Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSULMON JINOYAT HUQUQI 9.1. Islomda «jinoyat» tushunchasi va turlari
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonlik allomalarning musulmon fuqarolik huquqi rivojiga hissa qo‘shgan asarlarini bilasizmi? 2. Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga musulmon fuqarolik huquqining ta’siri haqida gapiring. 3. «Mulk huquqi» tushunchasini yoriting. 4. Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» asarining fuqarolik huquqini o‘rganishdagi ahamiyatini tushuntiring. 9-BOB. MUSULMON JINOYAT HUQUQI 9.1. Islomda «jinoyat» tushunchasi va turlari Musulmon jinoyat huquqining asosi «jamiyat va shaxs huquqi» tushunchalari bo‘lib, ular orqali jamiyatdagi barcha huquqiy qoidalar belgilanadi. Islom fiqhshunoslari jinoyat huquqini – jamiyatning umumiy nizomini va maslahatini muhofaza etuvchi huquq, deya izohlaganlar. Ushbu huquqni ular Allohning haqi bilan bog‘laganlar. Musulmon huquqida Alloh haqi muqaddas bo‘lib, uni bajarish, unga rioya qilish majburiy, deb belgilangan. Bu qoidadan tashqari biror shaxs manfaatini ko‘zlash va uni jazodan ozod qilishning imkoniyati umuman berilmagan. Musulmon huquqida ibodatlar ham, jazo berish ham Alloh haqini berish 132 deb qaralgan. Demak, jinoyat huquqini buzganlik uchun jazo berish ibodatdek qabul qilingan 1 . «Shaxs haqi» tushunchasiga kelsak, har qanday jabrlangan shaxs o‘ziga tegishli haqni to‘liq qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan. Jinoyatchiga jabrlanuvchiga ko‘rsatgan zarariga qarab jazo belgilangan, shuningdek jabrlanuvchining talablarini to‘liq qondirish ta’minlangan. Jamiyat va shaxs huquqlarini buzadigan zararli amallar Qur’on ahkom- larida keltirilgan, hadislarda esa sharhlanib to‘ldirilgan. Fiqh olimlari ularni tartibga keltirib, o‘ziga xos huquqiy qoidalar majmuini tuzganlar. Musulmon jinoyat huquqida jinoyat va uqubat masalalari asosiy o‘rinlarni egallagan. Bu masalalar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, hatto jinoyatlarga beriladigan jazolarning nomlari bilan bog‘lab yuritilgan. Masalan: had uqubatlari – had jinoyatlari yoki qasos uqubatlari – qasos jinoyatlari, ta’zir uqubatlari – ta’zir jinoyatlari. Had uqubatiga mansub jinoyatlar jamiyatga xilof bo‘lib, og‘ir jazoga mustahiq ko‘rilgan. Bunday jinoyatlar isbotlangan taqdirda, afv etilmay, ularga jazolar ko‘paytirilmay yoki kamaytirilmay belgilangan. Qasos uqubatiga loyiq qasos jinoyatlari esa shaxs huquqiga tegishli bo‘lib, qasos jazosi bilan jazolangan. Bunda jinoyatchi qilgan jinoyatiga mos ravishda jazolangan. Agarda jinoyatchi biror shaxsni o‘ldirgan bo‘lsa, o‘ldirilgan. Qo‘lini kesgan bo‘lsa, qo‘li kesilgan. Bunday jinoyat sodir etilgandan so‘ng, jabrlanuvchining qarindoshlari xohlasalar, jinoyatchini afv etish huquqiga ham ega bo‘lganlar. Ta’zir uqubatiga mansub jinoyatlar esa bir vaqtning o‘zida jamiyat va shaxs maslahatiga xilof bo‘lgan. Bunday jinoyat uchun og‘ir jazo belgilanmay, ayrim hollarda odobga chaqirish bilan cheklanilgan. Bu jinoyatlar uchun jazolarni qozilar belgilaganlar. Kishi qilmishining jinoyat, deb hisoblanishi uchun avval ma’lum hukm, so‘ng ma’lum jazo belgilanishi kerak bo‘lgan. Biror qilmishga jazo belgilanishi uchun hukm talab qilingan, hukmsiz jazo rad etilgan. Musulmon jinoyat huquqidagi shar’iy hukmlar asosan to‘rt manba, ya’ni Qur’on, sunna, ijmo va qiyosdan olingan. Bulardan tashqari ikkinchi darajali manbalar ham mavjud bo‘lib, bular istihson, istisloh, urf-odat hisoblangan. Yuqorida ko‘rsatilgan to‘rt manbadan olingan hukmlar vojib hukmlar, deb yuritilgan. Islom jamiyatida jinoyat huquqi ma’lum jamiyat maslahatlarining (arab jamiyati uchun foydali ijtimoiy munosabat) muhofazasini ta’minlab 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ȺɛɞɭɥΙɨɞɢɪ ȸɞɚ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɢɞɚ ɠɢɧɨɹɬ ԕɨɧɭɧɥɚɪɢɧɢ ɞɭɧɺɜɢɣ ԕɨɧɭɧɥɚɪ ɛɢɥɚɧ ԕɢɺɫɢɣ ʆɪɝɚɧɢɲ. ɀ. 1. – Ȼɚɣɪɭɬ, 1985. 133 turadi. Jamiyat maslahatlari beshta tarkibdan iborat. Bular: din, nafs, mol, aql, nasl. Din – insonga insoniy xususiyatlarni belgilab beruvchi nizom bo‘lib xizmat qiladi. Uning himoyasi uchun ibodatning hamma turlari qonunlashtirilgan. Unga rioya qilish jinoyat huquqi tomonidan nazorat qilinadi. Islom dinida ibodatga inson ruhini poklovchi, salomatligini saqlovchi va uni tarbiyalovchi omil sifatida qaraladi. Musulmon huquqi esa ibodat hukmlarining bajarilishini ta’minlaydi va u dinning himoyasida turadi. Nafs – inson hayoti hisoblanib, inson uchun berilgan eng katta ne’mat sanaladi. Inson hayotiga uning shaxsiyati ham taalluqli bo‘lib, tuhmat va haqorat kabi illatlardan inson hayotini himoya qilish ham huquqning vazifasiga kiradi. Shuningdek, jinoyat huquqi erkin fikrlilikni va erkin diniy qarashlarni ham himoya qiladi. Unga «qatl» va «jarohat» tushunchalari zid bo‘lib, jinoyat huquqi inson hayotini ulardan himoya qilib turadi. Aql himoyasi – aqlni har xil zararli illatlardan to‘sish, jamiyatning osoyishtaligi va rivojlanishini ta’minlash kabi vazifalar bilan bog‘liq. Islom jamiyatining har qaysi a’zosi aqlan salomat bo‘lishi, jamiyatga yaxshilik va naf keltirib turishi lozim. Chunki aql faqat uning egasiga emas, balki jamiyatga ham tegishli hisoblanadi. Shuning uchun ham jamiyat insonning sog‘lomligi uchun mas’uldir. Nasl muhofazasi – insoniyatning davom etishini ta’minlashdir. Katta avlod, ya’ni ota-ona yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, tarbiya berishi, uni himoya qilishi nasl muhofazasining asosi hisoblanadi. Huquq esa oilaning yuzaga kelishini, uning buzilmasligini himoya qilib turadi, oilaning buzilishiga olib keladigan illatlar, zino, tuhmatchilik, fohishalik kabilarga qarshi kurashadi. Buni ularga belgilanadigan og‘ir jazolar ham tasdiqlaydi. Mol muhofazasi – mol-mulkni o‘g‘riliklar, talon-toroj va turli tajovuzlardan himoya qilishdir. Jinoyat huquqi kishilar o‘rtasidagi mol oldi-berdilarining adolat bilan olib borilishini ta’minlaydi. Uni muhofaza qilib, tartib bilan tasarruf etadigan kishilar qo‘liga o‘tishini rag‘batlantiradi. Jinoyatlar taqiqlangan amallar hisoblanib, belgilangan jazoga mustahiq hisoblanadi. Ular bir qancha turga bo‘linadi. Jinoyatlar qaysi jihatdan ko‘rilishicha qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi: agar jinoyatlarga beriladigan jazo nuqtai nazaridan qaralsa, hudud, qasos yoki diya va ta’zir jinoyatlariga; jinoyatchining maqsadi nuqtai nazaridan qaralsa, 134 qasddan va qasdsiz sodir etilgan jinoyatlarga; jinoyat vaqti nuqtai nazaridan qaralsa: aniq va noaniq hisoblangan jinoyatlarga; agar jinoyatlarning oqibatlari nisbatiga qaralsa, ijobiy va salbiy, qayta takrorlanuvchi, vaqtinchalik va davom etuvchi jinoyatlarga, jinoyat tarkibi bo‘yicha, uni: toifaga qarshi, ma’lum shaxsga qarshi, oddiy va siyosiy jinoyatlarga ajratish mumkin. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling