Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
«Kim biror yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z
ziyoniga qilur...» (Qur’oni karim, «Fussilat» surasi, 46-oyat). 170 Islom iqtisodiy tizimi mehnatkashning o‘zi yaratgan boylikka egalik qilish huquqiga egaligini nazarda tutadi, bundan mulk huquqi kelib chiqadi. Huquqshunoslar fikricha, yer yuzasida yotgan, ishlov berish uchun katta kuch-g‘ayrat talab qilinmaydigan tabiiy resurslarni hech kim o‘zining mulki, deb hisoblashi va o‘zlashtirib olishi mumkin emas. Faqat mehnat qilish, bu resurslarga ishlov berish mulk huquqini, ya’ni boylikka egalik qilish huquqini beradi. Yer ostidagi foydali qazilmalarga kelsak, Alloh hukmiga ko‘ra, kishilar ularga nisbatan muayyan huquqlarga ega, chunki ularni topish, qazib olish va foydalanishga tayyorlash uchun muayyan kuch-g‘ayrat sarflash talab etiladi. Bu odamlarni tabiiy resurslarga ishlov berishga, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va rivojlantirishga, ya’ni Alloh taolo mukofot evaziga inson zimmasiga yuklagan muhim vazifalarni bajarishga rag‘batlantiradi. Qur’onda shunday deyilgan: «...U sizlarni yerdan paydo qilib, unga joylashtirdi» («Hud» surasi, 64-oyat). Alloh taolo insonga yerni obod qilish, uning boyliklarini tadqiq etish va ulardan foydalanishni topshirgan. Islom qonuni xo‘jasiz (egasiz) yerga ishlov bergan yoki uni obod etgan har qanday odamni uning haqiqiy egasi, deb hisoblaydi. Jamoa rahbari davlatning barcha vositalaridan foydalangan holda, mumkin qadar yerlarni ko‘proq o‘zlashtirish, ularni obod etish choralarini ko‘rishi lozim. Bu pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi va ishlab chiqarishning o‘sishiga xizmat qiladi. Zero, davlatning ravnaq topgani ko‘p jihatdan uning fuqarolari farovonligi bilan belgilanadi. Yalpi milliy mahsulot esa, ma’lumki, ayrim ishlab chiqaruvchilar, ya’ni barcha fuqarolar ishlab chiqargan mahsulot yig‘indisidan tarkib topadi. Islom foydalanishga berilgan yerga mulk huquqini egasi unga amalda ishlov bergan, ya’ni undan odamlar uchun foydali bo‘lgan biror-bir ish uchun foydalangan, chunonchi hosil yetishtirgan, uy qurgan va hokazo holdagina tan oladi. Faqat shu shartning bajarilishi yerga xususiy mulk huquqi uchun qonuniy asos bo‘ladi. Islom mehnat qobiliyatiga ega odamlardan Alloh ularga yuborgan tirikchilik manbaini izlab, dunyoning to‘rt tomoniga tarqalishni talab qiladi. Qur’onda shunday deyilgan: «U (Alloh) sizlar uchun Yerni xokisor – bo‘ysunuvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayr- sayohat qilib, yo tijorat bilan yoki dehqonchilikni kasb qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan yenglar. Yolg‘iz Uning huzuriga tirilib chiqish-qaytish bordir» («Mulk» surasi, 15-oyat). 171 Islom insonlarga o‘z mehnatining mahsuliga egalik qilish huquqini beradi. Bu tamoyilni bajarish musulmon jamoasida boyliklarni taqsimlashning bosh negizi hisoblanadi. Biroq jamiyatning barcha a’zolari ham rizqni o‘z mehnati bilan topib yemaydi. O‘zini ta’minlay olmaydigan, yordamga muhtoj ojiz odamlar ham bor. Bular, masalan, yetimlar, bevalar, qariyalar, bedavo kasallikka chalinganlar, nogironlar, ruhiy kasallar va hokazo. Ayni vaqtda, mehnat qilishni xohlaydigan, lekin ish topa olmayotgan yoki tirikchilik manbai bo‘lmagan odamlar ham bor. Ayrimlar shu qadar kam ishlab topadiki, mablag‘lari ularning tirikchiligiga yetmaydi. Jamiyatning bunday a’zolari umumiy boylikdan o‘z ulushini olmaydi. Shu bois ehtiyojlari va o‘zini ta’minlashga qodir emasligini hisobga olib, islom ular Alloh taolo Qur’onda belgilab qo‘ygan zakotdan mablag‘ olishlarini nazarda tutadi. Kimlar zakot to‘lashlari, u nimalarga sarflanishi, qaysi mol-mulkdan to‘lanishi, mulkning har xil turlaridan qancha miqdorda undirilishi, qachon va qanday to‘lanishi hamda taqsimlanishi payg‘ambar sunnasida aniq tushuntirib berilgan. Zakot – xayr-ehson to‘lash insonlarni Alloh taqdirlaydigan fazilatli musulmonlar bilan bir qatorga qo‘yadi. Musulmonlarning Qur’onida shunday deyilgan: «U namozni to‘kis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato etadigan va oxiratga aniq ishonadigan, chiroyli amal qilguvchi zotlar uchun rahbar – yo‘lboshchi va rahmat bo‘lgan (Kitob)dir» («Luqmon» surasi, 3–4-oyatlar). Insonning turar joy yoki boshpanaga ega bo‘lish huquqi islomda quyidagicha tavsiflanadi: 1) islom musulmon davlatida yashovchi har bir insonning uni qanoatlantiruvchi turar joyga ega bo‘lish huquqini tasdiqlaydi va agar inson o‘zini turar joy bilan ta’minlashga qodir bo‘lmasa, bu vazifani davlatga yuklaydi. Islom musulmon davlatining har bir fuqarosiga uni yog‘ingarchiliklardan himoya qiladigan, shaxsiy hayotiga begonalarning aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan tegishli turar joy berilishini nazarda tutadi. Islom davlat har bir fuqarosini turar joy bilan ta’minlashi shart, deb hisoblaydi. Bunda mablag‘lar budjetdan, ya’ni zakot jamg‘armasidan va budjetdagi boshqa manbalardan ham olinishi mumkin. Agar bu xarajatlar budjetga og‘irlik qilsa, hukmdor boy fuqarolarga qo‘shimcha soliqlar soladi, shuningdek ortiqcha turar joyga ega bo‘lganlarga boshpanadan mahrum musulmonlarga mo‘tadil haq evaziga boshpana berish majburiyatini yuklaydi; 172 2) islom turar joy daxlsizligi huquqini tasdiqlaydi, u muayyan shaxsning uyiga uning ruxsatisiz bostirib kirishni, bunday harakatlarni bajarayotgan shaxsning jamiyatdagi mavqeidan qat’i nazar, taqiqlaydi. Musulmonlarning Qur’onida shunday deyilgan: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar». «Endi agar u (uylarda) hech kimni topmasangizlar, u holda, to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmangiz! Agar sizlarga «qaytinglar», deyilsa (ya’ni kirishga izn berilmasa), qaytib ketinglar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan amallaringizni bilguvchidir» («Nur» surasi 27–28 oyatlar); 3) musulmon huquqi hukmiga ko‘ra, biror odam birovning uyiga uning ruxsatisiz kirishi mumkin emas. Faqihlarning fikricha, jamiyatda inson hayoti, uning obro‘si va mulkini hurmat qilish muqaddas va daxlsiz hisoblanmas ekan, bunday jamiyatni ma’rifatli deb sanash mumkin emas. Islomda inson va boshqa jonzotlarning huquqlariga nisbatan odilona va universal yondashuv mavjudligini Qur’onning quyidagi oyati ham tasdiqlaydi: «Qasamki, biz o‘z payg‘ambarlarimizni aniq hujjat – mo‘jizalar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezon-tarozi tushirdik. Yana biz temirni tushirdik-yaratdik. Unda kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. Alloh g‘aybda (bandalari ko‘ziga ko‘rinmasdan) turgan holida O‘ziga va payg‘ambarlariga yordam beradigan kishilarni bilish uchun (temirni yaratdi). Albatta Alloh kuchli, qudratlidir» («Hadid» surasi, 25- oyat). Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling