Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Avvonlar – sud nozirlari, ularning vazifalari xabar berish va sud
jarayonida tartibni saqlab turish bo‘lgan. Muakkil – alohida topshiriqlarni bajaruvchi himoyachi. Sunniylar ta’limotiga ko‘ra, o‘zga din vakillari tomonidan tayinlangan qozining vakolatlari inkor etilmaydi. Qozi savdo va jinoyat ishlar bo‘yicha to‘liq, fuqarolik ishlarida ko‘char va ko‘chmas mulkka nisbatan, mol va xususiy huquq sohasida muayyan yurisdiksiyaga ega bo‘lgan. Sud va sud jarayoni juda sodda, og‘zaki tarzda amalga oshirilib rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan ajralib turgan. Javobgar va da’vogar o‘rtasidagi kelishuvga asosan yoki chaqiriqqa binoan javobgar qozi huzuriga kelgan. Agar joyning bir nechta mahalliy qozilari bo‘lsa, Molikiy mazhabining qoidalariga ko‘ra, shikoyatchi tanlagan, Hanafiy mazhabining talablariga ko‘ra, javobgar tanlagan qoziga murojaat qilinadi. Agarda taraflar turli diniy-huquqiy mazhablarga e’tiqod qilsalar, qozini tanlash huquqi javobgarga beriladi. Biroq, agar ishni ko‘rib chiqishni bir mazhab qozisi boshlagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqishni boshqa mazhabning qozisiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan. Sud ishi taraflarning ishtiroki bilan yoki ularning ishtirokisiz ham ko‘rib chiqilishi mumkin (ya’ni vakillarini ishtirok ettirish faqat layoqatsizlar, ayollar va ish ko‘rilayotgan yerdan uzoq manzillarda bo‘lganlar uchun mumkin) bo‘lgan. Ahamiyatga molik yagona rasmiyatchilik ishonarli dalillardan yetarlicha keltira olmagan tarafga qozining: «Yana birorta daliling bormi?», – degan so‘nggi savoli bo‘lgan. Shundan keyin chiqariladigan qarorlarni yozma ravishda ifodalash shart bo‘lmagan. 147 Fiqh ishni sirtdan ko‘rib chiqish amaliyotini ma’qullamaydi. Mahkamaga chaqirilgan javobgar u yerga borishdan bosh tortsa, nozir uni mahkamaga kuch bilan olib keladi yoki itoatsizning uyiga muhrlar urilgandan keyin, ish go‘yoki uning ishtirokida ko‘rib chiqilgan hisoblanadi. Javobgar sud majlisda qozining savollariga javob berishdan bosh tortsa, qozi javobgarni kaltak bilan jazolashi yoki qamoq jazosini berishi, uning bosh tortishiga qaramay, ishni ko‘rishda davom etishi mumkin. Javobgar qamalishdan cho‘chib, qozining so‘nggi savolini kutmay, mahkamani tark etsa, unga mahkamaga qaytish uchun muhlat beriladi. Ish yurituvchilar uchun sud uning ishtirokida bo‘layotgan hisoblanaveradi. Sunniylik oqimining Molikiy mazhabi namoyandalari ishda boy bergan taraf yutib chiqish imkoniyatini beradigan ma’lumotni aniqlaganda, sud qaroriga e’tiroz bildirilishiga yo‘l qo‘yadilar, bunday holatda ish qayta ko‘rib chiqiladi. Sud qarorini bajarish qozining vazifasiga kiradi. Agarda to‘lovni to‘lash to‘g‘risidagi qarordan keyin javobgar shaxs uni bajarishdan bosh tortsa, qozi uni ozodlikdan mahrum qilishi shart. Keyinchalik zarurat tug‘ilsa, ishni boy bergan shaxsning mulkini garov sifatida olib qo‘yishi va xatlashi (rahn) mumkin. Ushbu barcha choralar ta’sir ko‘rsatmagan taqdirda, sud mulkni begona qilish va sotishni boshlaydi. Musulmon sud protsessiga xos xususiyat – sud chiqargan qarorning so‘nggi qaror, deb tan olishning imkoni yo‘qligi hamon davom etib kelmoqda. Qozi, agarda huquqiy xatoga yo‘l qo‘yganini anglab qolsa, o‘z qarorini bekor qilish huquqiga ega. Qabul qilingan qarorni uning vorisi yoki hamkasbi bekor qilishi mumkin. Qozi bunday qarorni chiqargan va mahkum o‘rtasida adovat borligini aniqlashi yoki mahkum o‘ziga ilgari ma’lum bo‘lmagan hujjatni taqdim etgani munosabati bilan har qanday qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling