Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Guvohlik. Islomda guvohlik instituti mukammal ishlab chiqilgan. 
Unga ko‘ra, muqaddam yolg‘onchilik qilgani, yolg‘on ko‘rsatma 
berganligi uchun jazolangan shaxslarning guvohliklari fuqarolik sudlarida 
inobatga olinmaydi. Shuningdek, musulmon bo‘lmagan shaxslarning ham 
musulmonlarga qarshi guvohlikka o‘tishi noqonuniy deb qaraladi. Faqat 
musulmon, balog‘atga yetgan erkak va ayolning guvohligi inobatga 
olinadi. 
Qasam. Muhammad (s.a.v.)ning: «Da’vogarlardan guvoh keltirish, 
gumondordan qasam ichish talab qilinadi», – degan ko‘rsatmasiga 
asoslanib, gumondorga qasam ichiriladi. Sud jarayonida gumondorga va 
guvohlarga ichiriladigan qasam so‘zlari murakkab matn emas (faqatgina 
lion – er-xotinning bir-birini zinoda ayblab, la’natlab ichadigan qasamida 
ba’zi maxsus so‘zlar bor). Qasamda asosan «vallohi», deb boshlanib, 
so‘ng shaxs o‘z muddaosini yoki aybsizligini izhor qilgan. Qasam faqat 
Allohning nomi bilan ichilganda, qonuniy hisoblanib, yuridik oqibatni 
keltirib chiqaradi. 
Alloh Qur’on karimda suddagi bahs-munozarali ishlarda garchi 
qarindoshlarning zarariga bo‘lsa ham, adolat bilan to‘g‘ri ko‘rsatma 
berishni buyurgan. 
XIX asrning o‘rtalariga kelib, Usmonli turk saltanati va Misrda 
Yevropa andozasidagi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning 


150
tashkil etilgani tufayli qozilik sudlari o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlagan. 
Chor Rossiyasining musulmonlar yashaydigan hududlarida (shu jumladan 
Turkistonda) qozilarga keng vakolatlar berilgan. Oktabr to‘ntarishi 
arafasida sobiq Turkiston general-gubernatorligida rusiyzabon aholi 
uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, o‘zbeklar va tojiklar uchun 
qozilik sudlari, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar va turkmanlar uchun biy sudlari 
faoliyat ko‘rsatgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning sudyalari asosan 
yuristlar bo‘lgan. Qozi lavozimiga zaruriy ma’lumotga ega, musulmon 
huquqini yaxshi biluvchi ulamolar, biy lavozimiga odat huquqining 
bilimdonlari tayinlanganlar.
1917-yilgi Oktabr to‘ntarishidan keyin, qozi sudlari avval tarqatib 
yuborildi, biroq, keyinroq O‘rta Osiyo va Shimoliy Kavkazda qayta 
tiklandi. Qozilar mahalliy aholi tomonidan saylanar va fuqarolik ishlari 
bo‘yicha sudlar bilan bab-baravar faoliyat olib borar edilar.
Qozi sudlarining vakolatlari oila-nikoh, vorislik, shuningdek ikkala 
tarafning roziligiga ko‘ra, ayrim fuqarolik va jinoyat ishlarini ko‘rib 
chiqish bilangina cheklanardi. Ular qo‘llaydigan fiqh va odat me’yorlari 
«sovet qonunchiligi»ning asosiy qoidalariga zid kelishi mumkin emas edi. 
Turkiston Avtonom SSR (TASSR) hukumati qozilik sudlarini 
birvarakayiga bekor qilmasdan, ularni asta-sekin tugatishga qaratilgan bir 
qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Ularning faoliyati mahalliy sho‘rolar 
(mahalliy hokimiyat organlari) va adliya xalq komissarligi nazoratiga 
olindi. Qozi sudlariga taalluqli ishlarning doirasi cheklandi.
1919-yil 17-iyunda TASSR Xalq Komissarlari Kengashi qozi 
sudlarini bekor qilish, ularni «millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, 
barcha Turkiston fuqarolari uchun yagona xalq sudi» bilan almashtirish 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sud shaklan o‘zgarib, faqat qozi hukmiga 
asoslangan sud kollegial sudga aylandi. Ishlarni sudda ko‘rishning yangi 
tartibi, ish yuritishning yangi shakli joriy etildi. Shunga qaramay, xalq 
sudi mazmuni va ruhiga ko‘ra, qozi sudi ishining davomchisi bo‘lib qoldi. 
Bu tabiiy bir holdir, chunki tub aholi musulmon huquqi qoidalari asosida 
tarbiyalangan bo‘lib, aksariyat hollarda sobiq biy va qozilardan saylangan 
xalq sudyalari faqat musulmon huquqi me’yorlarini qo‘llar edilar.
Xullas, sudlar xalq sudi, deb atalsa-da (ular sudyalar, xalq 
maslahatchilaridan iborat bo‘lib, ish sho‘rocha andozaga ko‘ra yuritilar 
edi), mohiyatan qozi va biy sudlaridan iborat bo‘lgan. O‘z-o‘zidan 
ravshanki, xalq sudlari faoliyatida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan. 


151
Masalan, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashining «Nikohni bekor qilish 
to‘g‘risida»gi 1917-yil 12-dekabr dekreti qabul qilinganidan so‘ng, juda 
ko‘p ziddiyatlar yuz berdi. Bu huquqiy hujjatga muvofiq, Turkiston 
Respublikasining Adliya xalq komissarligi: «Bundan buyon faqat 
dekretga muvofiq amalga oshirilgan nikohdan ajralish holatlari haqiqiy 
deb hisoblanadi», – degan maxsus buyruq chiqardi. Biroq, shaklan xalq, 
ruhan musulmon huquqi sudi er-xotinlarni musulmon huquqi me’yor-
lariga asoslanib ajratishda davom etdi. Gap shundaki, sudya er-xotinni 
yuqorida zikr etilgan dekretga muvofiq ajratgan taqdirda ham, erdan 
ajralgan ayol (turmush tarzi diniy qoidalarga asoslangani tufayli) garchi 
erkinlik olsa ham, qayta erga tega olmas edi. Nikoh mulla yoki imom 
tomonidan o‘qilar, ular ajralish musulmon huquqi qoidalariga ko‘ra 
amalga oshirilgani haqidagi shahodatnomasiz nikoh o‘qishdan bosh 
tortardilar. Albatta, mahalliy hokimiyat ijroqo‘mlar va boshqa ma’muriy 
organlarga tegishli ko‘rsatmalar berib, sudyalar ishini «to‘g‘ri yo‘lga 
solish»ga harakat qilgan, lekin bu natija bermagan. Ko‘rsatmalarni 
bajarmagan xalq sudyalari qamoqqa ham olingan. Xalq sudi baribir 
aholining e’tiborini qozona olmagan. Amaliyot qozi sudlarini bekor 
qilishda shoshma-shosharlik bo‘lganini ko‘rsatgan. Turkiston Markaziy 
Ijroiya Qo‘mitasi (TurkMIQ)ning 1921-yil 6-sentabrdagi dekreti bilan 
qozi va biy sudlari qisman tiklandi. 26 mayda TASSR hukumati butun 
respublika hududida qozi va biy sudlarini qonuniylashtirish to‘g‘risida 
dekret qabul qildi. Musulmon sudi xodimlari qurultoyi tomonidan qabul 
qilinib, TurkMIQning 1921-yil 25-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan 
«Turkiston Respublikasi musulmon xalq sudlari to‘g‘risidagi nizom»ning 
1-moddasiga muvofiq, Turkiston Respublikasi hududida tub musulmon 
aholi uchun xalq sudi bilan bir qatorda, quyidagi tarkibda musulmon xalq 
sudlari ham ta’sis etildi: a) o‘troq aholi uchun xalq qozisi (qozilar sudi); 
b) ko‘chmanchi aholi uchun xalq biyi (biylar sudi).
Turkiston Respublikasida musulmon huquqi sudlariga doir huquqiy 
hujjatlar qabul qilish huquqi berildi. XX asr 20-yillarining oxiriga kelib, 
qozi sudlarining faoliyati tugatildi.
Buxoro (BXSR) va Xorazm (XXSR) Respublikalarida bunday 
sudlarning huquqiy holati boshqadir. TASSR sud tizimida darhol yagona 
sovet xalq sudi asoslari yetakchilik qila boshlagan, qozi sudlari muvaqqat 
institut hisoblangan. BXSRda musulmon huquqi sudining yangi shakldagi 


152
xalq sudiga o‘tishi darhol yuz bermagan. Bunda mamlakat aholisiga 
musulmon huquqi peshvolarining ta’siri kuchli bo‘lgani ham hisobga 
olingan. Shu sababli xalq qozi sudlari BXSR va XXSRda sud tizimining 
teng huquqli bo‘g‘inlariga aylangan. Xalq sudlari faqat BXSR va XXSR 
hududida yashagan ruslarning manzilgohlarida amal qilgan, musulmon 
huquqi esa xalq qozi sudlari faoliyatining huquqiy negizi bo‘lib qolgan
1
.
Shuni ta’kidlash zarurki, BXSR va XXSR hukumatlari mazkur sudlar 
faoliyatining xususiyatlari va asoslarini hamda musulmon huquqi 
me’yorlarini qo‘llash tartibini sezilarli darajada o‘zgartirgan. Bu 
me’yorlar BXSR va XXSRda huquq manbalari sifatida tan olinib, ularni 
inqilobiy hokimiyat dekretlari va qarorlariga zid kelmaydigan darajada 
qo‘llanishi ta’kidlangan
2
.
Musulmon huquqining amal qilish doirasi ham ancha toraydi. Lekin 
BXSR va XXSRdagi qozi sudlarining vakolatlari RSFSRning musulmon 
aholi yashaydigan avtonom respublikalari va viloyatlaridagi qozi 
sudlarining vakolatiga qaraganda ancha keng edi. Buxoroda qozi sudlari 
BXSR Muvaqqat inqilobiy hukumatining 1920-yil 2-sentabrdagi 
dekretiga muvofiq tugatildi. 1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida adliya 
vaziri BXSR hukumatiga ma’lumotida shunday deb yozadi: «Ikkinchi 
oktabrdan boshlab maxsus komissiya mahalliy inqilobiy qo‘mitalar 
tavsiyasiga ko‘ra qozixonalar tashkil etib, qozilarni tayinlashga kirishdi. 
Ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar belgilandi, shuningdek ularga sovet 
qonunlari va musulmon huquqi qonunlariga asosan ish olib borish 
majburiyati yuklandi»
3
.
1922-yil 27-mayda BXSR hukumati xalq qozilari to‘g‘risida 
muvaqqat qonun qabul qildi, 1922-yil 19-dekabrda esa Umumbuxoro 
MIQning II sessiyasida «BXSRda xalq qozi sudlari to‘g‘risidagi nizom» 
tasdiqlandi. Ushbu Nizom BXSRda yagona sud tizimini tashkil etish 
yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Nizomga muvofiq, xalq qozi 
sudlari tumanlar va viloyatlar hududidagi barcha jinoyat va fuqarolik 
ishlarini ko‘rib chiqar edi. Mansabdorlik jinoyatlari, davlat va uning 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ⱥɛɢɞɨɜɚ ɇ.ɂ. ɋɭɞɵ ɤɚɡɢɟɜ ɢ ɨɫɨɛɟɧɧɨɫɬɢ ɩɪɨɰɟɫɫɚ ɢɯ
ɥɢɤɜɢɞɚɰɢɢ ɜ ɍɡɛɟɤɫɤɨɣ ɋɋɊ: Ⱥɜɬɨɪɟɮ. ɞɢɫɫ. … ɤɚɧɞ. ɸɪɢɞ. ɧɚɭɤ. – Ɍ., 1974.
– 23 ɫ.
2
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-46-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 15-ɢɲ, 7-ɜɚɪɚԕ.
3
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-48-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 64-ɢɲ, 21-ɜɚɪɚԕ.


153
xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, shuningdek harbiy xizmatchilar, mansab-
dor shaxslar yoki hokimiyatga muxolifatda bo‘lgan fuqarolar tomonidan 
sodir etilgan barcha qilmishlarga doir ishlar, bundan mustasno edi. Xalq 
qozi sudlari Adliya nozirligining (vazirligi) qaroriga ko‘ra, belgilangan 
sud uchastkalarida ish olib borardi. Nizomda birinchi marta uchastka va 
viloyat sudlari alohida ajratildi. Viloyat xalq sudi yirik jinoyat ishlari, 
chunonchi: odam o‘ldirish, badanga og‘ir shikast yetkazish, nomusga 
tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘t qo‘yish, qalbaki pul yasash
hujjatlarni soxtalashtirish, shuningdek ayollarni o‘g‘irlash to‘g‘risidagi 
ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqardi. Ayni vaqtda, u 
uchastka sudlariga nisbatan birinchi apellatsiya-kassatsiya, nazorat-taftish 
instansiyasi hisoblanar edi. Adliya nozirligi huzuridagi Xalq qozilari 
kengashi ikkinchi kassatsiya-nazorat instansiyasi vazifasini bajarar edi.
Viloyatlardagi shaharlar uchun xalq qozilari Adliya nozirligi 
tomonidan bir yil muddatga saylangan va Umumbuxoro MIQ tasdig‘iga 
kiritilgan. Tumanlar va kentlarning qozilari viloyat ijroqo‘mlari tomoni-
dan saylanib, Adliya nozirligi tomonidan tasdiqlangan. Xalq qozilariga 
Adliya vazirligi ishlab chiqqan va Umumbuxoro MIQ tasdiqlagan tariflar 
bo‘yicha maosh tayinlangan. Bunday tartib qozilarga ko‘rilgan ishlar 
uchun tushgan pul hisobidan haq to‘lashdek an’anaviy musulmon 
huquqidagi qoidaga zid edi. BXSRda qozi sudlari o‘sha davrdagi vaziyat 
bilan hisoblashishga va shunga muvofiq, o‘z ish usullariga o‘zgartishlar 
kiritishga majbur bo‘lgan. Nizomning 1-moddasiga muvofiq, ularga 
quyidagi vazifalar yuklatilgan: 
1) tergov olib borish sud tergovchisiga yuklatilmagan jinoyat ishlari 
bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish; 
2) jinoyat sodir etishda ayblanib, ushlangan shaxslarni so‘roq qilish; 
3) ehtiyot chorasini tanlash; 
4) xalq sudi kotibiyatining ishini boshqarish. 

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling