Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
ado eting, sizga xiyonat qilganga (omonatni ado etish chog‘ida) xiyonat
etmang». Yana bir hadis: «Omonatni saqlagan inson (mazkur omonatga) zomin (moddiy javobgar) bo‘lmaydi (ya’ni omonat predmeti tabiiy holda shikastlansa, qiymatini yo‘qotsa, uni asragan shaxs moddiy javobgar bo‘lmaydi)». 124 Barcha fiqhiy adabiyotlarda mol-mulkini vadi’aga qo‘yib ketgan shaxslarni muvaddi’, saqlash uchun qabul qilib olgan shaxsni mustavdi’ va vadi’a obyektini vadi’at, deb atash qabul qilingan. Omonatning shartlari. Islom mujtahidlari vadi’a institutini tashkil qiluvchi quyidagi qoidalarni uqtirganlar: 1) eng avvalo, omonatda har ikkala tomonning roziligi, loaqal bitta guvohning bo‘lishi, mustavdi’ga omonat predmeti hech bir to‘xtovsiz o‘tishi zarur. Bunday bitimlar asosan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangani uchun og‘zaki tarzda tuziladi; 2) mustavdi’ning vadi’a predmetidan foydalanishga haqi yo‘q; 3) vadi’aga qo‘yilgan buyum birinchi talabdayoq mustavdi’ tomonidan qaytarilishi shart; 4) mustavdi’ qo‘lidagi omonat mulk, ashyo to‘g‘risida qayg‘urishi shart. Mazkur ishdagi barcha xarajatlar mulk egasining zimmasida bo‘ladi; 5) omonat predmetiga talofat yetganda, mustavdi’ faqat ikki holatda- gina javobgar bo‘ladi: birinchisi – beparvoligi, sovuqqonligi tufayli omonatga zarar yetganda, ikkinchisi – omonat predmetini egasidan berux- sat boshqa odamga berganda yoki o‘zi foydalanib, talofat yetkazib qo‘y- ganda. Imom Abu Hanifa mustavdi’ omonat mulkni uchinchi bir shaxsga saqlab turish uchun berib qo‘yishi ham mumkinligini ta’kidlagan. Imomlar Shofi’iy va Molik esa mustavdi’ faqatgina mulk egasining ruxsati bilan boshqa shaxsga omonatni saqlash uchun berib qo‘ya oladi, deganlar; 6) muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslarga omonat topshiril- maydi; 7) musulmonga ham, zimmiy odamga ham berilishi mumkin bo‘lgan omonat predmeti mustavdi’ning qo‘liga o‘tishi bilan shartnoma kuchga kiradi. Hanafiy mazhabi namoyandalarining fikriga ko‘ra, omonatdor shaxs (omonat ishonib topshirilgan odam)ning aybisiz omonat predmetiga ziyon yetsa yoki u yo‘qolgan taqdirda, to‘lov lozim bo‘lmaydi. Bir kishi yo‘lda yoki boshqa joyda biror narsani yotgan holda ko‘rsa va uni o‘ziga mulk qilib o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lsa, u talonchi (zo‘ravon, qaroqchi) hukmida bo‘ladi. Buning ustiga, o‘sha narsa yoki mol o‘zlashtirilgandan so‘ng, ziyon ko‘rsa yoki yo‘qolgan ashyo uchun uning aybi yoki sovuqqon munosabat bo‘lmasa ham, javobgar bo‘ladi (to‘laydi). Ammo egasiga bermoqchi bo‘lib olgan va egasi ma’lum bo‘lsa, haqiqiy omonat 125 bo‘ladi va uni egasiga topshirishi shart. Agar egasi noma’lum bo‘lsa, bu ashyo «topilma» bo‘lib, topib olgan kishi qo‘lida u omonat hisoblanadi. Topilmani topib olgan shaxs uni e’lon qiladi. Egasi chiqqunicha omonat sifatida uni saqlaydi. Bir odam chiqib, o‘z moli ekanligini isbot qilsa, unga topshirish lozim bo‘ladi. Bir odamning qo‘l ostida o‘zganing moli tasodifan talofat ko‘rsa, agar molni egasining ruxsatisiz olgan bo‘lsa, har qanday holda ham uni to‘laydi. Egasining ruxsati bilan olgan bo‘lsa, mol uning qo‘lida omonat sifatida turgani bois, to‘lamaydi. Lekin savdo-sotiq ishlarida boshqacha yondashiladi, ya’ni narxi belgilab qo‘yilgan yoki og‘zaki aytilgan bo‘lsa, to‘lov lozim bo‘ladi. Masalan, bir odam chinni idishlar do‘konidan o‘zicha (beruxsat) bir kosa olsa va u qo‘lidan tushib sinsa, uning haqini to‘lashi shart. Agarda egasining ruxsati bilan olib ko‘rayotganda tasodifan tushib sinsa, to‘lov lozim bo‘lmaydi. Agarda kosa boshqa bir to‘p kosalarning ustiga tushib, ular ham sinsa, keyingi kosalarning to‘lovi lozim bo‘ladi. Lekin avvalgi bitta kosa omonat bo‘lgani uchun baribir to‘lanmaydi. Ammo: «Bu kosa necha pul?», – deganida, do‘konchi: «shuncha pul, ol», – degandan so‘ng, uni qo‘liga olgach, yerga tushib sinsa, zomin bo‘ladi. Shuningdek, bir odam sharbat ichayotganda, sharbatchining piyolasi qo‘lidan tushib sinsa, «oriyat» (vaqtincha foydalaniladigan narsa) bo‘lgani bois, zomin bo‘lmaydi. Lekin ichuvchining o‘zi to‘g‘ri foydalanmagani sababli piyola sinsa, zomin bo‘ladi. Ishora orqali berilgan ruxsat ham ochiq-oydin berilgan ruxsat kabidir. Lekin ochiq-oydin taqiq bor ekan, ishora hisobga o‘tmaydi. Vadi’a joiz aqdga (o‘zgaruvchan majburiyat) mansub bo‘lganligi uchun taraflardan yolg‘iz birining xohishi bilan ham tugatilishi mumkin. Tomonlardan birining o‘limi yoki aqldan ozishi bilan ham vadi’a darhol bekor qilinadi. Muvaddi’ «omonat buyumni qaytarmadi», deb mustavdi’ning ustidan da’vo bilan chiqqanda, mustavdi’dan guvoh keltirish talab qilinadi. Agarda mustavdi’ omonat buyumni egasining roziligi bilan boshqa bir shaxsga omonat uchun topshirib qo‘yganligini ma’lum qilsa, unda guvohlarni keltirishi shart bo‘ladi. Imomlar Abu Hanifa va Shofi’iy har ikki holatda ham qasam ichsa, kifoya qiladi, deganlar. Bitimlarning eng asosiy elementlari bu – «aqd» va «iyqo’» hisoblanadi. Aqd – ikki yo undan ortiq shaxsning o‘zaro kelishib, og‘zaki yoki yozma holda o‘zlariga erkin majburiyatni olishlaridir. Iyqo’ – bir tomonning talabi bilan tuziladigan bir tomonlama bitimdir. O‘zga shaxslarning xohish-irodasi bunday bitimlarning tuzilishiga ta’sir etmaydi. Iyqo’ga taloq, nazr, qasam kiradi. 126 Hanafiy mazhabining qonunshunoslari qasamlarni uch turga: g‘umus Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling