Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORIJIY MAMLAKATLAR HUQUQIY TIZIMIDA MUSULMON HUQUQINING TUTGAN O‘RNI 11.1. Musulmon huquqida reyvalizm va tanzimot islohotlari
Savol va topshiriqlar
1. Musulmon sud huquqining tarkibi va musulmon sudlariga tavsif bering. 2. Musulmon sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish va qarorlarni ijro etishga xos xususiyatlarni gapirib bering. 3. Qozilarning huquqiy maqomi va vakolatlarini tushuntiring. 4. Shariatda advokatura institutining mohiyatini tushuntiring. 154 11-BOB. XORIJIY MAMLAKATLAR HUQUQIY TIZIMIDA MUSULMON HUQUQINING TUTGAN O‘RNI 11.1. Musulmon huquqida reyvalizm va tanzimot islohotlari Islom huquqida reyvalizm va tanzimot islohotlari. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab musulmon huquqi maqomida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu, eng avvalo, yuksak rivojlangan musulmon mamlakatlari huquqiy tizimlari o‘z o‘rnini G‘arbiy Yevropa andozalariga asoslangan qonunchilikka bo‘shatib berilganligi bilan bog‘liqdir. Usmon saltanati huquqiy ustqurmasidagi islohotlar ham shundan dalolat beradi. Mazkur islohotlar, bir tomondan, yangi iqtisodiy munosabatlarning rivojlangani, ikkinchi tomondan esa, xorijiy kapitalning xuruji va mavqeining mamlakatlarning ijtimoiy rivojiga siyosiy va mafkuraviy ta’siri bilan bog‘liq edi. Bunday sharoitda musulmon huquqi ijtimoiy sabablarning keng doirasini mutanosiblashtirish ehtiyojlariga javob berolmay qoldi va o‘z yetakchilik o‘rnini G‘arbiy Yevropa huquqiy tizimga bo‘shatib berdi, shu bilan birga esa u faqat shaxsiy maqom masalalarini mutanosiblashtirishga bo‘lgan hukmronligini saqlab qoldi. Mazkur o‘zgarishlar Misr huquqiy tizimiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Turk sultonining Misrdagi noibi Muhammad Ali va uning izdoshlarining siyosati bu mamlakatda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga obyektiv yo‘nalgan bo‘lib, huquqiy sohada XIX asrning 70–80-yillarida qator muhim qonunlarni, jumladan fuqarolik, tijorat, jinoyat, dengiz, fuqarolik va jinoyat-protsessual (1875-y.) kodekslari hamda sudlarni G‘arbiy Yevropa andozasi asosida (asosan, fransuz andozasi) ishlab chiqdi. Mazkur islohotlar natijasida Misrda musulmon huquqining ta’sir doirasi asosan shaxsiy maqom va vaqflarning huquqiy holatiga doir munosabatlarni mutanosiblashtirishdan iborat bo‘ldi. Suriya, Livan, Iroqda huquqiy tizimlardagi o‘zgarishlar unchalik chuqur bo‘lmadi. Bu mamlakatlarda yer va jinoyat, protsessual kodekslarning qabul qilin- ganiga qaramay, musulmon huquqini qo‘llash ham sezilarli darajada qolaveradi. Bundan tashqari, bu davrda (1869–1876-yillarda) Majalla – Usmon saltanati Fuqarolik kodeksi chiqarilib, musulmon huquqi normalarini kodekslashtirish o‘tkazilgan edi. Ma’lumki, Majalla Turkiya- da 1926-yilgacha, Livanda 1932-yilgacha, Suriyada 1949-yilgacha, Iroqda 1953-yilgacha, Iordaniyada esa 1976-yilgacha amal qildi. Hozirgi kunda uning ta’siri qisman Isroilda, Quvaytda va Kiprda saqlanib qolgan. XX asrning boshlarida faqat Arabiston yarim oroli va Fors qo‘ltig‘idagi 155 mamlakatlarda musulmon huquqi o‘z mavqeini saqlab qolib, an’anaviy shaklda keng qo‘llanib kelgan deyish mumkin. Yuksak rivojlangan arab mamlakatlarining huquqiy tizimlarida ba’zi cheklanishlar bilan ikki asosiy andoza: roman-german (fransuz) – Misr, Suriya, Livan, Mag‘rib mamlakatlarida, ingliz-sakson tizimi esa Iroq va Sudanda urf bo‘ldi. Mazkur mamlakatlarda musulmon huquqi oila-nikoh, vorislik va musulmonlar (ba’zan nomusulmonlar) o‘rtasidagi ba’zi boshqa munosabatlar sohasida saqlanib qoldi. Umuman musulmon huquqiy tizimining kuchsizlanishini Eron huquqiy tizimida ko‘rish mumkin. Eronda XX asrning 20–30-yillarida tijorat, jinoyat, fuqarolik va fuqarolik- protsessual kodekslarning qabul qilinishi bilan bog‘liq jiddiy islohotlar natijasida musulmon huquqining ta’sir doirasi ancha qisqardi. Ja’fariy mazhabining qonun-qoidalari esa faqat shaxsiy maqom va vaqflarning huquqiy holatini aniqlash borasida o‘z mavqeini saqlamoqda. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling