Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
9.3. «Ta’zir» tushunchasi va turlari
Musulmon olimlarining asarlarida ushbu jinoyatlarning turlari to‘g‘risidagi qaydlar uchramaydi. Ular, asosan, jinoyatlarning hudud, qasos va diya turlari haqida fikr bildirganlar. Chunki bunday jinoyatlar sobit bo‘lib, ularning tamoyillari o‘zgarmagan, ularga beriladigan jazolar ham muqarrar bo‘lib, ular ham o‘zgartirilmagan. Ushbu jinoyatlarning hammasi muaqqat jinoyatlar, deyilgan. Ammo ta’zir jinoyatlari ichida muaqqat va muaqqat bo‘lmagan jinoyatlar mavjud bo‘lib, ularni qozilarning o‘zlari farqlab, belgilab borganlar. Bu borada ularga katta huquqlar berilgan. Hukm chiqaruvchi mahkamalarning hukmlari davlatlarning urf-odatlariga binoan turlicha bo‘lgan. Biror davlatda ruxsat etilgan amallar boshqa davlatda man etilgan. Shu bois fiqh olimlari ushbu masala xususida mufassal bahs olib borishni zarur, deb topmaganlar. 139 Muaqqat jinoyatlar birorta man etilgan amalni bajarishdan yoki buyurilgan amalni bajarmaslikdan kelib chiqadi. Bunday jinoyatlar chegaralangan vaqt ichida sodir bo‘ladi. Ushbu jinoyatlarga o‘g‘rilik, mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilish yoki yolg‘on guvohlik berish, guvohlik berishdan bosh tortish kabilar kiradi. Muaqqat bo‘lmagan jinoyatlar yangilanib yoki to‘xtamasdan davom etib turadi. Ushbu jinoyatlarning bajarilishi vaqtlari tugagandan so‘ng, ular jinoyat, deb yuritiladi. Bunday jinoyatlarga biror shaxsni nohaq hibsda ushlab turish, zakot berishdan bosh tortish kabilar kiradi. Musulmon huquqining qoidalarida bayon etilishicha, muaqqat jinoyatlar u boshlangan vaqtdan jinoyat, deb hisoblanadi. G‘ayrimuaqqat jinoyatlar esa albatta nihoyasiga yetgan bo‘lishi shart. Ammo, bu o‘rinda jinoyatning natijasi bilan jinoyatning davom etishini chalkashtirmaslik lozim bo‘ladi. Bunga o‘g‘rilik jinoyatini misol qilsak, o‘g‘rilik sodir bo‘lgandan so‘ng, o‘g‘irlangan mollarning jinoyatchi qo‘lida qolishi bu jinoyatning davom etishi emas, balki jinoyatning natijasi, hisoblanadi. G‘ayrimuaqqat jinoyatlar yangilanib turadigan va davom etuvchi jinoyatlarga bo‘linadi. Yangilanib turadigan jinoyatlar jinoyat davom etishi bilan yangilanib turadi. Masalan, yil mobaynida zakot majburiyatini bajarmaslik vaqt o‘tishi bilan jinoyatning ortishiga olib keladi. Bu holda jinoyat yangilanib turaveradi. Bunday taqsimlanishda bir qancha jinoyatlar inobatga olingan, ya’ni: – muaqqat jinoyatni sodir etgan jinoyatchi uchun maxsus hukmlar mavjud. G‘ayrimuaqqat jinoyatlarning hukmlari maxsus bo‘lmay, zamon va makonga qarab o‘zgarib turadi. Shu nuqtai nazardan ushbu jinoyatlarning har biri bitta emas, balki bir necha hukmlarga ega bo‘ladi, deyish mumkin; – muaqqat jinoyat ustidan jinoyat ishi jinoyat boshlanishi bilan qo‘zg‘atiladi, ammo g‘ayrimuaqqat jinoyatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi uchun albatta jinoyat nihoyasiga yetishi talab qilinadi; – yangi chiqarilgan qonunlar muaqqat jinoyatlar uchun ahamiyatga ega emas. Ular faqat muaqqat jinoyatlarga ta’sir etib, eski qonunlar bunday sharoitda bekor qilinadi; – muaqqat jinoyatda hukm voqea sodir etilib, mahkamaga xabar qilinganda chiqariladi. Agar bu holda mahkamaga ma’lum qilinmagan jinoiy voqealar sodir bo‘lgan bo‘lsa va hatto hududda o‘sha hukmga ega jinoyatlar bo‘lgan taqdirda ham. ular hukmga ta’sir etmaydi. Hukmdan keyin sodir bo‘lgan jinoiy voqealar tufayli ham unga o‘zgartish kiritilmaydi. 140 Hukmdan keyin sodir bo‘lgan jinoyat uchun yangidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, muqaddam chiqarilgan hukmning jazosi ijro etilgandan so‘ng, yangi hukm ijro etiladi. Ammo g‘ayrimuaqqat jinoyatlarda hukm o‘tgan hamma jinoyatlarga tegishli bo‘ladi. Hatto ba’zi jinoyatlar mahkamaga ma’lum bo‘lmagan taqdirda ham, ularning voqelikda sodir etilganligi e’tirof qilinadi. Chunki o‘sha jinoyatga yaqin amallarning barchasi birlashtirilib, bitta jinoyatning hisobiga kiradi. Jinoyatlar tabiatiga ko‘ra, jamiyatga yoki shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga bo‘linadi. Jamiyatga qarshi qaratilgan jinoyat uchun jazo jamiyatdagi tartibni himoya qilish maqsadida belgilanadi. Bunday jinoyatlar shaxsga yoki jamoaga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Shaxsga qaratilgan bo‘lsa ham, lekin jamiyatga qarshi, deb yuritilishining boisi, ba’zi (zino, o‘g‘rilik) jinoyatlar shaxsdan ko‘ra jamiyatga ko‘proq zarar yetkazadi va mazkur jinoyatlarda jabrlangan shaxsga jinoyatchini afv etish huquqi berilmaydi. Bunday jinoyatlar uchun jazo shaxs huquqini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Jinoyatlar bir vaqtning o‘zida ham shaxsga, ham jamiyat hayotiga qarshi bo‘lishi mumkin. Masalan, qasos va diya shaxs huquqini buzadigan jinoyatlar hisoblanadi, lekin bunday jinoyatlar jamiyat huquqiga ham taalluqli bo‘ladi. Ammo ko‘proq shaxs huquqiga tegishli bo‘lgani bois, jazo shaxs huquqi uchun beriladi. Agar jabrlanuvchi shaxs o‘z haqidan kechib, jinoyatchini afv etsa, unda jinoyatchiga jamiyat haqi uchun jazo beriladi, ya’ni unga ta’zir uqubati belgilanadi. Ta’zir jinoyatlari ba’zi vaqtda jamiyatga va ba’zan shaxsga qarshi sodir etilgan bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, jazolar jamiyat haqi uchun og‘irroq, shaxs haqi uchun yengilroq belgilanadi. Musulmon huquqida jinoyatlar oddiy va siyosiy jinoyatlarga bo‘linadi. Garchi siyosiy tus olgan bo‘lsa-da, hamma jinoyatlar ham siyosiy jinoyatlarga kirmaydi. Ba’zan oddiy jinoyatlar siyosiy keskinlik vaqtida sodir etilsa, ularga siyosiy jinoyatlar sifatida qaraladi. Bu ikki xil jinoyat xususiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq qilmaydi. Ularning bajarilish holatlari va usullari bir-biriga muvofiq keladi. Bunday holatlarda jinoyatlarni bir-biridan ajratib ko‘rsatish qiyin kechadi. Oddiy holatlarda, ya’ni urush yoki qo‘zg‘olon vaqtlaridan boshqa vaqtlarda ro‘y bergan har qanday jinoyat oddiy jinoyat, deb yuritiladi. Masalan, kimdir davlat hokimini o‘z siyosiy qarashlari bois qatl etgan bo‘lsa, uning maqsadidan qat’i nazar, u oddiy jinoyatni sodir etganlikda ayblanadi. Chunki qatl oddiy sharoitda amalga oshirilgan bo‘ladi. Bunga xalifa Aliga xorijiylar qasd qilganlarida, qotilga uning o‘zi bergan jazosi 141 misol qilinadi. Xalifa Ali o‘g‘li Hasanga: «Madomiki, men tirik kelsam, uni o‘zim jazolayman, agar o‘lsam, uni menga urgan zarbi kabi uringlar», – deb buyurgan. Islom olimlari Ali o‘z qotilini oddiy jinoyatchi deb qabul etgan, degan fikrni bildirganlar. Siyosiy jinoyatlar g‘ayrioddiy holatlarda yuzaga keladi. Ular qo‘zg‘olon va urush holatlarida, bir davlat ikkinchi davlatning ustiga bosqinchilik bilan kelayotgan vaqtda, mamlakatda tinchlik va barqarorlik ketib, notinchlik hukm surayotgan bir sharoitda ro‘y beradi. Fiqh olimlari siyosiy jinoyatchilarni qo‘zg‘olonchilar, deb ataydilar. Qo‘zg‘olonchilar – davlatdan norozi bo‘lib, unga qarshi harakatlarni olib boruvchi ma’lum bir shaxslardir. Siyosiy jinoyatchilarning qo‘zg‘olon vaqtida va undan keyingi huquqlari quyidagicha: qo‘zg‘olon boshlanib ketgan vaqtda, davlat hokimi siyosiy jinoyatchilarni qatl qilmaslikka harakat qiladi. Urushda eng ashaddiy qo‘zg‘olonchilarni o‘ldirish buyuriladi. Qo‘zg‘olonchi- lardan biri qurolini tashlasa, unga zarar yetkazilmaydi. Uning mol-mulki, ayollari saqlab qolinadi va urush tugagach, qaytarib beriladi. Agarda mol- mulklar tinchlik vaqtida talon-toroj qilingan bo‘lsa ham, davlat ularni o‘z egalariga qaytarishga mas’uldir. Siyosiy jinoyatchilarning mol-mulklari urush ta’sirida yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa, bu holda davlat ularning mol- mulklariga mas’ullikni zimmasiga olmaydi. Siyosiy jinoyatchilar urush holatida odam o‘ldirish, mol-mulkni talon-toroj qilish kabi jinoyatlarni sodir qilgan bo‘lsalar, davlat hokimi ularni jazolashi ham, jazodan ozod etishi ham mumkin. Jazo ta’zir uqubatidan iborat bo‘lib, bu to‘g‘rida to‘rt buyuk imom o‘z fikrlarini bildirganlar. Imomlar Molik, Shofi’iy va Ahmad siyosiy jinoyatchilarga o‘lim jazosi berilmasligini yoqlab chiqqanlar. Ular islomda asirlar va jarohatlangan kishilarni qatl etish harom qilinganligini e’tirof etganlar. Abu Hanifa esa qatlni yoqlab chiqib, agarda jamiyat maslahati buni talab etadigan bo‘lsa, asirlarni qatl qilsa bo‘ladi, degan fikrni bildirgan. Har qanday holatda ham bu borada davlat qozisiga katta huquq berilgan bo‘lib, uning hukmi bilan jinoyatchi qilmishi uchun jazo oladi yoki jazodan umuman ozod etiladi. Siyosiy jinoyatchilarga beriladigan jazolar vaziyatga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, agarda jinoyat qo‘zg‘olondan oldin yoki keyin sodir etilgan bo‘lsa, ularga oddiy jinoyatlar nisbatidagi jazo beriladi. Qo‘zg‘olon vaqtida sodir etiladigan siyosiy jinoyatlarga davlat rahbarlarini qatl etish, shaharlarni egallab olish va umuman urush holatiga mansub jinoyatlar kiradi. 142 Yuqorida ta’kidlanganidek, siyosiy jinoyatchilarning muayyan talablari va maqsadlari bo‘ladi. Ular davlat boshlig‘i yoki ijro hokimiyatining iste’foga chiqishini talab qilish yoki itoat qilishdan bosh tortish kabi harakatlarni sodir etadilar. Mana shu holatlarda ular siyosiy jinoyatchilar, deyiladi. Agar jinoiy harakat musulmon huquqiga o‘zgartirish kiritish yoki qo‘shni davlatning qonunlarini o‘z davlatida qo‘llab, bu orqali davlat siyosatini o‘zgartirishga olib kelsa, bunday harakat siyosiy jinoyat hisoblanmay, balki oddiy jinoyat sifatida baho- lanadi. Ular mamlakatga fasod tarqatuvilar, deb ayblanadilar va tegishli jazoga hukm qilinadilar. Siyosiy jinoyatchilar qo‘ygan talablarining bajarilishini talab qilishadi. Agarda ularning keltirgan dalillari haqiqatga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, u qabul qilinadi va o‘zlari siyosiy jinoyatchilar deb tan olinadilar. Agar qo‘yilgan talablarning vaji haqiqatga yaqin bo‘lmasa, unda ular siyosiy jinoyatchilar, deb tan olinmaydilar. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling