mavjud: «(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va: Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling