Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Muvaqqat kafolatda kafil faqat kafolat muddati davomidagina 
mas’ul bo‘ladi. Masalan, bu kundan bir oygacha kafilman desa, kafil faqat 
o‘sha bir oy davomida mas’ul bo‘lib, u oy o‘tgandan keyin kafillikdan 
qutuladi. 
Kafillik tuzilgandan so‘ng, kafil o‘z kafilligidan kecha olmaydi. 
Lekin shartli va muddatli kafolatda qarz qarzdorning (qarz so‘raganning) 
zimmasiga (majburiyatiga) o‘tishidan muqaddam, kafil o‘z kafolatidan 
voz kecha oladi. Tortib olingan yoki vaqtincha foydalanib turishga 
berilgan (oriyatga) molning qaytarib berilishiga kafil bo‘lgan odam molni 
egasiga berishda yo‘l kira haqini tortib olgandan va oriyatga olgandan 
(foydalangan shaxsdan) undiradi.
Kafillikdan ozod bo‘lish. Qarz asl yoki kafil tarafidan makful lahga 
to‘lanar ekan, kafil kafolatdan ozod bo‘ladi (qutuladi). Makful lah: « 
Kafilni kafolatdan soqit qildim yoki kafil tarafda mening haqim yo‘q», – 
desa, kafil qutulgan bo‘ladi. Kafilning ozod bo‘lishi aslning ozod 
bo‘lishini taqozo etmaydi. Aslning ozod bo‘lishi (qarzdan, talab va 
da’vodan) kafilning ozod bo‘lishini ta’minlaydi. 
Kafil makful bihni ma’muriy organlar orqali makful lahga topshirar 
ekan, makful lah qabul etsin yo qabul etmasin, kafil (bergan) kafilligidan 
ozod bo‘ladi. Lekin birorta tayinlangan shaharda topshirish shart qilingan 
bo‘lsa, boshqa yerda qarzni topshirish bilan kafolatdan qutulolmaydi. 
Hokimning huzurida topshirish shart qilinib kafil bo‘lganda, ko‘chada 
(yo‘lda) topshirish bilan kafillikdan chiqolmaydi, lekin mirshab huzurida 
topshirsa, ozod bo‘ladi. Talab etuvchining talabi asosida makful bihni 
topshirish bilan kafil kafolatdan ozod bo‘ladi. Ammo talab etuvchi talab 
etmasdan burun (qarzni) topshirsa, «Kafolatning taqozosi bo‘yicha 
(kafolatimni ado etib) topshirdim (berdim)», demagunicha (kafillikdan) 
ozod bo‘lolmaydi. «Falon kunga» (qarzni, kafolat obyektini) topshirishga 
kafil bo‘lgan odam o‘sha kundan avval u narsani topshirsa va makful lah 
uni olmasa, bunday kafil kafillikdan ozod bo‘lmaydi. Makful bih vafot 
etganda, kafil kafolatdan chiqqani kabi kafilning kafili bor bo‘lsa, u ham 
ozod bo‘ladi. Shuningdek, kafil olamdan o‘tsa, o‘z kafolatidan qutulgani 
kabi kafili bo‘lsa, u ham kafillikdan chiqadi. 
Ammo makful lahning vafoti bilan kafil kafolatdan ozod bo‘lmaydi, 
endi uning vorisi talabgor bo‘ladi. 
Zar kafillikdan ozod bo‘lish. Qarz egasi vafot etsa va qarzdor uning 
birdan-bir merosxo‘ri bo‘lsa, kafil o‘z kafolatidan ozod bo‘ladi. Agar qarz 
egasining boshqa vorisi ham bo‘lsa, kafil faqat qarzdorning ulushidan 
ozod bo‘lib, o‘zga vorisning ulushidan ozod bo‘la olmaydi. Kafil yoki asl 


120
qarzning biror qismi to‘g‘risida qarz egasi bilan kelishganlarida, agar 
ikkovi yoki aslning ozod etilishi shart etilgan yoki hech bir shart 
qo‘yilmagan bo‘lsa, ikkovi ham ozod bo‘ladi. Agar yolg‘iz kafilning ozod 
bo‘lishi shart etilgan bo‘lsa, faqat kafil ozod bo‘lib, talab qiluvchi esa 
ixtiyorli bo‘ladi: istasa barcha qarzni asldan va istasa kelishuv badalini 
(to‘lovini) kafildan, qolganini asldan oladi. 
Kafil makful lahni (qarz egasini) birovning ustiga havola etganda 
(o‘tkazganda), buni makful lah va muhal alayh (qarzni zimmasiga olgan) 
ham qabul etsa, u holda kafil va makful anh ozod bo‘ladi. Zar kafil vafot 
etganda, mol makful bihning merosidan talab qilinadi. Tovarning puliga 
kafil bo‘lganda bay’ (savdo) buzilsa yoki tovarning haqli egasi chiqib, 
olib qo‘ysa yoki aybi uchun qaytarib yuborilsa, kafil kafillikdan ozod 
bo‘ladi. 
Garov. Islom qonunshunosligida shartnoma bo‘yicha bajariladigan 
majburiyatlarni amalga oshirishda garov ijobiy omillardan biri 
hisoblanadi. Garov biror qiymatga ega bo‘lgan moddiy ashyoni haq 
evaziga ushlab turishdir. Musulmon huquqida payg‘ambarimizning 
sunnatlari va ulamolar ijmosi garovning huquqiy asosi hisoblanadi. 
Muhaddislardan imom Buxoriy, Nasoiy, ibn Mojja rivoyatlariga ko‘ra, 
Muhammad (s.a.v.) o‘z sovutlarini bir yahudiyga garovga qoldirib, undan 
oilalari uchun arpa olganlar. Islom fiqhida garov deb, qarzning evaziga 
biror buyumni ishonch tariqasida qoldirish tushuniladi. Arab tilida 
garovni rahn, garov qo‘yuvchini rohin, garovga olib qoluvchini murtahin,
garov obyekti esa marhun deb ataladi. 
Musulmon huquqida garov bilan bog‘liq munosabatlar quyidagicha 
tartibga solinadi:
1) garov shartnomasi uchun har ikki tomonning o‘zaro roziliklari 
talab etiladi va o‘zaro ishonch asosida bo‘lganligi uchun og‘zaki holda 
tuziladi (garovga beruvchi va uni oluvchi o‘rtasida qabul vositasida garov 
ahdi tuziladi. Biroq (mol) qo‘ldan qo‘lga o‘tmaguncha, mukammal tarzda 
kuchga kirmaydi. Garovning taklif va qabuli: garov beruvchi: «Bu 
narsani qarzim muqobiliga senga garovga berdim», – deb yoki shunday 
ma’nodagi boshqa bir gapni aytib va garovga oluvchi: «Roziman», – 
degan ma’nodagi roziligidan dalolat beruvchi bir gapni aytishidir. Bunda 
«garov» so‘zi aytilishi shart emas); 
2) har ikki tomonning muomalaga layoqatliligi; 
3) garov qo‘yuvchida garovga berayotgan buyum ustidan haqiqatan 
egalik huquqining mavjudligi. Imom Abu Hanifaning fikriga ko‘ra, 
shirkatdagi buyum faqat alohida ajratilib qo‘yilgan holdagina rohin 


121
tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin. Imom Shofi’iy esa shirkatdagi 
buyumni alohida ajratmasdan turib ham, shirkatda bo‘lgan, bo‘linmas 
buyumlarni ham garovga qo‘yish mumkin, deb hisoblangan; 
4) taslim – garovga topshirish, iqboz – garov predmetining 
murtahinning qo‘liga o‘tishi sharti. Imom Shofi’iy: «Murtahinning men 
garovni qabul qildim, deyishining o‘zi kifoya, istasa, garovni qarzdorning 
o‘zida qoldiradi», – degan fikrni bildirgan; 
5) garovga biror ashyoni qoldirish qarzdorni qarzdan ozod qilmaydi, 
balki garov predmeti uning qarzini to‘lashi uchun vosita bo‘lib, qarzdorga 
doimo o‘z qarzini uzish majburiyatini eslatib turadi
6) kelishilgan muddat o‘tgunga qadar qarzdor garov predmetini 
qarzini to‘lash maqsadida sotish huquqiga ega. Muddat o‘tgandan so‘ng, 
qarzdor turli vaj-bahonalar bilan qarzini to‘lamasdan yursa, hokimning 
buyrug‘i bilan garov predmeti (yoki obyekti) sotilib, murtahinga bergan 
qarzi barobaridagi miqdor to‘lanadi; 
7) garov predmeti (yoki obyekti)ni qarzdorning ruxsatisiz hech kim 
tasarruf qila olmaydi. Garov obyektidan foydalanib turish borasida 
ulamolar ikki xil fikr bildirganlar. Ahmad ibn Hanbal, Abu Lays 
Samarqandiy, Hasan Basriy, Abu Is’hoq va boshqalar payg‘ambar 
(s.a.v.)ning: « Hayvon garovga qo‘yilgan ekan, uning yem-hashagi 
murtahinning zimmasida bo‘lib, yem-hashagi barobarida sutidan 
foydalanishi mumkin», – degan hadisidan kelib chiqib, garov obyektidan 
foydalanish mumkinligini ta’kidlaganlar. 
Abu Hanifa, Molik, Shofi’iy kabi ulamolar murtahinning garov 
obyektidan foydalanishga haqi yo‘q, garov obyektidan keladigan barcha 
foyda qarzdorga taalluqli, degan fikrni bildirganlar
8) belgilangan muddat tugagach, agar tomonlar o‘zaro kelishsalar, 
muddatni yana uzaytirishlari mumkin; 
9) garovga beriladigan narsa (garov obyekti) sotishga yaraydigan, 
shuningdek ahdlashuv vaqtida mavjud hamda qiymatga ega, olib berish 
(topib berish) mumkin bo‘lgan narsa bo‘lishi kerak. Garovning evaziga 
beriladigan narsa to‘lovli (mazmun) mol bo‘lishi shart;
10) garov molini oluvchi shaxs uni o‘zi yoki oilasi, sherigi yoki 
xizmatchisi kabi ishongan odamning huzurida saqlashi mumkin. Joy 
ijarasi, qorovul va farrosh haqi kabi garov molining muhofazasi uchun 
ketadigan xarajatlar garovni olgan shaxs tomonidan to‘lanadi. Garov 
hayvon bo‘lsa, yemi va cho‘ponining haqi, agar ko‘chmas mulk bo‘lsa, 
ta’miri va sug‘orilishi, tozalash kabi uning saqlanishi uchun sarflanadigan 
sarfu xarajatlar garov beruvchining zimmasida bo‘ladi. Garov beruvchi va 


122
oluvchidan biri boshqasiga taalluqli bo‘lgan xarajatlarni o‘zicha to‘lab 
yuborsa, bu ehson, deb qaraladi va uni keyin talab qilib ololmaydi. 

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling