Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Islomda «mulk huquqi» tushunchasi va turlari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
8.3. Islomda «mulk huquqi» tushunchasi va turlari
Islomda xususiy mulk abadiy, nihoyasiz, deb hisoblanadi. Xususiy mulk egasi (molik) o‘z mulkining to‘laqonli egasi bo‘lib, hech qanday shaxs unga o‘z mulkini to‘la tasarruf qilishida xalaqit bera olmaydi. 128 Faqatgina uning tasarrufi tufayli o‘zgalarning mulkiga yoki shaxsiga ziyon yetayotgan bo‘lsa, uning faoliyatiga aralashish, tartibga chaqirish mumkin bo‘ladi. Musulmon huquqida xususiy mulkni himoya qiluvchi ko‘plab normalar mavjud. Payg‘ambar alayhissalom: «Insonning obro‘si, izzat-nafsini to‘kish harom, mulkiga tajovuz qilish jinoyatdir», – deganlar. Yana bir hadisida dinidan qat’i nazar, shaxsning xususiy mulkiga ko‘z olaytirishdan, unga tama qilishdan qaytarib, bunday salbiy holatlar islomdan emas, deganlar 1 . Xususiy mulk egaligi to‘g‘risida ko‘plab fikrlar mavjud. Hanafiy mazhabining namoyandalari mulkka 15 yil egalik qilish bilan bu mulk xususiy mulkka aylanadi, degan fikrni bildirganlar. Shunga ko‘ra, 15 yil biror mulkka egalik qilgan fuqarolar o‘sha mulkka tamoman ega bo‘lib qoladilar. Molikiy mazhabi fikricha, ko‘chmas mulkka o‘n yil, ko‘char mulkka nisbatan ikki-uch yil egalik qilgan shaxs, agar o‘sha mulk egasi e’tiroz bildirmas ekan, uning tamoman egasi bo‘lib qoladi. Molikiy mazhabi tarafdorlari o‘z so‘zlariga Muhammad (s.a.v)ning: «O‘n yil davomida buyumga egalik qilgan shaxs uning egasi bo‘lib qoladi»,– degan hadisini dalil sifatida keltirganlar. Mazkur fikrga e’tiroz bildiruvchilar: «Vaqt o‘tishi bilan ham mo‘minning huquqi bekor bo‘lmaydi», – degan hadisni dalil o‘rnida keltirganlar. Da’vo muddatining vaqti haqida ham ulamolar orasida ixtiloflar (turli fikrlar) mavjud bo‘lgan. Ba’zilar uni 15 yil, deb belgilasalar, ba’zilar 30 yil, deb belgilaganlar. Keyinchalik bu muddatlar turli islom mamlakatlarida o‘z mahalliy sharoitlaridan kelib chiqib, qisqartirilgan. Agar narsaning o‘zi va uning mevasi ham xususiy mulk obyekti hisoblansa, bunday egalikka tamomila egalik huquqi deyiladi. Ammo, xususiy mulk obyektiga mulkdan olingan foyda yoki uning mevalari kirsa, bunday egalik shakliga «irtifoq», ya’ni uzufrukt deyiladi. Musulmon huquqiga ko‘ra, egalik fuqarolik bitimlari, meros olish va g‘animatlarga ega bo‘lish orqali qo‘lga kiritiladi. Mulkni xususiylash- tirishning boshqa shakllari ham bor. Agar biror odamning mulki boshqa bir shaxsning mulki bilan qo‘shilib ketib, so‘ng ularni ajratib olishning iloji bo‘lmasa, unday holda yangi buyum va egalikning yangi bir shakli kelib chiqadi. Abu Hanifaning fikriga ko‘ra, bu holatda xususiy mulk egasi o‘z mulkiga qo‘shilib ketgan molning pulini to‘lashi shart. Imom Shofi’iyning fikricha, mazkur mulkning egalari uning bo‘linishini talab qilish huquqiga egadirlar, agar o‘sha mulkni bo‘lishning imkoniyati 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ⱥɛɭ Ɇɭɫɨ Ⱥɲɴɚɪɢɣ. Ⱥɥ-ɦɚɜɫɭɚɬɭ ɮɢɥ ɢɫɥɨɦ (ɂɫɥɨɦɞɚɝɢ ɤɟɧɝɱɢ- ɥɢɤ). – Ȼɚɣɪɭɬ, 1986. – 88 ɛ. 129 bo‘lmasa, ikkala shaxs ham o‘sha mulkka ega hisoblanadilar. Musulmon huquqi o‘zaro urushlarda egasiz sochilib yotgan ashyo-buyumlarga g‘animat sifatida ega bo‘lishga, tabiat resurslariga ega bo‘lishga, hayvonlarni ov qilishga, daryodagi ne’matlardan foydalanishga ruxsat bergan. Qur’oni karim ta’limotiga ko‘ra, o‘lja olingan mol-mulklar uch toifaga bo‘linadi: 1) anfol – asosan dushmanlardan urushlar natijasida tortib olingan yer maydonlari. Bunday yerlar hech kimning xususiy mulki bo‘la olmaydi. Davlat boshlig‘i ushbu yerlarni tasarruf qiladi. U o‘z xohishi bilan bu yerlarni xohlagan odamiga bera oladi. Bunday yerlar kimlargadir hadya qilinadigan, vaqf uchun beriladigan xususiy mulk obyekti bo‘la olmaydi. Mazkur yerlardan olingan foyda chegaralarni mustahkamlash, yo‘l, ko‘prik qurilishlari uchun ishlatilgan; Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling