Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSULMON FUQAROLIK HUQUQI. MAJBURIYAT 8.1. «Musulmon fuqarolik huquqi» tushunchasi
Savol va topshiriqlar
1. Islomda oila qurish shartlarini tushuntiring. 2. Nikohga xos xususiyatlar nimalardan iborat? 3. Taloqning huquqiy oqibatlarini tushuntiring. 4. Islomda musulmonlar va nomusulmonlar o‘rtasidagi nikoh turlari qanday? 8-BOB. MUSULMON FUQAROLIK HUQUQI. MAJBURIYAT 8.1. «Musulmon fuqarolik huquqi» tushunchasi Islom fuqarolik huquqi asosan arab xalifaligining ikkinchi asrida shakllana boshlangan. Musulmon huquqining asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni karim va sunnada fuqarolik huquqiga oid normalar keltirilgan. Biroq, ular muayyan bir tizimga solinmagan, alohida guruhlarga ajratilmagan. Shuningdek, ushbu normalar hamma sohalardagi 113 huquqiy munosabatlarni to‘liq yoritib bermagan. Arab xalifaligi kengay- gach, uning fuqarolarining soni ortdi, natijada fuqarolik huquqiga taalluqli oyat va hadislarni bir tizimga solish, ularni takomillashtirish va talab darajasida ishlab chiqish ehtiyoji tug‘ildi 1 . Ushbu sohada Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy samarali mehnat qildilar. Ularning faoliyatlari mavjud huquqiy normalar va urf- odatlarga asoslangan edi. Musulmon huquqi, ayniqsa, fuqarolik huquqini ishlab chiqishda zabt etilgan xalqlarning huquqiy normalari ham hisobga olindi. Islom fuqarolik huquqining rivojlanishi Abbosiylar xalifaligi davrida, imom A’zam Abu Hanifaning shogirdi va maslakdoshi Abu Yusufning bosh qozi lavozimiga tayinlanishi bilan boshlandi. Abu Yusufning «Kitob ul-xiroj» asari butun xalifalik hududi bo‘ylab iqtisodiy sohada yagona tizimni joriy qilish uchun tarqatilgani e’tiborga molikdir. Musulmon oilasi patriarxal munosabatlar asosiga qurilgan bo‘lib, oila boshlig‘i boshqa a’zolarga nisbatan ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘ladi. Qur’oni karim «Niso» surasining 34-oyatida erkaklar ayollari ustidan rahbar ekanliklari qayd etilgan. Zero, erkaklar jismonan baquvvat bo‘lib, oilani himoya qilish, uning a’zolarini tartibga chaqirib, odob berish vazifalarini bajarib, hissiyotga berilmaydigan xislati bilan boshqa a’zolardan ajralib turadilar. Ayollar va bolalar erkaklarning qaramog‘ida hisoblanadilar. Ko‘pincha oilaning barcha a’zolari biror qarindoshining qilgan qilmishi uchun mas’ul bo‘lganlar. Balog‘atga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz qarindoshlarini otaliqqa olganlar. Musulmon huquqiga ko‘ra, oilalar o‘zaro quda bo‘lishdan avval, urug‘-nasablarning mos kelishini ham o‘rganib chiqqanlar. Hanafiy mazhabi ulamolari nasab diyonat (e’tiqod birligi), iqtisod, kasb-hunarda teng bo‘lsa, shu yetarli, deb hisoblaganlar. Islom ta’limotida iymon keltirganlarning barchasi «ummat» deb nomlanadi. Ular tug‘ilganidan boshlab huquqiy layoqat egasi hisoblanadilar. Musulmon huquqiga asosan, shaxs ikki holatda huquqiy layoqatini yo‘qotishi mumkin: tabiiy o‘lim topganda va bedarak yo‘qolganda. Shaxsning bedarak yo‘qolganligini sunniylik mazhablarida qozi, shialik mazhablarida imom va hokim belgilaydilar. Shaxs bedarak ketganda, uning xotini bilan nikohining bekor bo‘lishi haqida turli fikrlar mavjud. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɂɫɯɚɤɨɜ ɋ.Ⱥ. ɂɫɥɨɦ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ԟɭԕɭԕɢ ɚɫɨɫɥɚɪɢ. – Ɍ.: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɂɂȼ Ⱥɤɚɞɟɦɢɹɫɢ, 2005. – Ȼ. 18. 114 Hanafiy mazhabiga ko‘ra, shaxs bedarak yo‘qolgandan so‘ng, oradan yetmish yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, nikoh bekor bo‘ladi. Molikiy mazhabida esa to‘rt yildan so‘ng nikoh bekor bo‘ladi. Arab xalifaligining ilk davrlarida guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra insonning shaxsini tasdiqlash mumkin bo‘lgan. Keyinchalik davlat idoralarining vakillari, harbiy zobitlar, yuqori mansab egalarini ba’zi shaharlarda ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yganlar. Musulmon huquqiga ko‘ra, shaxs balog‘at yoshiga yetgandan so‘ng muomala layoqatiga ega deb topiladi. Erkaklarda soqolning chiqishi yoki 15 yoshga to‘lish, ayollarda hayz kelishi yoki 9–10 yosh (ba’zi issiq o‘lkalarda ushbu yoshda qizlar balog‘atga yetadilar)ga kirish muomala layoqatini beradi. Abbosiylar xalifaligi davridan qullar ham huquq subyektlari hisoblana boshlagan. Qullar xojasining ruxsati bilan turli bitimlarni tuza olganlar, o‘zlariga bo‘lajak qalliqlarini tanlay olish huquqiga ega bo‘lganlar. Undan tashqari, qullar meros qoldirish huquqiga ham ega bo‘lganlar. Ozod qilingan qullar «mavolidlar» deb atalib, ular ma’lum muddatgacha o‘z xojalari bilan aloqalarini bog‘lab turganlar. Musulmon bo‘lmaganlarga nisbatan «zimmiylik» munosabatlari qo‘llanilgan. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, ular o‘zaro islom iste’mol qilishni taqiqlangan narsalarni savdo qila olardilar. Ularning bir-birlariga qilgan vasiyatlari qonuniy hisoblangan. Musulmon huquqidagi «buyum» tushunchasi turli mazhablarda turlicha talqin qilinadi. Ba’zi faqihlar buyum sanalishi uchun qiymatga egaligi, iste’molga yaroqliligi, zaruriyligiga ko‘ra xususiy mulk bo‘la olishi kerak, deganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari yuqoridagidan tashqari yana jamg‘arilish xususiyatiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidlashgan. Shofi’iy va Hanbaliy mazhablari tarafdorlari inson mehnati pul bilan o‘lchanadigan bo‘lsa, uni ham buyum deyish mumkin, degan fikrni ilgari surganlar. Ba’zilar arab tilida «shay» degan so‘z buyumni ifoda etadi, desalar, ko‘pgina olimlar esa faqatgina «mol», «amvol» degan so‘zlar buyumni anglatadi, chunki «shay» deb atalgan har qanday narsa buyum- predmet bo‘la olmaydi, deganlar. Shia mazhabining huquqshunoslari fikricha, buyum: xususiy bo‘la olishi, aylanma foyda predmeti bo‘lishi hamda insonga foyda keltirishi kerak. Musulmon huquqiga ko‘ra, xususiy mulk bo‘la olmaydigan buyumlar quyidagicha: 1) havo, dengiz, sahrolar; 2) ummu valad, ya’ni o‘z xojasidan farzand ko‘rgan cho‘ri; 3) umumjamoat foydalanadigan joylar, ya’ni quruqlikdagi va suvdagi qatnov yo‘llari, masjidlar, madrasalar, maktablar. 115 Musulmon huquqida harom qilingan, musulmonlarni dindan qaytara- digan va chalg‘itadigan narsalar, musulmonlarga tegishli buyumlar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: Ko‘char (manqul) va ko‘chmas (g‘ayri manqul) buyumlar. Ko‘char buyumlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi oson bo‘lgan, tortish va o‘lchash orqali aniqlash mumkin bo‘lgan buyumlar hisoblangan. Hanafiy mazhabining faqihlari ko‘chmas buyumlar sirasiga bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmaydigan, ko‘chirilganda o‘z xususiyatini yo‘qotadigan narsalarni kiritganlar. Yerga ishlov beriladigan barcha buyumlar ham ko‘chmas buyumlarga kiritilgan. Musulmon huquqiga ko‘ra, ko‘chmas mulk quyidagicha toifalanadi: a) mamluka – xususiy shaxslarning qo‘lidagi mulk; b) amiriya – davlat mulki. Davlat yerlari bevosita mahalliy hokimiyat nazoratida bo‘lib, xizmatchilarga iqto’ hisobida berilgan, dehqonlarga ijaraga ham berib turilgan. Umumjamoat foydalanadigan yo‘llar, ko‘chalar, davlat muassa- salari davlat nazoratida bo‘lgan. Arab xalifaligi zaiflashgach, mahalliy zodagonlarning hokimiyati, nufuzi ortib borgan. Asta-sekinlik bilan ko‘pgina yerlar xususiylashtirilgan: d) matruka – tashlandiq yerlar bo‘lib, umum foydalanadigan yaylov, o‘rmon maydonlaridir; f) amvot – o‘lik yerlar. Qur’on ta’limotiga ko‘ra, bunday yerlar xohlovchilarga ishlov berib, ularni jonlashtirish uchun evazsiz foydalanishga topshirilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha buyumlar shartnomaviy munosabatlarning predmeti bo‘lishi mumkin. Mulkning asosiy belgisi uning foyda keltira olish xususiyatidir. Shialikda esa, inson mehnati ham mulk va boylik manbai hisoblangan. Mulkka bo‘lgan huquqni egallash yoki huquqni yo‘qotish qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Islomda ikki xil qaror mavjud: birinchisi – vaz’iy, ya’ni shartli; ikkinchisi – majburiy. Ushbu qarorlar orqali jamiyat manfaatlari ko‘zlanib, biror xatti-harakat taqiqlangan yoki unga ruxsat berilgan. Shartli qarorlar foydalanishdan olib qo‘yilgan narsalar xususida bo‘lgan. Misol uchun, davlat nazoratida bo‘lgan yerlardan foydalanuvchilarga ularni ijaraga berish yoki sotib yuborish taqiqlangan. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling