Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Avvonlar sud nozirlari, ularning vazifalari xabar berish va sud 
jarayonida tartibni saqlab turish bo‘lgan. Muakkil – alohida topshiriqlarni 
bajaruvchi himoyachi. Sunniylar ta’limotiga ko‘ra, o‘zga din vakillari 
tomonidan tayinlangan qozining vakolatlari inkor etilmaydi. 
Qozi savdo va jinoyat ishlar bo‘yicha to‘liq, fuqarolik ishlarida 
ko‘char va ko‘chmas mulkka nisbatan, mol va xususiy huquq sohasida 
muayyan yurisdiksiyaga ega bo‘lgan. 
Sud va sud jarayoni juda sodda, og‘zaki tarzda amalga oshirilib 
rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan ajralib turgan. Javobgar va da’vogar 
o‘rtasidagi kelishuvga asosan yoki chaqiriqqa binoan javobgar qozi 
huzuriga kelgan. Agar joyning bir nechta mahalliy qozilari bo‘lsa, 
Molikiy mazhabining qoidalariga ko‘ra, shikoyatchi tanlagan, Hanafiy 
mazhabining talablariga ko‘ra, javobgar tanlagan qoziga murojaat 
qilinadi. Agarda taraflar turli diniy-huquqiy mazhablarga e’tiqod qilsalar, 
qozini tanlash huquqi javobgarga beriladi. Biroq, agar ishni ko‘rib 
chiqishni bir mazhab qozisi boshlagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqishni 
boshqa mazhabning qozisiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan. Sud ishi 
taraflarning ishtiroki bilan yoki ularning ishtirokisiz ham ko‘rib chiqilishi 
mumkin (ya’ni vakillarini ishtirok ettirish faqat layoqatsizlar, ayollar va 
ish ko‘rilayotgan yerdan uzoq manzillarda bo‘lganlar uchun mumkin) 
bo‘lgan. Ahamiyatga molik yagona rasmiyatchilik ishonarli dalillardan 
yetarlicha keltira olmagan tarafga qozining: «Yana birorta daliling 
bormi?», – degan so‘nggi savoli bo‘lgan. Shundan keyin chiqariladigan 
qarorlarni yozma ravishda ifodalash shart bo‘lmagan. 


147
Fiqh ishni sirtdan ko‘rib chiqish amaliyotini ma’qullamaydi. 
Mahkamaga chaqirilgan javobgar u yerga borishdan bosh tortsa, nozir uni 
mahkamaga kuch bilan olib keladi yoki itoatsizning uyiga muhrlar 
urilgandan keyin, ish go‘yoki uning ishtirokida ko‘rib chiqilgan 
hisoblanadi. Javobgar sud majlisda qozining savollariga javob berishdan 
bosh tortsa, qozi javobgarni kaltak bilan jazolashi yoki qamoq jazosini 
berishi, uning bosh tortishiga qaramay, ishni ko‘rishda davom etishi 
mumkin. Javobgar qamalishdan cho‘chib, qozining so‘nggi savolini 
kutmay, mahkamani tark etsa, unga mahkamaga qaytish uchun muhlat 
beriladi. Ish yurituvchilar uchun sud uning ishtirokida bo‘layotgan 
hisoblanaveradi. Sunniylik oqimining Molikiy mazhabi namoyandalari 
ishda boy bergan taraf yutib chiqish imkoniyatini beradigan ma’lumotni 
aniqlaganda, sud qaroriga e’tiroz bildirilishiga yo‘l qo‘yadilar, bunday 
holatda ish qayta ko‘rib chiqiladi. Sud qarorini bajarish qozining 
vazifasiga kiradi. Agarda to‘lovni to‘lash to‘g‘risidagi qarordan keyin 
javobgar shaxs uni bajarishdan bosh tortsa, qozi uni ozodlikdan mahrum 
qilishi shart. Keyinchalik zarurat tug‘ilsa, ishni boy bergan shaxsning 
mulkini garov sifatida olib qo‘yishi va xatlashi (rahn) mumkin. Ushbu 
barcha choralar ta’sir ko‘rsatmagan taqdirda, sud mulkni begona qilish va 
sotishni boshlaydi. 
Musulmon sud protsessiga xos xususiyat – sud chiqargan qarorning 
so‘nggi qaror, deb tan olishning imkoni yo‘qligi hamon davom etib 
kelmoqda. Qozi, agarda huquqiy xatoga yo‘l qo‘yganini anglab qolsa, o‘z 
qarorini bekor qilish huquqiga ega. Qabul qilingan qarorni uning vorisi 
yoki hamkasbi bekor qilishi mumkin. Qozi bunday qarorni chiqargan va 
mahkum o‘rtasida adovat borligini aniqlashi yoki mahkum o‘ziga ilgari 
ma’lum bo‘lmagan hujjatni taqdim etgani munosabati bilan har qanday 
qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. 

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling