Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- TO‘RTINCHI BO‘LIM 10-BOB. MUSULMON SUD HUQUQI 10.1. «Musulmon sud huquqi» tushunchasi
Siyosiy jinoyatchilar muayyan kuchga ega bo‘lishlari shart. Ular o‘z
maqsadlarini ilgari surganlarida ham biror kuchga ega bo‘lmasalar, siyosiy jinoyatchilar, deb tan olinmaydilar. Mamlakatda qo‘zg‘olon yoki urush vaziyatlari hukm surib turganda siyosiy jinoyatlar sodir bo‘ladi. Yuqorida bayon etilgan barcha amallar tinchlik sharoitida yuz beradigan bo‘lsa, ular oddiy jinoyatlar hisoblanadi. Bu jinoyatlarni sodir etgan shaxslar oddiy jinoyat qilganlar kabi jazolanadilar. Ulardan bu davrda tinch yo‘l bilan hayot tarzlarini olib borish talab qilinadi. Ular so‘z erkinligiga ega bo‘lib, musulmon huquqida ruxsat etilgan amallarini bajarishlari mumkin bo‘ladi. Ammo jinoyatchi qo‘l urgan siyosiy jinoyati uchun darhol oddiy jinoyatchi kabi jazosini oladi. Siyosiy jinoyatchilar jamoa tashkil etish huquqiga egadirlar. Ammo bunda jamoa o‘z yo‘lboshchisiga ega bo‘lishi talab etiladi. Aks holda, jamoa tarqatilib yuborilishi mumkin. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekistonlik allomalarning musulmon jinoyat huquqining rivojiga hissa qo‘shgan asarlari haqida gapiring. 2. Musulmon jinoyat huquqining o‘ziga xos jihatlarini tushuntiring. 3. Islomda jazo va uning turlarini tushuntirib bering. 4. «Ta’zir» tushunchasi va turlarini ayting. 143 TO‘RTINCHI BO‘LIM 10-BOB. MUSULMON SUD HUQUQI 10.1. «Musulmon sud huquqi» tushunchasi Musulmon huquqi to‘g‘risidagi asosiy adabiyotlarda sud huquqining ma’nosi qazo (qozilik) haqidagi boblarda yoritib berilgan. Arab tilidagi «qazo» so‘zi tayin qilish, hal qilish degan ma’nolarni ifodalab, mazkur fe’l (harakat)ning bajaruvchisi «qozi» (tayin qiluvchi, hal qiluvchi), deb nomlanadi. «Qozi» ham arabcha so‘z bo‘lib, «qazo» fe’li (amali)ning foili (ya’ni ish bajaruvchisi, harakatni sodir qiluvchisi)dir. «Qazo» so‘zining bir qancha lug‘aviy ma’nolari bo‘lib, hukm, ado qilish, nihoyasiga yetkazish, komiliga yetkazish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Uni qo‘llash borasida to‘rt mazhab ulamolari turlicha yondashganlar. Hanafiylarning ta’rifiga ko‘ra, qazo bu – insonlar orasida haq bilan hukm qilish. Molikiy mazhabining tarafdorlari esa, qazo – majbur qilib qo‘yish yo‘li orqali shar’iy hukmni bildirish, deganlar. Shofi’iy mazhabining tarafdorlari qazo – voqelikda shar’iy hukmning qozi bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshirilishidir, deganlar. Hanbaliy mazhabiga ko‘ra, qazo – shar’iy hukmni va uning majburiy bo‘lib qolganligini va muayyan bir nizoga aniqlik, oydinlik kiritilganini bayon qilishdir. Ulamolar qazo – hukm chiqarishning asosiy shartlari haqida ko‘plab fikrlarni bildirganlar. Hanafiy mazhabining olimi ibn Obiddin qazo qonuniy bo‘lishi uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi shart, deb ko‘rsatgan: – birinchidan, qozining shaxsan mavjudligi (gohida hokim ham deb yuritiladi); – ikkinchidan, hukm chiqarilishi uchun sabab bo‘lgan voqea; – uchinchidan, hukmni kutib turgan shaxs yoki jamoat; – to‘rtinchidan, musulmon huquqiga muvofiq, hukmni qabul qilish, o‘z navbatida, to‘rt maqsadni nazarda tutish: a) Allohning haqi – zino yoki xamr (mast qiluvchi ichimlik) ichganligi uchun had urishlik; b) bandaning haqi – mol-mulkiga ega bo‘lish; d) Alloh va bandaning haqlari birga, lekin Allohning haqi ustun bo‘lgani bois, keskin chora ko‘rish, masalan, o‘g‘rilik uchun qo‘l kesilishi; 144 f) Alloh va bandaning haqi birga, lekin bandaning haqi ko‘proq bo‘lgani bois, banda tomonidan istasa, yengilroq jazo berilishi mumkin bo‘lgan jinoyat turi – qasos yoki tuhmat uchun jazo; – beshinchidan, isbot yo‘llari. Ushbu o‘rinda qozining qarori va fatvo o‘rtasidagi farq to‘g‘risida mufassal to‘xtalish o‘rinlidir. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling