Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Siyosiy jinoyatchilar muayyan kuchga ega bo‘lishlari shart. Ular o‘z 
maqsadlarini ilgari surganlarida ham biror kuchga ega bo‘lmasalar, 
siyosiy jinoyatchilar, deb tan olinmaydilar. 
Mamlakatda qo‘zg‘olon yoki urush vaziyatlari hukm surib turganda 
siyosiy jinoyatlar sodir bo‘ladi. Yuqorida bayon etilgan barcha amallar 
tinchlik sharoitida yuz beradigan bo‘lsa, ular oddiy jinoyatlar hisoblanadi. 
Bu jinoyatlarni sodir etgan shaxslar oddiy jinoyat qilganlar kabi 
jazolanadilar.
Ulardan bu davrda tinch yo‘l bilan hayot tarzlarini olib borish talab 
qilinadi. Ular so‘z erkinligiga ega bo‘lib, musulmon huquqida ruxsat 
etilgan amallarini bajarishlari mumkin bo‘ladi. Ammo jinoyatchi qo‘l 
urgan siyosiy jinoyati uchun darhol oddiy jinoyatchi kabi jazosini oladi. 
Siyosiy jinoyatchilar jamoa tashkil etish huquqiga egadirlar. Ammo 
bunda jamoa o‘z yo‘lboshchisiga ega bo‘lishi talab etiladi. Aks holda, 
jamoa tarqatilib yuborilishi mumkin. 
Savol va topshiriqlar 
1. O‘zbekistonlik allomalarning musulmon jinoyat huquqining rivojiga 
hissa qo‘shgan asarlari haqida gapiring. 
2. Musulmon jinoyat huquqining o‘ziga xos jihatlarini tushuntiring. 
3. Islomda jazo va uning turlarini tushuntirib bering.
4. «Ta’zir» tushunchasi va turlarini ayting. 


143
TO‘RTINCHI BO‘LIM
10-BOB. MUSULMON SUD HUQUQI 
10.1. «Musulmon sud huquqi» tushunchasi 
Musulmon huquqi to‘g‘risidagi asosiy adabiyotlarda sud huquqining 
ma’nosi qazo (qozilik) haqidagi boblarda yoritib berilgan. Arab tilidagi 
«qazo» so‘zi tayin qilish, hal qilish degan ma’nolarni ifodalab, mazkur 
fe’l (harakat)ning bajaruvchisi «qozi» (tayin qiluvchi, hal qiluvchi), deb 
nomlanadi. «Qozi» ham arabcha so‘z bo‘lib, «qazo» fe’li (amali)ning foili 
(ya’ni ish bajaruvchisi, harakatni sodir qiluvchisi)dir. «Qazo» so‘zining 
bir qancha lug‘aviy ma’nolari bo‘lib, hukm, ado qilish, nihoyasiga 
yetkazish, komiliga yetkazish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Uni qo‘llash 
borasida to‘rt mazhab ulamolari turlicha yondashganlar. 
Hanafiylarning ta’rifiga ko‘ra, qazo bu – insonlar orasida haq bilan 
hukm qilish. 
Molikiy mazhabining tarafdorlari esa, qazo – majbur qilib qo‘yish 
yo‘li orqali shar’iy hukmni bildirish, deganlar. 
Shofi’iy mazhabining tarafdorlari qazo – voqelikda shar’iy hukmning 
qozi bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshirilishidir, deganlar. 
Hanbaliy mazhabiga ko‘ra, qazo – shar’iy hukmni va uning majburiy 
bo‘lib qolganligini va muayyan bir nizoga aniqlik, oydinlik kiritilganini 
bayon qilishdir. 
Ulamolar qazo – hukm chiqarishning asosiy shartlari haqida ko‘plab 
fikrlarni bildirganlar. Hanafiy mazhabining olimi ibn Obiddin qazo 
qonuniy bo‘lishi uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi shart, deb ko‘rsatgan: 
– birinchidan, qozining shaxsan mavjudligi (gohida hokim ham deb 
yuritiladi); 
– ikkinchidan, hukm chiqarilishi uchun sabab bo‘lgan voqea; 
– uchinchidan, hukmni kutib turgan shaxs yoki jamoat
– to‘rtinchidan, musulmon huquqiga muvofiq, hukmni qabul qilish, 
o‘z navbatida, to‘rt maqsadni nazarda tutish: 
a) Allohning haqi – zino yoki xamr (mast qiluvchi ichimlik) 
ichganligi uchun had urishlik; 
b) bandaning haqi – mol-mulkiga ega bo‘lish; 
d) Alloh va bandaning haqlari birga, lekin Allohning haqi ustun 
bo‘lgani bois, keskin chora ko‘rish, masalan, o‘g‘rilik uchun qo‘l 
kesilishi; 


144
f) Alloh va bandaning haqi birga, lekin bandaning haqi ko‘proq 
bo‘lgani bois, banda tomonidan istasa, yengilroq jazo berilishi mumkin 
bo‘lgan jinoyat turi – qasos yoki tuhmat uchun jazo; 
– beshinchidan, isbot yo‘llari. 
Ushbu o‘rinda qozining qarori va fatvo o‘rtasidagi farq to‘g‘risida 
mufassal to‘xtalish o‘rinlidir. 

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling