Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Garovning turlari. Vaqtincha foydalanishga olingan narsaning
garovi. Bir odam o‘zganing molini istioraga olib, keyin uning ruxsati bilan garovga berishi mumkin. Bunga istiora garovi deyiladi. Mol egasining ruxsati mutlaq (shartsiz) bo‘lsa, istioraga olgan kishi uni turli tarzda (shaklda) garovga bera oladi. Molning egasi ma’lum miqdordagi pulga yoki ma’lum turdagi mol evaziga, falon odamga yoki falon shaharda garov berishi kabi shartlar bilan ruxsat bergan bo‘lsa, molni istioraga oluvchi faqat ana o‘sha shartlarga amal qilib, uni garovga bera oladi. Adlning qo‘li garov olganning qo‘li kabidir, ya’ni garov bergan va olgan shaxs o‘zlari ishongan bir odamda saqlanishi sharti bilan kelishsalar, u rozi bo‘lgach, molni qo‘liga (ixtiyoriga) olsa, garov bitimi yuridik kuchga kiradi. Shu bilan u odam garov olganning o‘rniga o‘tadi. Adl bo‘lgan odamning qarzi bor vaqtda, garovdagi ikki tarafdan birining ruxsatisiz garov molini boshqa birovga bera olmaydi, bersa, uni qaytarib olishi shart. Garov qaytarib olishdan ilgari yo‘qolsa, adl uning qiymatiga zomin (javobgar) bo‘ladi. Adl o‘lsa, ikki tarafning roziligi bilan garov boshqa bir adlga topshirilishi mumkin. Agar o‘zaro kelisha olmasalar, hokim garov molini birorta adlning qo‘liga (ixtiyoriga) topshiradi. Garov bergan yoki uni olgan shaxslardan biri boshqasining roziligisiz garovga qo‘yilgan obyektni sota olmaydi. Qarzni qaytaradigan vaqt kelsa-yu, garov bergan shaxs qarzini to‘lamay tursa, hokim garovni sotish yo‘li bilan qarzni to‘lashga buyruq beradi. Agar u ko‘nmasa, hokim garovni sotib, qarzni ado etadi. Garov bergan shaxs yo‘qolgan yoki bedarak ketgan bo‘lsa, garov olgan garov obyektini sotib, qarzini undirib berishni so‘rab, hokimga murojaat qiladi. Garov (moli)ning zararlanishi xavfi tug‘ilsa, garov olgan shaxs uni hokimning izni bilan sota oladi va pulni o‘z qo‘lida garovda tutadi. Agar hokimdan izn olmay sotadigan bo‘lsa, zomin (javobgar) bo‘ladi. Garov molni sotishga vakil bo‘lgan odam qarzni qaytarish vaqti kelganda garovni sotib, pulini garov olganga topshiradi. Agar u bundan bosh tortsa, garov molini topshirgan shaxs garovni sotishga majbur qilinadi. U ham bosh tortsa, hokimning o‘zi molni sotadi. Agar garov bergan yoki uning vorislari yo‘q bo‘lsa (g‘oyib bo‘lsa), garovni sotishga vakil majbur qilinadi. U ham sotishdan bosh tortganda, hokimning o‘zi molini sotadi. Musulmon huquqida qozilar uchun garovning qonuniylik darajasi borasida yuqoridagi qoidalar asosida tuzilgan majburiyatgina qonuniy 123 hisoblangan. Garov obyektiga yetkazilgan har qanday zarar uni keltirgan shaxsdan undirilgan. Garovga aloqador nizo yuzasidan murtahin quyidagi hollarda guvohlarni keltirishi shart: 1) garovga qo‘yilgan ashyoning soni va miqdori borasida nizo chiqqanda; 2) obyekt garov yoki vadi’a (ya’ni qarzi bo‘lmasa ham birovga omonatga tashlab ketish) uchunligini tasdiqlash lozim bo‘lganda. Qarzdor quyidagi hollarda guvohlarni keltirishi kerak: 1) murtahinni garov obyektiga shikast yetkazganlikda ayblasa; 2) murtahin: «Garov obyektini sotishga ruxsat bermagan edim», – deb tongan holatda. Garov quyidagi hollarda tugatiladi: 1) garov qarzdorning o‘z qarzini uzishi yoki murtahin qarzdorning qarzidan kechib yuborishi bilan; 2) tomonlardan birining vafoti tufayli. Garovga beruvchi vafot etsa, uning vorislari merosdan qarzni to‘lab, garov predmetini qaytarib olishlari shart. Garovga oluvchi vafot etganda, garov moli meros moliga qo‘shib yuborilmay, balki qozi orqali hal qilinadi. Musulmon huquqida vadi’a (monat instituti) sababli majburiyatning kelib chiqishi quyidagicha: omonat qoldirish, omonat berish qadimdan xalqlar orasida o‘zaro ishonchga asoslanib joriy bo‘lib kelgan odat hisoblangan. Omonat huquqning turli manbalari asosida tartibga solingan. Islom dinida ham omonat instituti Qur’oni karim oyatlari, payg‘ambar hadislari asosida va mujtahid olimlarning qonun ijodkorligi faoliyati natijasida muayyan tartibga keltirilgan. Musulmon huquqiga ko‘ra, vadi’a omonatning bir turi bo‘lib, biror shaxsning vaqtincha qoldirib ketgan mol-mulki, ashyosini saqlab turish majburiyatidir. Musulmon huquqining asosiy manbai bo‘lgan Qur’oni karimning «Niso» surasi 57-oyatida, «Anfol» surasining 77-oyatida omonatni o‘z egalariga topshirish majburiyati ta’kidlagan. Ikkinchi manba bo‘lgan payg‘ambar hadislarida omonat to‘g‘risida juda ko‘p ko‘rsatmalar mavjud. Abu Hurayra payg‘ambarning quyidagi hadisini keltirgan: «Sizga omonat topshirgan kishining omonatini to‘kis Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling