Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Guvohlik. Islomda guvohlik instituti mukammal ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, muqaddam yolg‘onchilik qilgani, yolg‘on ko‘rsatma berganligi uchun jazolangan shaxslarning guvohliklari fuqarolik sudlarida inobatga olinmaydi. Shuningdek, musulmon bo‘lmagan shaxslarning ham musulmonlarga qarshi guvohlikka o‘tishi noqonuniy deb qaraladi. Faqat musulmon, balog‘atga yetgan erkak va ayolning guvohligi inobatga olinadi. Qasam. Muhammad (s.a.v.)ning: «Da’vogarlardan guvoh keltirish, gumondordan qasam ichish talab qilinadi», – degan ko‘rsatmasiga asoslanib, gumondorga qasam ichiriladi. Sud jarayonida gumondorga va guvohlarga ichiriladigan qasam so‘zlari murakkab matn emas (faqatgina lion – er-xotinning bir-birini zinoda ayblab, la’natlab ichadigan qasamida ba’zi maxsus so‘zlar bor). Qasamda asosan «vallohi», deb boshlanib, so‘ng shaxs o‘z muddaosini yoki aybsizligini izhor qilgan. Qasam faqat Allohning nomi bilan ichilganda, qonuniy hisoblanib, yuridik oqibatni keltirib chiqaradi. Alloh Qur’on karimda suddagi bahs-munozarali ishlarda garchi qarindoshlarning zarariga bo‘lsa ham, adolat bilan to‘g‘ri ko‘rsatma berishni buyurgan. XIX asrning o‘rtalariga kelib, Usmonli turk saltanati va Misrda Yevropa andozasidagi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning 150 tashkil etilgani tufayli qozilik sudlari o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlagan. Chor Rossiyasining musulmonlar yashaydigan hududlarida (shu jumladan Turkistonda) qozilarga keng vakolatlar berilgan. Oktabr to‘ntarishi arafasida sobiq Turkiston general-gubernatorligida rusiyzabon aholi uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, o‘zbeklar va tojiklar uchun qozilik sudlari, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar va turkmanlar uchun biy sudlari faoliyat ko‘rsatgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning sudyalari asosan yuristlar bo‘lgan. Qozi lavozimiga zaruriy ma’lumotga ega, musulmon huquqini yaxshi biluvchi ulamolar, biy lavozimiga odat huquqining bilimdonlari tayinlanganlar. 1917-yilgi Oktabr to‘ntarishidan keyin, qozi sudlari avval tarqatib yuborildi, biroq, keyinroq O‘rta Osiyo va Shimoliy Kavkazda qayta tiklandi. Qozilar mahalliy aholi tomonidan saylanar va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar bilan bab-baravar faoliyat olib borar edilar. Qozi sudlarining vakolatlari oila-nikoh, vorislik, shuningdek ikkala tarafning roziligiga ko‘ra, ayrim fuqarolik va jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish bilangina cheklanardi. Ular qo‘llaydigan fiqh va odat me’yorlari «sovet qonunchiligi»ning asosiy qoidalariga zid kelishi mumkin emas edi. Turkiston Avtonom SSR (TASSR) hukumati qozilik sudlarini birvarakayiga bekor qilmasdan, ularni asta-sekin tugatishga qaratilgan bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Ularning faoliyati mahalliy sho‘rolar (mahalliy hokimiyat organlari) va adliya xalq komissarligi nazoratiga olindi. Qozi sudlariga taalluqli ishlarning doirasi cheklandi. 1919-yil 17-iyunda TASSR Xalq Komissarlari Kengashi qozi sudlarini bekor qilish, ularni «millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, barcha Turkiston fuqarolari uchun yagona xalq sudi» bilan almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sud shaklan o‘zgarib, faqat qozi hukmiga asoslangan sud kollegial sudga aylandi. Ishlarni sudda ko‘rishning yangi tartibi, ish yuritishning yangi shakli joriy etildi. Shunga qaramay, xalq sudi mazmuni va ruhiga ko‘ra, qozi sudi ishining davomchisi bo‘lib qoldi. Bu tabiiy bir holdir, chunki tub aholi musulmon huquqi qoidalari asosida tarbiyalangan bo‘lib, aksariyat hollarda sobiq biy va qozilardan saylangan xalq sudyalari faqat musulmon huquqi me’yorlarini qo‘llar edilar. Xullas, sudlar xalq sudi, deb atalsa-da (ular sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘lib, ish sho‘rocha andozaga ko‘ra yuritilar edi), mohiyatan qozi va biy sudlaridan iborat bo‘lgan. O‘z-o‘zidan ravshanki, xalq sudlari faoliyatida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan. 151 Masalan, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashining «Nikohni bekor qilish to‘g‘risida»gi 1917-yil 12-dekabr dekreti qabul qilinganidan so‘ng, juda ko‘p ziddiyatlar yuz berdi. Bu huquqiy hujjatga muvofiq, Turkiston Respublikasining Adliya xalq komissarligi: «Bundan buyon faqat dekretga muvofiq amalga oshirilgan nikohdan ajralish holatlari haqiqiy deb hisoblanadi», – degan maxsus buyruq chiqardi. Biroq, shaklan xalq, ruhan musulmon huquqi sudi er-xotinlarni musulmon huquqi me’yor- lariga asoslanib ajratishda davom etdi. Gap shundaki, sudya er-xotinni yuqorida zikr etilgan dekretga muvofiq ajratgan taqdirda ham, erdan ajralgan ayol (turmush tarzi diniy qoidalarga asoslangani tufayli) garchi erkinlik olsa ham, qayta erga tega olmas edi. Nikoh mulla yoki imom tomonidan o‘qilar, ular ajralish musulmon huquqi qoidalariga ko‘ra amalga oshirilgani haqidagi shahodatnomasiz nikoh o‘qishdan bosh tortardilar. Albatta, mahalliy hokimiyat ijroqo‘mlar va boshqa ma’muriy organlarga tegishli ko‘rsatmalar berib, sudyalar ishini «to‘g‘ri yo‘lga solish»ga harakat qilgan, lekin bu natija bermagan. Ko‘rsatmalarni bajarmagan xalq sudyalari qamoqqa ham olingan. Xalq sudi baribir aholining e’tiborini qozona olmagan. Amaliyot qozi sudlarini bekor qilishda shoshma-shosharlik bo‘lganini ko‘rsatgan. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (TurkMIQ)ning 1921-yil 6-sentabrdagi dekreti bilan qozi va biy sudlari qisman tiklandi. 26 mayda TASSR hukumati butun respublika hududida qozi va biy sudlarini qonuniylashtirish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Musulmon sudi xodimlari qurultoyi tomonidan qabul qilinib, TurkMIQning 1921-yil 25-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan «Turkiston Respublikasi musulmon xalq sudlari to‘g‘risidagi nizom»ning 1-moddasiga muvofiq, Turkiston Respublikasi hududida tub musulmon aholi uchun xalq sudi bilan bir qatorda, quyidagi tarkibda musulmon xalq sudlari ham ta’sis etildi: a) o‘troq aholi uchun xalq qozisi (qozilar sudi); b) ko‘chmanchi aholi uchun xalq biyi (biylar sudi). Turkiston Respublikasida musulmon huquqi sudlariga doir huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berildi. XX asr 20-yillarining oxiriga kelib, qozi sudlarining faoliyati tugatildi. Buxoro (BXSR) va Xorazm (XXSR) Respublikalarida bunday sudlarning huquqiy holati boshqadir. TASSR sud tizimida darhol yagona sovet xalq sudi asoslari yetakchilik qila boshlagan, qozi sudlari muvaqqat institut hisoblangan. BXSRda musulmon huquqi sudining yangi shakldagi 152 xalq sudiga o‘tishi darhol yuz bermagan. Bunda mamlakat aholisiga musulmon huquqi peshvolarining ta’siri kuchli bo‘lgani ham hisobga olingan. Shu sababli xalq qozi sudlari BXSR va XXSRda sud tizimining teng huquqli bo‘g‘inlariga aylangan. Xalq sudlari faqat BXSR va XXSR hududida yashagan ruslarning manzilgohlarida amal qilgan, musulmon huquqi esa xalq qozi sudlari faoliyatining huquqiy negizi bo‘lib qolgan 1 . Shuni ta’kidlash zarurki, BXSR va XXSR hukumatlari mazkur sudlar faoliyatining xususiyatlari va asoslarini hamda musulmon huquqi me’yorlarini qo‘llash tartibini sezilarli darajada o‘zgartirgan. Bu me’yorlar BXSR va XXSRda huquq manbalari sifatida tan olinib, ularni inqilobiy hokimiyat dekretlari va qarorlariga zid kelmaydigan darajada qo‘llanishi ta’kidlangan 2 . Musulmon huquqining amal qilish doirasi ham ancha toraydi. Lekin BXSR va XXSRdagi qozi sudlarining vakolatlari RSFSRning musulmon aholi yashaydigan avtonom respublikalari va viloyatlaridagi qozi sudlarining vakolatiga qaraganda ancha keng edi. Buxoroda qozi sudlari BXSR Muvaqqat inqilobiy hukumatining 1920-yil 2-sentabrdagi dekretiga muvofiq tugatildi. 1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida adliya vaziri BXSR hukumatiga ma’lumotida shunday deb yozadi: «Ikkinchi oktabrdan boshlab maxsus komissiya mahalliy inqilobiy qo‘mitalar tavsiyasiga ko‘ra qozixonalar tashkil etib, qozilarni tayinlashga kirishdi. Ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar belgilandi, shuningdek ularga sovet qonunlari va musulmon huquqi qonunlariga asosan ish olib borish majburiyati yuklandi» 3 . 1922-yil 27-mayda BXSR hukumati xalq qozilari to‘g‘risida muvaqqat qonun qabul qildi, 1922-yil 19-dekabrda esa Umumbuxoro MIQning II sessiyasida «BXSRda xalq qozi sudlari to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Ushbu Nizom BXSRda yagona sud tizimini tashkil etish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Nizomga muvofiq, xalq qozi sudlari tumanlar va viloyatlar hududidagi barcha jinoyat va fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqar edi. Mansabdorlik jinoyatlari, davlat va uning 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ⱥɛɢɞɨɜɚ ɇ.ɂ. ɋɭɞɵ ɤɚɡɢɟɜ ɢ ɨɫɨɛɟɧɧɨɫɬɢ ɩɪɨɰɟɫɫɚ ɢɯ ɥɢɤɜɢɞɚɰɢɢ ɜ ɍɡɛɟɤɫɤɨɣ ɋɋɊ: Ⱥɜɬɨɪɟɮ. ɞɢɫɫ. … ɤɚɧɞ. ɸɪɢɞ. ɧɚɭɤ. – Ɍ., 1974. – 23 ɫ. 2 ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-46-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 15-ɢɲ, 7-ɜɚɪɚԕ. 3 ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɆȾȺ, Ɋ-48-ɠɚɦԑɚɪɦɚ, 1-ɪʆɣɯɚɬ, 64-ɢɲ, 21-ɜɚɪɚԕ. 153 xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, shuningdek harbiy xizmatchilar, mansab- dor shaxslar yoki hokimiyatga muxolifatda bo‘lgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan barcha qilmishlarga doir ishlar, bundan mustasno edi. Xalq qozi sudlari Adliya nozirligining (vazirligi) qaroriga ko‘ra, belgilangan sud uchastkalarida ish olib borardi. Nizomda birinchi marta uchastka va viloyat sudlari alohida ajratildi. Viloyat xalq sudi yirik jinoyat ishlari, chunonchi: odam o‘ldirish, badanga og‘ir shikast yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘t qo‘yish, qalbaki pul yasash, hujjatlarni soxtalashtirish, shuningdek ayollarni o‘g‘irlash to‘g‘risidagi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqardi. Ayni vaqtda, u uchastka sudlariga nisbatan birinchi apellatsiya-kassatsiya, nazorat-taftish instansiyasi hisoblanar edi. Adliya nozirligi huzuridagi Xalq qozilari kengashi ikkinchi kassatsiya-nazorat instansiyasi vazifasini bajarar edi. Viloyatlardagi shaharlar uchun xalq qozilari Adliya nozirligi tomonidan bir yil muddatga saylangan va Umumbuxoro MIQ tasdig‘iga kiritilgan. Tumanlar va kentlarning qozilari viloyat ijroqo‘mlari tomoni- dan saylanib, Adliya nozirligi tomonidan tasdiqlangan. Xalq qozilariga Adliya vazirligi ishlab chiqqan va Umumbuxoro MIQ tasdiqlagan tariflar bo‘yicha maosh tayinlangan. Bunday tartib qozilarga ko‘rilgan ishlar uchun tushgan pul hisobidan haq to‘lashdek an’anaviy musulmon huquqidagi qoidaga zid edi. BXSRda qozi sudlari o‘sha davrdagi vaziyat bilan hisoblashishga va shunga muvofiq, o‘z ish usullariga o‘zgartishlar kiritishga majbur bo‘lgan. Nizomning 1-moddasiga muvofiq, ularga quyidagi vazifalar yuklatilgan: 1) tergov olib borish sud tergovchisiga yuklatilmagan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish; 2) jinoyat sodir etishda ayblanib, ushlangan shaxslarni so‘roq qilish; 3) ehtiyot chorasini tanlash; 4) xalq sudi kotibiyatining ishini boshqarish. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling