Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
«Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va
bizga O‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga O‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar (ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!» («Niso» surasi, 75-oyat). «Kim noto‘g‘ri ishni ko‘rsa, buni u o‘z qo‘li yordamida tuzatishi lozim, agar bunga uning kuchi yetmasa, u buni so‘zi bilan tuzatishga urinmog‘i kerak, lekin bunga ham uning kuchi yetmasa, u hech bo‘lmasa buni butun qalbi bilan qoralashi lozim». (Buxoriy va Muslimdan sahih hadis). Jahonda tub o‘zgarishlar yuz bergan, kishilarning ma’naviy dunyosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchaygan XX asrning oxiri XXI asr boshida islom olamida ham shaxs, uning erkinliklari va mas’uliyatiga doir muammolarni o‘rganishga alohida e’tibor paydo bo‘ldi. Faqihlar fikriga ko‘ra, musulmonlar avvalo o‘zlarining fuqaro sifatida jamiyatdagi ijtimoiy o‘rni va ahamiyatini anglashlari, bag‘rikeng va sabr-toqatli bo‘lishlari, g‘ayriijtimoiy harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, yuzaga kelgan muammolarni fuqarolarning manfaatlarini himoya qiluvchi qonunlar vositasida hal qilishlari juda muhimdir. Vijdon erkinligi tamoyiliga barcha davlat idoralari, diniy birlashmalar, dinsizlar va dindorlar qat’iy 169 amal qilishlari shart. Shundagina bu tamoyil insonning ma’naviy erkinligi unsuriga aylanadi. Musulmonlarni hozirgi iqtisodiy munosabatlar, fuqaro erkinliklari va burchlarini bajarishga keng da’vat qilishning muhimligini anglab, ko‘pgina islom mutafakkirlari islom an’analari va vorisiylikning bir- biridan uzilib qolmasligiga alohida ahamiyat beradilar. Bu an’analarga ko‘ra, har qaysi musulmon uchun ideal shaxs Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hisoblanadi. To‘g‘riso‘zlik, o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilish, savdo-sotiq va boshqa ishlarni amalga oshirishda halollik, mehnatkashlik, rahmdillik kabilar haqiqiy musulmonning fazilatlaridir. «Do‘st bilan xushmuomala bo‘lish – yaxshi ish, biror-bir odamga yuk ortishga ko‘maklashish – yaxshi ish, qo‘shnining chelagiga suv quyib berish ham – yaxshi ishdir», – deb ta’kidlagan Muhammad payg‘ambar. Tavhidda nafaqat musulmon olami, balki butun insoniyat sivilizatsiyasini uyg‘unlashtirish, muvozanatga solish va insonparvarlashtirish maqsadi mujassamlashgan. Yakka xudoga ishonish, faqihlar fikriga ko‘ra, odamlarni o‘lim dahshatidan xalos qiladi, inson hayotiga ma’no baxsh etadi. U insonda o‘zlikni anglash, o‘zini o‘zi hurmat qilish tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shuni ta’kidlash zarurki, islomda shaxsning shakllanishi, o‘z qobiliyatini namoyon etishiga monelik qiluvchi sabablar va xususiyatlar, ya’ni yashashdan maqsadning yo‘qligi, tashabbussizlik, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonmaslik qoralanadi. Hozirgi vaqtda islom ma’rifatchilari ilgari surgan quyidagi g‘oya ustuvor ahamiyat kasb etmoqda, ya’ni inson, agar u savodsiz va bilimsiz bo‘lsa, erkin ham, mas’ul ham bo‘la olmaydi. Ehson va ixlos kabi fazilatlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, haqiqiy musulmon bergan ahdiga vafodor bo‘lishi, vaqtni qadrlashi, hayot va mehnatda muayyan yutuqlarga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi lozim. Qur’on va sunnadan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: – mehnat qilish jamiyat a’zosining burchidir; – islom davlati mehnat qobiliyatiga ega har bir fuqaroga mos keladigan ish berishi lozim; – mehnatkashlar o‘z mehnatiga munosib haq to‘lanishini va me’yordagi ish sharoitini ta’minlashni talab qilishga haqlidirlar. Islomda mehnat boyliklarni taqsimlashning bosh omili va xususiy mulkning asosiy manbai hisoblanadi. Alloh taoloning kalomi shudir: Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling