Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Hukm chiqarish bilan fatvo shar’iy xabarni bildirish bir-biriga 
o‘xshab ketsa ham, quyidagi farqlar mavjud. 
Fatvo uni talab qilganlar yoki talab qilmaganlarga umumiy bajarilishi 
shart bo‘lgan shar’iy qarordir. Qozining qarori esa muayyan masala 
yuzasidan chiqqan bo‘lsa, o‘sha voqea ishtirokchilariga tegishli, xolos. 
Fatvoga amal qilishda uni so‘rovchilar mazkur javob shar’iy dalilga yaqin 
bo‘lsa, e’tiborga oladilar, agar shar’iy hujjatlarga muvofiq kelmasa, amal 
qilmaydilar. Muftiy o‘z qarorini fatvo talabgorlarining birortasiga ham 
zo‘rlab o‘tkaza olmaydi. Qozining esa majburlov apparati mavjud. 
Fatvo fiqhning barcha sohalarida majburiy sanaladi, ya’ni ibodat, 
muomalot, jinoyat va jazo – farqi yo‘q. Ammo qozining qarori ibodatga 
taalluqli bo‘lmaydi. Qozi namozning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida 
qaror chiqara olmaydi. Bir mazhabning fatvosini boshqa mazhab qabul 
qilmasligi mumkin. Chunki fiqhiy mazhablar ba’zi masalalarda o‘z 
dalillari bilan boshqa mazhabning fatvolarini rad qilishlari mumkin. Biroq 
biror qozining chiqargan qarorini boshqa qozi bekor qila olmaydi. Misol 
uchun, bir qozi «taloq tushgan» desa, o‘sha hukm o‘z kuchida qoladi. 
Ulamolarning fikriga ko‘ra, fatvo erkakdan ham, ayoldan ham, ozod 
quldan ham sodir bo‘ladi. Ammo qozi masalasida ozod, erkak odam 
bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan. 
Islom sud huquqining asosiy manbai Qur’oni karim, sunna va ijmo 
hisoblanadi. Sud huquqiga taalluqli oyatlar Qur’on karim «Baqara» 
surasining 213, «Hadid» surasining 25, «Niso» surasining 58, 65, 105, 
«Moida» surasining 44, 45, 47, 49, 250, «A’nom» surasining 82, 
«Ahzob» surasining 36, «Nur» surasining 48, 51-oyatlari hisoblanadi. 
Sunnatdan keltirilgan dalillar. Imom Buxoriyning hadislar to‘pla-
mida quyidagi hadis bor: «Amr ibn Os Muhammaddan rivoyat qiladilar: 
Muhammad dedilar: «Qachon hakim ijtihod qilib (ya’ni hukm 
chiqarishda), to‘g‘ri hukm chiqarsa, unga ikkita ajr bor, agar ijtihod qilib 
xatoga yo‘l qo‘ysa, unga bitta ajr bor».
Umuman, Abu Dovud, ibn Mojja, imom Termiziy kabilarning hadis 
to‘plamlarida mazkur mavzuga dalolat qiluvchi 50 ga yaqin hadislar 
mavjud. 


145
Ijmoga ko‘ra dalil. Islom olimlari sahobalar davridan tortib, to shu 
kungacha qazoning hukm jihatdan ham, taqlid jihatdan ham qonuniyligiga 
ijmo qilganlar
1
.
Muhammad ibn Abdulloh (payg‘ambarimiz) Madinaga hijrat 
qilganidan so‘ng, u yerda islom jamoasiga (ummaga) asos soldi. 
Keyinchalik uning mazkur jamoa a’zolariga diniy-huquqiy masalalar 
yuzasidan ko‘rsatmalar bergani, nizoli masalalarda hakamlik qilgani tarix 
kitoblarida bayon qilingan. Islom tarixida birinchi qozi, albatta Muham-
mad (s.a.v.) hisoblanib, hayotlik vaqtida bir qancha ishlar yuzasidan 
qozilik qilgani, sud jarayonida ishtirok etib, ayblanuvchilarning 
iqrorlariga o‘zlari shohid bo‘lgani manbalarda bayon qilingan. 
Payg‘ambar vafotidan so‘ng, bu vazifani davlat boshliqlari – Xulafoi 
roshidinlar amalga oshirganlari. Hazrati Umar ibn Hattob Madina, Basra, 
Kufa shaharlarining dastlabki qozilarni tayinlagan. Shundan keyin qozilar 
yirik shaharlar va viloyatlarda, harbiy yurishlar vaqtida esa qo‘shinlarda 
ham tayinlana boshlagan. 
Ummaviylar xalifaligi davrida bosh sudya bu xalifa hisoblangan. 
Xalifa olim, faqih musulmonlar ichidan tanlab olib, qozilik lavozimiga 
qo‘ygan. Islom mamlakatlarida sudning uchta turi mavjud edi: 
a) mazolim sudlar, ya’ni joylarda xalifaning buyrug‘iga ko‘ra tashkil 
etiladigan sudlar; 
b) musulmon normalari bo‘yicha tashkil etilgan oddiy sud;
d) zimmiylik sudlari. Musulmon bo‘lmagan fuqarolarning ishlari bilan 
shug‘ullanuvchi davlat sudlari. 
Abbosiylar xalifaligi davrida davlat sud organlarida bir qancha 
o‘zgarishlar qilingan. Fuqarolik ishlari bilan shug‘ullanuvchi sud jinoyat 
sudidan ajratilgan. Eng yuqori sud – Devon un-nasr-al mazolim (ya’ni 
mazlumlarga yordam beruvchi vazirlik, sud), deb nomlangan. Sudning 
raisi xalifa yoki adliya vaziri bo‘lgan. Mazlumlar sudining raisi barcha 
sudlar ustidan nazorat olib borgan. Zarurat tug‘ilganda, xalifa tomonidan 
favqulodda sud (oliy sud) chaqirtirilishi ham mumkin bo‘lgan. Mazkur 
sud tarkibiga xalifa, (bosh sudya) kotib, bosh qozi va faqihlar kiritilgan. 
Oliy sudning qarorlari qatyiy bo‘lib, shikoyatga yo‘l qo‘yilmagan. Barcha 
viloyat sudlari bosh qoziga hisobot topshirganlar. O‘z davrida Abu Yusuf 
ham bosh qozi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ko‘pchilik olimlar Abu 
Yusufning «Xiroj» nomli qo‘llanmasini butun imperiya hududida yagona 
qo‘llanma sifatida tarqatilganini va u birinchi manbaligini e’tirof etganlar. 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-38-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 46-ɢɲ, 97-ɜɚɪɚԕ.


146
Dastlab qozi mayda xizmatchi bo‘lib, hokim unga sudlov 
majburiyatlarini bajarishni buyurardi. Ma’lumki, jinoyat yoki ma’muriy 
sudlar amaliy zarurat, ya’ni xalifalarning dunyoviy (diniy emas) 
hokimiyatlari yo‘qolayotgan shart-sharoitlar ta’sirida shakllangan. 
Fuqarolik ishlariga oid vazifalar musulmon bo‘lmaganlar (yahudiylar va 
xristianlar)ga ham topshirilishi mumkin bo‘lgan, qozilik vazifasini faqat 
musulmonlargina bajargan. Boshqa din vakillari uchun maxsus sud 
muassasalari bo‘lgan. Ammo ular o‘z nizo va tortishuvlarini musulmon 
qozisining hukmiga havola qilishlari zarur bo‘lgan. Qozining mahka-
masida qozilar kengashi (mashura) faoliyat ko‘rsatgan. Idoraning asosiy 
vazifasi maslahat berish bo‘lgan, muhokamada qatnashmaydigan, biroq 
rasmiy shohidlik vazifasini bajarib, sud jarayoni amalga oshganini 
tasdiqlaydigan, notariusga o‘xshash ikki adul – uning ijrosini ta’min-
lagan.

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling