Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- UCHINCHI BO‘LIM 7-BOB. OILA, NIKOH VA MEROS HUQUQI 7.1. Islomda «nikoh» tushunchasi va shartlari
Savol va topshiriqlar
1. Davlat hokimiyatini amalga oshirish, davlat organlarini tashkil qilish, ularning o‘zaro munosabatlari, vazifalari va vakolatlarini tushuntirib bering. 2. Zakot va uning turlarini tushuntiring. 3. Soliq yig‘uvchi va to‘lovchilarning huquqiy maqomini yoritib bering. 4. «Islom moliya huquqi» tushunchasining mohiyatini ayting. 102 UCHINCHI BO‘LIM 7-BOB. OILA, NIKOH VA MEROS HUQUQI 7.1. Islomda «nikoh» tushunchasi va shartlari Oila-nikoh musulmon huquqida mukammal darajada ishlab chiqilgan, keng qamrovli huquq tarmoqlaridan biridir. Ushbu huquq tarmog‘i orqali oila, nikoh, er va xotinning huquq va majburiyatlari, nikohni tuzish, bekor qilish, farzand tarbiyasi, nafaqa olish yoki berish bilan bog‘liq muno- sabatlar huquqiy tartibga solinadi. «Nikoh» tushunchasi musulmon huquqida shunday shartnoma-bitim sifatida ta’riflanadiki, unga muvofiq nikohga kirgan xotin erkak uchun begona, «taqiqlangan» bo‘lmaydi. Nikoh tuzish uchun ayol yoki erkakning xohishi kifoya qilmaydi. Doimiy nikoh uchun ham, vaqtinchalik nikoh uchun nikoh duosini o‘qish va nikoh bitimini tuzish talab etiladi. Islom ulamolari, ayniqsa, Hanafiy mazhabi namoyandalari oilaviy hayotning yaxshi va chiroyli davom etishi uchun kelin bilan kuyov bir necha o‘rinlarda o‘zaro teng bo‘lishlari kerakligini ta’kidlaydilar. Ular ta’kidlagan o‘zaro tenglikning hamma davr va makonga mos keladigani diyonat, iqtisod, kasb va hunardir. Diyonat deganda, ayolning e’tiqodi, dindorligi, solihaligi nazarda tutiladi. Bunday ayol e’tiqodsiz, gunoh ishlarni oshkora qilib yurgan er kishiga teng bo‘lmaydi. Iqtisoddan maqsad esa, kelin bilan kuyovning oilalari iqtisodiy tomondan bir-birlariga yaqin bo‘lsalar, ularning o‘zaro til topishishi oson va yengil bo‘ladi. Kasb va hunar deganda, kuyovning kasb-hunari kelinning otasining kasb-hunariga yaqinroq bo‘lishi nazarda tutilgan. Nikohning shartlari. Uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar. Islom olimlari istilohida bu toifadagilar – «al-muharramot minan-niso», ya’ni ma’lum kishiga nisbatan nikohga olish, uylanishlik harom qilingan ayollar, deb ataladi. Bular ikki toifaga bo‘linadi. Birinchi toifa umuman, hech ham uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar. Ikkinchi toifa esa vaqtincha uylanish mumkin bo‘lmagan ayollardir. Ikkinchi toifadagilaridan uylanishni man etuvchi sabab ketsagina, ularga uylanish mumkin. 103 Birinchi toifaga uch xil: 1) tug‘ishganlik; 2) uylanish sababli qarindosh bo‘lgan; 3) sut emadigan davrda yigit va qizning bir ayolni emganligi sababli uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar kiradi. Er va xotinning huquqlari. Er va xotin bir-birlari bilan sahih nikoh orqali bog‘langanlaridan so‘ng, ularda o‘zaro huquqlar ham vujudga keladi. Bular mushtarak huquqlar, erning xotindagi huquqlari va xotinning erdagi huquqlaridan iboratdir: 1) mushtarak huquqlar er bilan xotin o‘rtasida bo‘ladigan, uni bajarishda hamkorlik qilish lozim bo‘lgan huquqlardir. Bunday huquqlar sirasiga sahih aqd – nikoh sababli bir-birlaridan foydalanish kiradi. Zero, Alloh taolo «Mo‘minlar» surasining 7-oyatida: «O‘zaro or-nomuslarini jufti halollaridan boshqalardan saqlovchilar najot topuvchilardan»,– degan. Bunga er va xotin bir-birlarining yaqin kishilari – qarindoshlarini hurmat qilish, oilaga keladigan daromadlarni tejamkorlik bilan sarflash, oila yashab turgan uy-hovlining ichki va tashqi tomonlarini ozoda saqlab, tug‘ilgan farzandlarni e’tiqodli, axloqli, o‘qimishli, hunarli, jamiyatga foydali kishilar qilib tarbiyalash, bir-birlaridan meros olish kabi burchlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 4-bobining 21-moddasida ham: «Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va xotin birgalikda hal qiladilar»,– deyilgan; 2) erning xotindagi haqi. Ma’lumki, har qanday jamiyatda, u xoh katta va xoh kichik bo‘lishidan qat’i nazar, uning a’zolaridan bitta layoqatlisi jamiyatda intizom va tarbiyani saqlash, a’zolarining huquq- larini himoya qilish maqsadida boshliq qilib tayinlanadi. Oila ham kichik bir «jamiyat»dir. Islomda oila eng muhim va nozik masala bo‘lganligi sababli, Alloh taoloning o‘zi oilaga kim boshliq bo‘lishi lozimligini Qur’oni karimda ko‘rsatmalar berib, «Niso» surasining 34-oyatida: «Erkaklar xotinlari ustidan rahbardirlar. Alloh ularning ba’zilarini ba’zilaridan ortiq qilib yaratdi. Hamda ayollarni boqish, ularga uylanayotganda mahr berishlari erlarning vazifalaridandir»,– deydi, chunki erlar jismonan baquvvat bo‘lib, oilani himoya qilish, a’zolarini tartibga chaqirish, ularga odob berish vazifalarini bajaruvchi, hissiyotga berilmaydigan, g‘azabi kelganda, o‘zini tuta olish xislatlari bilan ayollardan ajralib turadilar. Shu bilan birga, oilada bo‘ladigan noxushlik yoxud uning buzilishi xavfi tug‘ilgani sababli oilani tuzishga sarflagan mablag‘larni mulohaza qilish sifatiga ham egadirlar. Yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, taloq qilish huquqi ham erlarga berilgan. Oilada intizom bo‘lishi zarurligi, oila a’zolarining boshliqqa, jumladan, 104 ayolning eriga ma’ruf, ya’ni gunoh bo‘lmaydigan ishlarda itoat etishi talab qilinadi. Oiladagi ichki ishlar ko‘proq ayollarning vazifasi bo‘lib, tashqaridagi ishlar erlarning vazifasi hisoblanadi; 3) xotinning erdagi haqi. Islomda erlarning ayollarda haqlari bo‘lganidek, ayollarning ham erlarida haqlari bordir. Zero, Alloh taolo «Baqara» surasining 228-oyatida: «Ayollarning qilishi lozim bo‘lgan vazifalari bo‘lgani kabi, ularning ham foydalariga bir qancha yaxshilik ila qilinadigan ishlar bordir», «Niso» surasining 19-oyatida: «Ayollar bilan yaxshi muomalada bo‘lib hayot kechiringlar», – deb ko‘rsatma bergan. Oyatda ta’kidlangan «yaxshi muomala» iborasini ulamolar, sizlarga ayollar yaxshi muomala qilsalar, sizlar ularga ham shunday muomala qilinglar, – deb tushuntiradilar. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham marhamat qilib: «Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahli ayoliga yaxshilik qiluvchilardir. Men ham o‘z ahlimga sizlardan ko‘ra yaxshi muomala qiluvchiman», – deganlar. Alloh taolo «Baqara» surasining 233-oyatida: «Ularni (onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning zimmasidadir», – desa, «Taloq» surasining 6-oyatida esa: «Ayollarni o‘z imkoniyatlaringizga qarab turar joy bilan ta’minlanglar», – deb marhamat qilganligi bois, erkak kishiga o‘z iqtisodiy ahvoliga qarab, ayolini ta’minlashi vojibdir. Nikohning tugatilishi. Musulmon huquqi bo‘yicha nikoh quyidagi asoslarga ko‘ra tugatilishi mumkin: a) er yoki xotindan birining vafoti bilan; b) erning taloq qo‘yishi; d) nikohning fas’h bo‘lishi; f) xotinning arizasiga muvofiq, qozining nikohni bekor qilish haqida chiqargan qarori; h) hul’a sababli; i) lion oqibatida. Erning taloq qo‘yishi nikohning bekor qilinishidir. Er tomonidan ushbu so‘zning aytilishi ayolni barcha xotinlik majburiyatlaridan to‘la ozod etadi. Bunday holatda er tomonidan berilgan mol-mulk (mahr) xotinda qoladi, er xotinni idda muddati o‘tguncha moddiy ta’minlab turishi kerak. Fas’h – er nikoh shartnomasining biror-bir shartini bajarmagani sababli, xotinning tashabbusiga ko‘ra ajrashishdir; biroq er-xotin murosaga kelib yarashsalar, bunday ajrashish haqiqiy emas, deb topiladi. Hul’a – xotinning tashabbusiga ko‘ra uzil-kesil ajrashish, bunda xotin er tomonidan o‘ziga ajratilgan mol-mulk (mahr)dan mahrum bo‘ladi, boz ustiga unga tovon puli – ivod to‘lashi shart; ivod miqdori o‘zaro kelishuvga ko‘ra yoki qozi tomonidan belgilanadi; Lion – bir-birini la’natlash, bunda er xotinini xiyonatda ayblaydi, lekin isbotlab bera olmaydi, xotin esa erini yolg‘onchilik va tuhmat 105 qilganlikda ayblaydi; ajrashish uzil-kesil bo‘ladi, xotin o‘z mahrini yo‘qotadi, er esa, bunday ajrashishdan keyin tug‘ilgan bolani o‘ziniki, deb tan olmasligi mumkin. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling