Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Islom davlatlarining huquqiy tizimi, amaldagi qonunchiligi
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
11.2. Islom davlatlarining huquqiy tizimi, amaldagi qonunchiligi
va ularning musulmon manbalari bilan nisbati Hozirgi kunda musulmon huquqi zikr etilgan mamlakatlarning birortasida ham amal qiladigan yagona huquq maqomida emas. Faqat XX asrning 20-yillarida xalifalikning rasmiy ravishda bekor qilingani tufayli Turkiyada musulmon huquqi barcha tarmoqlarda (jumladan, oila-nikoh munosabatlarini mutanosiblashtirishda ham) G‘arbiy Yevropadan o‘zlashtirilgan qonunchilik bilan almashtirildi. Bevosita amaldagi musulmon huquqi miqyosini, shuningdek uning qonun chiqarishga nisbatan ta’sir darajasini asos qilib, islom mamlakatlari hozirgi huquqiy tizimining quyidagi tasnifini keltirish mumkin. Birinchi guruhni musulmon huquqi keng qo‘llanib kelinayotgan Saudiya Arabistoni, Ummon va Eron huquqiy tizimlari tashkil etadi. Uning normalari va tamoyillari, eng avvalo, mazkur mamlakatlardagi konstitutsiyaviy va shakllangan boshqaruv tizimiga chuqur ta’sir etadi. Masalan, Saudiya Arabistonida davlat boshlig‘i – qirol hokimiyatni ravishda meros sifatida olmaydi, balki u nufuzli diniy arboblar va hukmron sulola vakillarining rasmiy saylovidan so‘ng taxtga o‘tiradi. Rasmiy ravishda u qonun chiqarish vakolatiga ega emas. Bu vazifani, ya’ni Qur’on va sunnada ifodasini topmagan masalalar to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjatlar chiqarishni, basharti ular Hanbaliy mazhabining asosiy tamoyillariga muvofiq kelsa, Vazirlar Kengashi amalga oshiradi (bunday hujjatlar qonunlar deb emas, balki «nizomlar» – 156 qarorlar deb ataladi). Qirol eng muhim qarorlarni «maslahat» tamoyiliga qat’iy rioya qilgan holda, Saudlar urug‘-jamoasining obro‘li a’zolari, davlatning yirik olimlari, katta qabilalarning shayxlari, asosiy viloyatlarning boshliqlari bilan kengashib, qabul qiladi. Bugun musulmon huquqiy nazariyasi Erondagi boshqarish tizimiga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir asosan shoh rejimi qulaganidan so‘ng, ya’ni 1979-yildan sezila boshladi. Mamlakatning 1979-yilning noyabrida qabul qilingan yangi konstitutsiyasi shia huquqshunoslarining faol ishtiroki bilan tayyorlandi. Konstitutsiyaning 1-moddasida: «Eronda boshqarish shakli – islom respublikasidir», – deb e’lon qilindi. Shia huquqiy nazariyasining ta’siri yangi tuzilma – Konstitutsiyada umrbod rahbar – faqih qo‘lida oliy davlat va oliy hokimiyatni tutib turuvchi mansabning ta’sis etilishida ko‘rinadi. 5-moddada mamlakat boshqaruvi hamma narsadan voqif, xalq tan olgan faqih zimmasida ekanligi qayd etilgan. Garchi Eron davlat boshqaruvining shakli tashqi jihatdan Parlament va Prezident Respublikasi xususiyatlarini birlashtirsa ham, amaldagi siyosiy tuzum hokimiyatning haqiqiy jilovini shia ruhoniylari qo‘lida to‘pladi. Faqih tomonidan tayinlanadigan, tarkibi 12 kishidan iborat kengash a’zolarining yarmi shia huquqshunoslaridir. Faqih majlisning (parlament) faoliyatini, shuningdek ular tomonidan qabul qilinadigan qonunlarni Konstitutsiyaga, ayni paytda islom tamoyillariga ham muvofiq kelishini nazorat qiladi. Zikr etilgan mamlakatlarda musulmon huquqi amaldagi huquqning boshqa tarmoqlarida ham muhim mavqega ega. Bu konstitutsiya mazmunida ham o‘zining tasdig‘ini topgan. Eron Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlarning musulmon huquqiga mutanosib bo‘lishini mustahkamlaydi (Saudiyaning 1926-yildagi asosiy qonuni ham davlatning normativ hujjatlari musulmon huquqi tamoyillariga muvofiq kelishini nazarda tutgan edi). Ushbu qoidaga amal qilinib, u yoki bu mazhabning (Hanbaliylar – Saudiya Arabistonida va Ja’fariylar – Eronda) umumiy tamoyillari va muayyan normalarini mustahkamlashga yo‘nalgan qonunlar chiqarilgan. Chunonchi, hozirgi kunda Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va jinsiy buzuqlik uchun jazo tayinlash to‘g‘risidagi qonunchilik amal qiladi. Shuningdek, bu mamlakatda qasddan qotillik sodir etganlik uchun qon to‘lovi (diya 45 ming rialga teng) rasmiy ravishda belgilangan. O‘g‘rilik uchun qo‘lni chopib tashlashdek had jazosi ham saqlanib qolgan. Ayni paytda bunday jazo hatto 2001-yilning boshlarida ham amalda qo‘llanilgan. 157 Shaxsiy maqom borasida musulmon huquqi umuman an’anaviy tusda amal qilib kelmoqda. Bu sudlov tamoyillariga, 1975-yilda qonunlar bilan mustahkamlangan jarayonga ham taalluqlidir. Basharti, Saudiya Arabistonida musulmon huquqi hech qachon huquqning manbai sifatidagi imtiyozli mavqeini yo‘qotmagan bo‘lsa-da, Eronda esa u yetakchi o‘rinni faqat shoh tuzumi qulatilganidan so‘ng, respublika rahbariyatining mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, xullas, barcha jabhalarini, hatto fuqarolarning shaxsiy manfaatlari sohalarini ham islomlashtirishga qaratilgan siyosati tufayli egalladi. Mazkur fikrni tasdiqlash uchun nafaqat huquqiy, balki axloqiy, jumladan, musulmonlarga kiyim-kechak, bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlari to‘g‘risida belgilangan normalarni buzganliklari uchun ba’zida ayovsiz jazolar tizimi joriy qilinganini eslash kifoyadir. Mavjud tuzumga salbiy munosabatlari tufayli tahdid uyg‘otayotganlar ta’qib ostiga olinadi. Bundan tashqari, 1981-yilning aprelidan qasos to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi, u musulmon huquqida jinoiy jazolarning murosasiz tizimini nazarda tutadi. Shuni ta’kidlash zarurki, Eron va Saudiya Arabistonida musulmon nazorati va nozirlik «hisba»si degan maxsus muassasalar faoliyat ko‘rsatib, ular tijorat, jamoat yoki axloq qoidalarini buzganlik uchun jazo tayinlash vazifasini bajaradi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling