Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Islomda shufoat, muzoraba va garov huquqi
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
8.2. Islomda shufoat, muzoraba va garov huquqi
Musulmon huquqida shartnoma ijrosini ta’minlash vositalariga kafillik, garov va omonat kiradi. 116 Musulmon huquqiy adabiyotlarida kafolat (kafillik)ga: «U bir narsaning da’vosi (mas’uliyati) borasida birovning majburiyatini o‘z zimmasiga olish, ya’ni bir odam o‘z shaxsiyatini o‘zganing shaxsiyatiga biriktirib va unga keladigan majburiyatni (da’voni) o‘ziga olishidir», – degan ta’rif berilgan. Mazkur institutning asosi Qur’oni karim «Yusuf» surasining 67-oyati, payg‘ambarimizning hayotlari davomida bir qancha sahobalarga kafillik qilganlari, shuningdek: «uchta narsadan tiyilishga kafil bo‘linglar, men sizlarni jannatga kirishingizga kafilman: shirkdan, g‘iybatdan, zinodan», – degan hadisidir. Hanafiy mazhabining asoschisi imom A’zam, uning shogirdlari Abu Yusuf, Muhammad Hasan Shayboniyning fiqhiy qarashlari asosida kafolat instituti rivojlandi. Kafolatning shartlari. Kafilning taklifi bilan kafolat (kafillik) shartnomasi tuziladi va kuchga kiradi. Lekin makfulun lahu (kafldan foydalanuvchi) istasa, uni rad eta oladi. «Makfulun ma’ahu» rad etmaguncha, kafillik saqlanib qoladi. Demak, makfulun lahu yo‘qligida uning qarziga birov kafil bo‘lsa va kafilning xabari unga yetmasdan dunyodan o‘tsa, kafil bo‘lishni zimmasiga olgan shaxs kafilligi uchun javobgar bo‘ladi. Kafillik taklifi, ya’ni kafillik lafzlari urf-odatga ko‘ra, so‘z berish va majburiyat olishga dalolat qiluvchi so‘zlardir. «Kafil bo‘ldim», «kafilman», «to‘layman» (zomin bo‘laman) deyilsa, kafil ahdi tuzilgan bo‘ladi. Va’da berish bilan ham kafillik bo‘ladi. Masalan, bir odam sening qarzingni bermasa, men beraman, desa kafillik bo‘ladi va qarz egasi qarzini talab qilganda, qarzdor bermasa, u qarzni kafildan talab qiladi. «Bu kundan falon vaqtga qadar kafilman» deyilsa, muqarrar kafillik bo‘ladi. Kafillik mutlaq (erkin) holda tuzilishi mumkin bo‘lgani kabi, tez yoki muhlatli tarzda ham tuzilishi mumkin. «Shu zahoti» yoki «falon vaqtda to‘layman», deb ilovali tarzda ham tuziladi. Kafilga kafil bo‘lishlikka ham musulmon huquqshunoslari tomonidan ruxsat berilgan. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, bir necha kafilning bo‘lishi joizdir. Kafil shaxsga qo‘yilgan talablar. Kafillik amalga oshishi uchun kafil muomala layoqatiga ega bo‘lishi shart. Shunga binoan ruhiy kasal (aqli noraso) va yosh bolaning kafilligi noqonuniydir. Agar, yosh bola kafil bo‘lib, balog‘at yoshiga yetgach, o‘sha bergan kafilligiga iqror bo‘lsa, uni o‘z kuchida qoldirsa ham javobgar bo‘lmaydi. Makful anhu aqlli va balog‘atga yetgan bo‘lishi shart emas. Shunga binoan aqlidan ajragan va yosh bolaning qarziga kafil bo‘lmoq durustdir. Makful bih jonli narsa bo‘lsa, ma’lum bo‘lishi shartdir. Agar tovar bo‘lsa, ma’lum bo‘lishi shart emas. Shunga binoan, falonchining falonchiga bergan qarziga kafilman 117 deganda, qarz (makful bih)ning miqdori ma’lum bo‘lmasa ham, kafolat haqiqiy hisoblanadi. Zar kafilda makfulun bihi «asl» (qarzdor) tomonidan to‘lab berilishi shartdir. Unga ko‘ra, tovarning puliga (qiymatiga), ijara haqiga va boshqa barcha to‘g‘ri belgilangan qarzlarga kafil bo‘lish durustdir. Shuningdek, g‘asb qilingan (zo‘rlik bilan tortib olingan, talangan) molga ham kafil bo‘lish durust bo‘lib, talab qilinganda kafil uning o‘xshashini (turdoshini) yoki pulini (haqini) to‘lashga majbur bo‘ladi. Jinoyatga jazo berishda jinoyatchi shaxs o‘rniga o‘rinbosari o‘tmaydi. Shuning uchun qasos va boshqa shaxsiy (jinoyat) jazolarda kafillik durust emas (o‘tmaydi). Ammo jarohat yetkazilganda va qotil zimmasiga tushadigan to‘lov va xun haqlarida kafillik o‘tadi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling