Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


 Islom davlatlarida qonun chiqaruvchi


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

11.3. Islom davlatlarida qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyati 
Hozirgi zamon qonunchiligida mustahkamlangan musulmon huquqi-
ning ayrim normalari mohiyatiga ko‘ra, ilgarigi xususiyatlarini yo‘qotdi. 
Faqat shaxsiy maqom huquqi nisbatan mustaqilligini saqlab qolib, 
umuman, huquqiy tizimda maxsus mavqeni egallamoqda. Biroq nisbatan 
mustaqil bo‘lgan huquqiy normalar majmui hozirgi zamon qonunchiligi 
ta’sirida o‘z tamoyillarini qayta qurmoqda. Umuman musulmon huquqiga 
tayanmaydigan huquqiy tizimning rivoji, amal qilishi, ijtimoiy mavqei-
ning umumiy qonuniyatlariga tobora muvofiqlashib bormoqda. 
Musulmon huquqi nazariyasi baribir aksariyat hollarda ustuvor huquq 
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, Misr Arab Respublikasi va 
Suriya Arab Respublikasida oila huquqiga doir qoidalarning qonunda 
mavjud bo‘lmaganligi bois, hakamlar Abu Hanifa tariqatining eng 
muvofiq keladigan xulosalarini qo‘llashni tavsiya etadi. Shuni qayd etish 
lozimki, Suriya Arab Respublikasining Konstitutsiyasi 2-moddasining 
mohiyatini ham shunday talqin etish mumkin. Undagi «fiqh» atamasi, eng 
avvalo, musulmon huquqi nazariyasini, ya’ni olimlarning shu huquqning 
muayyan normalari, umumiy tamoyillari bayon aks etilgan asarlarini 
nazarda tutadi. Shu bois, «musulmon huquqi qonunchilikning asosiy 
manbai», degan fikr mohiyatiga ko‘ra, konstitutsiyaviy usulda musulmon 
huquqi nazariyasi asosiy manba ekanligining e’tirofidir. 
Huquq ko‘plab ijtimoiy hodisalar bilan yaqindan bog‘liqlik va o‘zaro 
ta’sirda bo‘ladi. Huquqni shakllantiruvchi ijtimoiy kuch deganda, huquqiy 
normalarning (huquqning moddiy, tarixiy manbalari) mohiyati va 
mazmunini belgilaydigan ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, 
ijtimoiy-ruhiy) munosabatlarning yig‘indisini tushunish darkor. Ushbu 


164
normalar davlat hokimiyati (rasmiy ma’nodagi huquq manbai) tomonidan 
bevosita ishlab chiqiladi yoki tasdiqlanadi. Iqtisod bilan bevosita 
bog‘lanmagan va istalgan tarixiy turdagi huquqning shakllanishi va 
rivojiga sezilarli ta’sir etadigan omillar orasida vorislik muhim aha-
miyatga molikdir. Ko‘rib chiqilgan mamlakatlarda eski huquqiy 
ustqurmaning unsurlari qatorida «vorislik» maqomini belgilovchi musul-
mon huquqini ham kiritish mumkin. Zotan, u uzoq asrlar mobaynida 
dunyoning mazkur mintaqasida asosiy mavqeni egallab, yangi tarixiy 
sharoitlarda huquqiy normalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda. 
Ayni paytda huquqiy vorisiylikka xos ayrim eski jihatlarning tugatilgani 
yoki qisman saqlab qolingani oila huquqi sohasida namoyon bo‘ladi
1
.
Har qanday mamlakatning huquqiga huquqiy madaniyat, huquqiy 
ong, huquqiy mafkura va ruhiyat ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy sabablar, 
qarashlar, g‘oyalar huquqiy normalarni shakllantirishning bevosita 
mafkuraviy va ruhiy manbaidir. Shundan kelib chiqib, musulmon huquqi 
o‘ziga xos mavqega ega. Musulmon huquqining normalari ham huquqiy, 
ham axloqiy, ham diniy mazmunda namoyon bo‘lmoqda. Musulmon 
huquqi, eng avvalo, umumiy diniy-axloqiy ta’minot, har qanday qilmishni 
baholashning mezoni, rasmiy ma’noda esa yirik huquqiy tariqatlar 
asoschilari va ular tarafdorlari fikrlarining majmui, yuzlab huquqiy 
adabiyotlarda nazariy jihatdan bayon etilgan asosiy huquqiy tamoyillar va 
muayyan vazifaning yechimidir. 
Musulmon huquqi hozirgi kungacha ommaga katta ta’sir o‘tka-
zayotgan din bilan uzviydir. Hozirgi zamon dinlari orasida, islom siyosat, 
davlat va huquq bilan juda yaqin aloqadadir. Bu o‘rinda musulmon 
huquqining vazifasi ushbu tuzilmalarni bir-biriga bog‘lashdan iborat. 
Ayni paytda u hozirgi zamon Sharq mamlakatlarining huquqiy rivojiga 
huquqiy mafkura va ruhiyat vositasida ta’sir etadi. Aytish mumkinki, 
musulmon huquqining mafkuraviy ta’siri uning muayyan normativ 
yo‘riqlarini qo‘llash doirasidan ancha kengdir. Hozirgi tadqiqotchilarning 
tasdig‘icha, muayyan xulq-atvor qoidalari emas, balki norma – tamoyillar 
musulmon huquqining tag-zamini va eng barqaror qismidir. Ular barcha 
davr va xalqlar uchun musulmon huquqining amal qilishini kafolatlaydi. 
Inson huquqlarini tartibga solish va himoya qilish milliy huquqda 
ham, xalqaro huquqda ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
Ayni vaqtda islom inson huquqlarini himoya qilish tizimi e’tibordan 
chetda qolib kelmoqda va deyarli o‘rganilmagan. Holbuki, dunyoviy va 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɇɟɧɨɜɫɤɢ ɇ. ɉɪɟɟɦɫɬɜɟɧɨɫɬɶ ɜ ɩɪɚɜɟ. – Ɇ., 1977. – ɋ. 154.


165
musulmon huquqiy tizimlarini ilmiy va amaliy jihatdan taqqoslash, 
ularning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganish musulmon 
olami fuqarolariga o‘zlarini, deylik, yevropaliklardan kam bo‘lmagan 
darajada himoyalangan, deb his qilish borasidagi huquqiy mexanizmni 
aniqlash va uni obyektiv tavsiflashga imkoniyat yaratadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, jahonda asosiy xalqaro huquqiy tizimni 
yaratish «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» (1948-yil)da 
belgilangan prinsiplar va normalarni mustahkamlashdan boshlandi. 
Insoniyat bu vaqtgacha to‘plagan tarixiy-huquqiy tajriba AQSHning 
1776-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi, Fransiyaning 1789-yilgi Inson va 
fuqaro huquqlari deklaratsiyasi, AQSHning 1787-yilgi Konstitutsiyasi va 
ikki jahon urushi tajribasini o‘zida to‘pladi.
Hozirgi vaqtda «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ga 
ijtimoiy-huquqiy ongning rivojlanish bosqichi, umume’tirof etilgan 
prinsiplar asosida huquq normalarini umumiylashtirish, huquq tizimining 
yetishmayotgan unsurlarini topish va uning mazmunini belgilash imko-
nini bergan huquqiy ta’limot sifatida qaraladi. «Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi»ning prinsiplari va normalari juda ko‘p 
davlatlar uchun milliy huquq tizimi va qonunchilikni rivojlantirishda 
dasturulamal bo‘lib xizmat qildi.
Deklaratsiyada ifoda topgan inson huquqlari xalqaro doktrinasiga 
asosan huquq tizimida bir necha yo‘nalish rivojlandi: 

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling