Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Ikkinchi guruhni Pokiston, Yaman, Liviya, Sudanning huquqiy
tizimlari tashkil etadi. Garchi tizimning bevosita ta’sir doirasi birinchi guruh mamlakatlaridek keng qamrovli bo‘lmasa-da, so‘nggi vaqtlarda esa bu ta’sir kuchaygan. Musulmon huquqining tamoyil va normalari mazkur mamlakatlarning konstitutsiyaviy tusdagi asosiy hujjatlariga, davlat mexanizmi tarkibi va faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, Yaman Arab Respublikasining 1970-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament shaklidagi oliy vakillik idorasi (1971–1975-yillarda faoliyat yuritgan) rasmiy «maslahat kengashi» deb ataldi. 1978-yilning boshida boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tishi to‘g‘risida qabul qilingan qaror aksariyat «xalifai roshidin»larning mukammal musulmon davlati tajribasiga asoslangan edi. Maslahat kengashi davlat boshlig‘ining to‘la hokimiyatini ta’minlangan holda, sof maslahat vazifalarini ado etardi (1982-yildan 1985-yilgacha faoliyat yurgizdi). Livanda esa 1977-yilning boshida Qur’on umuman «jamiyat qonuni» deb e’lon qilinib, u amalda Konstitutsiyaning o‘rnini egalladi. Zikr etilgan to‘rt mamlakatda musulmon huquqiga rasmiy ravishda asosiy mavqe berilgan. Masalan, 1973-yilgi Pokiston Konstitutsiyasida musulmon huquqi qonunchilikning asosiy manbai sifatida mavqeini 158 mustahkamladi, Sudanning 1985-yildagi muvaqqat Konstitutsiyasi esa musulmon huquqining oddiy huquq bilan birgalikda asosiy huquqiy manbasi ekanligini mustahkamladi. 1977-yilda Pokiston Islom mafkurasi kengashi tuzildi, u mamlakatda amalda bo‘lgan qonunchilikni musulmon huquqiga muvofiqlashtirishga doir takliflarni tadqiq etadi. Uning tavsiya- siga binoan tezda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotini islomlashtirish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. 1971-yilda Liviya Inqilobiy qo‘mon- donligi Kengashi mamlakatning qonunlariga musulmon huquqi ruhidagi tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunday umumiy yo‘riq mazkur mamlakatlarda qabul qilingan qator huquqiy hujjatlarda ham muayyan tasdig‘ini topdi. Masalan, musulmonlarga islomning asosiy tamoyillariga muvofiq keluvchi barcha sharoitlarni ta’minlash zarurligi to‘g‘risida Konstitutsiyaga, shuningdek zikr etilgan islomlashtirish haqidagi qonunga tayanib, Pokiston ma’muriyati 1979- yildan boshlab «musulmon turmush tarzi»ni o‘rnatishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, jumladan, sudxo‘rlik, zakot va ushr to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilgan. Shuningdek, qator jinoyat qonunlari ham joriy etilgan. Liviyada 1972-yildayoq zakot, xususiy shaxslar o‘rtasidagi qarz oldi-berdilarida foiz to‘lovlarini taqiqlash, o‘g‘rilik va talonchilik uchun qo‘l va oyoqlarni chopib tashlash kabi jazolarni tayinlash to‘g‘risidagi qonunlar kuchga kirdi. Shundan keyin ikki yil davomida qabul qilingan qonunlarga, er-xotinlikka xiyonat qilish va spirtli ichimliklar iste’moli uchun musulmon huquqining Molikiylik tariqatidagi xulosalar asos qilib olindi. Yaman Arab Respublikasida 1976–1978-yillarda musulmon huquqi normalarini kodekslashtirish amalga oshirildi. Komissiyaning tashabbusi bilan hadya etish va vaqflar, qotillik va tan jarohatlar yetkazganlikda qon uchun to‘lanadigan tovon miqdorini (diya) belgilash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, oila va protsessual kodekslar kuchga kirdi, jinoyat kodeksining aksariyat musulmon huquqi tuzuklari o‘zlashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjatlardagi qoidalarda musulmon huquqining eng mutanosib tamoyil va normalari o‘z aksini topgan. Sudanda ham huquqiy tizimni shakllantirish borasidagi dadil qadam- lar qo‘yildi. 1983-yilda bu yerda musulmon delikt huquqining asosiy tuzilmalarini qabul qilgan jinoyat qonunchiligi kuchga kirdi va u amalda keng qo‘llanilmoqda (uning amal qilishi barcha fuqarolarga, jumladan janubiy viloyatlarda yashab turgan musulmon bo‘lmagan fuqarolarga ham taalluqli). 1985-yilning aprelida Nimeyrining reaksion idora usuli 159 tugatilgach, Sudan rahbariyati mazkur qonunchilikni amaldan to‘xtatish to‘g‘risidagi maqsadini e’lon qildi. Bu borada gap umuman musulmon huquqidan voz kechish to‘g‘risida bo‘lmay, balki ilgarigi hujjatlarni yangilari, ya’ni haqiqiy normalarni qo‘llash nazarda tutilganlari bilan almashtirish to‘g‘risida bordi. Fors qo‘ltig‘idagi qator mamlakatlar – Birlashgan Arab Amirliklari, Bruney, Malayziyaning ayrim shtatlari huquqiy tizimlarini mustaqil guruhga ajratib tahlil etish zarur. Mazkur mamlakatlarning asosiy qonunlari, odatda, islomning davlatga oid tavsifini mustahkamlab, musulmon huquqi qonunchilikning asosiy manbai ekanligini nazarda tutadi. Monarxiya usulida boshqariladigan bunday mamlakatlarning ba’zilarida monarx huzurida maxsus maslahat muassasalari – boshqarishning mumtoz musulmon andozasiga o‘xshash tuzilmalar barpo etilgan. Masalan, Abu-Dabi va Qatarda hukmdorlar tayinlaydigan ken- gashlar mavjud. Birlashgan Arab Amirligida esa bu amirliklar – fede- ratsiya a’zolari tomonidan vakil qilish orqali shakllanadi. Amirliklarning aksariyatida qonun hujjatlari hukmdorning o‘zi tomonidan shaxsan qabul qilinadi, lekin bunda maslahatlashish jarayoniga rasmiy ravishda rioya qilinadi. Mazkur mamlakatlarning saylov huquqida musulmon an’analari ta’siri saqlanib qolgan. Masalan, 1982-yilning boshida Quvayt parlamenti ayollarga saylov huquqini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasining islom tamoyillariga zidligi bois, rad etdi. Zikr etilgan guruhdagi davlatlar huquqiy tizimlarida ham musulmon huquqining ta’siri sezilarli bo‘lmoqda. Lekin bunday ta’sir yuqorida eslatilgan ikki huquqiy tizimdagidek maqomda emas. Masalan, 1960- yildagi Quvayt Jinoyat kodeksi (1964-yildagi to‘ldirishlar bilan) va 1976- yilgi Bahrayn Jinoyat kodeksi spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlik va qimor o‘yinlari uchun jazoni nazarda tutadi. Bruneyda ham spirtli ichimliklar bilan savdo qilishni cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilingan. Abu-Dabida bosqinchilik uchun qo‘lni chopib tashlash joriy qilingan. Birlashgan Arab Amirligi qonunchiligi machitlarning imom va xatiblari huquqiy maqomini batafsil mutanosiblashtiradi. Bahraynda esa haj safarini tashkil etish va zakot fondi to‘g‘risidagi qonunlar amal qilmoqda. Bruney va Malayziyada musulmon delikt huquqining normalari diniy majburiyatlar: namoz, zakot to‘lovi, ro‘za tutish qoidalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Ko‘p sonli guruhning aksariyatini arab mamlakatlarining huquqiy tizimlari tashkil etadi. Ushbu guruhga Misr, Suriya, Iroq, Livan, Marokash, Iordaniya, Jazoir, shuningdek Afrikaning qator mamlakatlari – 160 Somali, Mavritaniya, Nigeriyaning shimoliy shtatlari va Osiyodagi Afg‘oniston kabi mamlakatlarning huquqiy tizimlarini kiritish mumkin. Mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar huquqiy tizimlariga musulmon huquqi bir necha jihatlardan ta’sir ko‘rsatgan. Ularning konstitutsiyaviy huquqi, odatda, musulmon huquqining mavqeini mustahkamlaydi. Ushbu davlatlarning konstitutsiyalarida davlat boshlig‘i faqat islom dinidagi shaxs bo‘lishini, musulmon huquqi esa qonunchilikning asosiy manbai ekanligi nazarda tutiladi. Mazkur konstitutsiyaviy holat amalda huquq va sud tuzilishining boshqa tarmoqlarida ham joriy etiladi. Masalan, zikr etilgan mamlakatlarning ko‘pchiligida oila huquqi bo‘yicha butunlay musulmon huquqiga asoslangan qonunlar qabul qilingan. Livanda 1920- yil qabul qilingan oila to‘g‘risidagi Usmon qonunining amal qilishi, 1920 va 1929-yillarda Misrda oila qonuni, Suriyada 1953-yilgi shaxsiy maqom haqidagi qonun, Iroq, Tunis, Marokash, Jazoir kabi mamlakatlardagi qonunlar shular jumlasidandir. Qator mamlakatlarning fuqarolik kodekslarida (masalan, Misr, Suriya, Iroq) vorislik va vasiyatlarga oid barcha masalalar musulmon huquqi va unga asoslangan qonunlar orqali hal qilinadi. Boshqa tarmoqlarda musulmon huquqi bu qadar keng ko‘lamda amal qilmaydi. Biroq uning ayrim normalarining ta’siri seziladi. Fuqarolik huquqida, bundan tashqari, qonunda mutanosiblashtirilmagan holatlarda uning qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi. Chunonchi, Misr, Suriya, Iroq, Jazoir, Afg‘oniston Fuqarolik kodekslarining ilk moddalarida qonundan normalar topilmaganda, hakam musulmon huquqining normalarini qo‘llaydi, deyilgan. Mazkur mamlakatlar Fuqarolik kodekslarining moddalari musulmon huquqining ko‘plab va muayyan qoidalarini qishloq xo‘jaligi va vaqf yerlarini ijaraga olish, qarzni ko‘chirish kabi masalalarni yoritish orqali mustahkamlaydi. Ushbu mamlakatlarning fuqarolik huquqida muayyan, jumladan ko‘chmas mulkka egalik huquqini mutanosiblashtiradigan mavqeini vaqf mulkini idora qilish to‘g‘risidagi musulmon huquqiy normalari belgilaydi. Bunday holat huquqning boshqa tarmoqlarida, masalan, Marokash va Shimoliy Nigeriyaning Jinoyat kodekslarida ham kuzatiladi 1 . 1976-yilda qabul qilingan Afg‘oniston Jinoyat kodeksi ham qotillik, talonchilik, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, o‘g‘rilik, er-xotinlikka xiyonat qilish va hokazolar uchun mu- sulmon huquqi bo‘yicha jazolashni nazarda tutadi. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ʌɢɯɚɱɟɜ ȼ.Ⱥ. ɍɝɨɥɨɜɧɨɟ ɩɪɚɜɨ ɜ ɧɟɡɚɜɢɫɢɦɵɯ ɫɬɪɚɧɚɯ Ⱥɮɪɢɤɢ. – Ɇ., 1974. – ɋ. 78. 161 Umuman, musulmon huquqining amal qilish doirasi mazkur guruhda ancha cheklangan. Ularning ba’zilari (Suriya va Iroq)da oila huquqiga oid musulmon huquqiy qoidalarining muayyan demokratlashganini kuzatish mumkin. Shu bilan birga, bunga teskari holatlar ham ko‘zga tashlanadi. Bunga so‘nggi yillarda Misr huquqiy tizimida musulmon huquqi mavqeining kuchayib borayotganligi misol bo‘ladi. Chunonchi, Misrning 1978 yilgi ichki frontni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni ilohiy qonunlarni inkor etuvchi yoki ularning normalariga zid qarashlarni targ‘ib qiluvchi yoxud shunday g‘oyaviy oqimlarning tashabbuskori bo‘lgan shaxslarning saylanadigan davlat idoralari va jamoat uyushmalari qo‘mitalaridagi mas’ul lavozimlarni egallashini taqiqlaydi. Bundan tashqari, qonun chiqarish tartibida siyosiy partiyalarning ustavlari, shuningdek ularning dasturlari va tamoyillari musulmon huquqi qonunchilikning asosi ekanligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoidani shubha ostida qoldirishi mumkin emas. XX asr 70-yillarining boshlarida Misrda musulmon huquqini kodekslashtirishga oid kengash tuzilib, u Xalq majlisining topshirig‘iga binoan Jinoyat, Oila va Fuqarolik kodekslarining loyihalarini ishlab chiqdi. Musulmon huquqining ta- moyillari faqat qonun chiqarishning asosiy manbalaridan biri emas, balki bosh manba ekanligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish 1980-yilda Misr Konstitutsiyasiga kiritildi. Shu vaqtdan boshlab maslahat kengashi amal qilib, u o‘zining boshqa vazifalaridan tashqari mazkur konstitutsiyaviy qoidaning himoyasi uchun ham zarur choralarni ishlab chiqdi. Mavritaniyada ham musulmon huquqi mavqeining kuchayganligi e’tiborni tortadi. Bu mamlakatda 1980-yilda maxsus musulmon sudi tashkil etilib, unda bir necha marotaba had jazosi – o‘g‘rilik uchun qo‘lni chopib tashlash amalga oshirildi. Ushbu guruhga kiruvchi mamlakatlarda shaxsiy maqom munosabatlari bilan bog‘liq bahs-munozaralarni ko‘rib chiqishda musulmon protsessual huquqining aksariyat normalarini qo‘llaydigan musulmon sudlari faoliyat ko‘rsatmoqda (Misrda bunday normalar umumfuqarolik sudlari tomonidan qo‘llaniladi). Shuni qayd qilish zarurki, musulmon huquqining vorislik, vasiyat, vaqflar, vasiylik, homiylik (qaramoqqa olish), huquqiy salohiyatni cheklash to‘g‘risidagi qoidalar zikr etilgan mamlakatlarning aksariyatida barcha fuqarolarga, jumladan nomusulmonlarga ham taalluqlidir. Afrika qit’asining Tanzaniya, Keniya, Gvineya kabi mamlakatlari, shuningdek, Osiyodagi mamlakatlar – Hindiston va Filippin huquqiy tizimi maxsus guruhni tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarda musulmon huquqi shaxsiy maqom munosabatlarini mutanosiblashtirish, shuningdek 162 vaqflarning huquqiy maqomi, zakot yig‘ish va xarjlashga doir munosabatlarda amal qilib kelmoqda. Ba’zida mazkur mamlakatlarda qonunlarni qabul qilishga musulmon huquqi normalarining ta’siri kuchaymoqda. Chunonchi, Tanzaniyada 1971-yilda qabul qilingan Oila kodeksi musulmon huquqining ayrim normalarini mustahkamladi. Lekin ushbu huquq Zanzibarda amal qilmaydi, zero musulmonlarining asosiy qismi mazkur mamlakatda yashaydi. Bu mamlakatda musulmon huquqi ta’siridagi oila huquqi (qisman) ham, fuqarolik huquqi ham qo‘llanishda davom etmoqda. Keniyaning 1972-yilgi vorislik huquqi to‘g‘risidagi qonuni ayrim mintaqalarda musulmon aholi o‘rtasida mulkning ayrim toifalariga nisbatan musulmon huquqini qo‘llashga yo‘l qo‘ydi. Ushbu mamlakatda musulmon huquqi shafiylar tariqatining nazariyasiga asoslanib, musulmonlar (ular aholining to‘rtdan bir foizini tashkil etadi) o‘rtasidagi nikoh-oila munosabatlarini mutanosiblashtiradi. Gvineya, Mali kabi mamlakatlarning nikoh-oila qonunchiligida musulmon huquqining muayyan ta’siri kattadir. Ayrim mamlakatlarda (masalan, Chad va Nigeriyada) Molikiylar mazhabi nazariyasiga asoslangan musulmon huquqi musulmonlarning shaxsiy maqomi munosabatlarini va vaqf mulki huquqiy idora usulini mutanosiblashtirib kelmoqda. Ushbu guruhga kiruvchi ba’zi mamlakatlarda (Nigeriya, Keniya, Filippinda) musulmon sudlari amal qiladi. Ammo qayd etish mumkinki, tropik Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida musulmon huquqi mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, mahalliy odat huquqining bir turi kabi maqomdadir. Tunis huquqiy tizimi ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida e’tiborga molik. Uning nikoh-oila qonunchiligi musulmon huquqi ta’sirida bo‘lsa-da, ammo qator muhim tuzilmalari amal qilmaydi. Ko‘pxotinlilik qonunan taqiqlangan va farzandlikka asrab olish e’tirof etilgan. Yaman Xalq Demokratik Respublikasining Oila kodeksi, garchi musulmon huquqining ayrim qoidalarini o‘zida mustahkamlangan bo‘lsa- da, mohiyatan ayolga oilaviy munosabatlarda erkaklar bilan teng huquq- larini taqdim etgan. Har ikkala mamlakatda ham musulmon sudlari tugatilgan. O‘rganib chiqilgan mamlakatlar bilan qiyoslaganda, ushbu mamlakatlarda musulmon huquqining ta’siri juda cheklangan. Islom mamlakatlari qonunchiligida fiqh qoidalarining mustahkam- lanishi holatining musulmon huquqining ushbu mamlakatlar huquqiy tizimlari uchun qanday ahamiyatga egaligi to‘g‘risidagi savolning tug‘ilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, bunday normativ hujjatlarni qaysi ma’noda «musulmon huquqi» deb atash va musulmon huquqi 163 qonun chiqarishning asosiy manbai, degan iborani qanday tushunish mumkin? Fikrimizcha, savollarga javob berishda masalaning bir necha tomonini inobatga olmoq joiz. Eng avvalo, musulmon huquqining evolutsiyasiga nazar tashlab, mumtoz normalarning hozirgi qonunchi- likdagi qoidalardan mohiyatan muhim tafovutini alohida ta’kidlash darkor. Musulmon huquqi yangi sharoitlarda bir qadar o‘zgargan holda, mustaqil huquqiy hodisa kabi amal qiladi, deb aytish xato bo‘ladi. Musulmon huquqining qoidalari nafaqat shakan, balki, mazmunan ham muhim o‘zgarishlarga uchradi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling