Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Islom davlatlarida qonun chiqaruvchi
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
11.3. Islom davlatlarida qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyati Hozirgi zamon qonunchiligida mustahkamlangan musulmon huquqi- ning ayrim normalari mohiyatiga ko‘ra, ilgarigi xususiyatlarini yo‘qotdi. Faqat shaxsiy maqom huquqi nisbatan mustaqilligini saqlab qolib, umuman, huquqiy tizimda maxsus mavqeni egallamoqda. Biroq nisbatan mustaqil bo‘lgan huquqiy normalar majmui hozirgi zamon qonunchiligi ta’sirida o‘z tamoyillarini qayta qurmoqda. Umuman musulmon huquqiga tayanmaydigan huquqiy tizimning rivoji, amal qilishi, ijtimoiy mavqei- ning umumiy qonuniyatlariga tobora muvofiqlashib bormoqda. Musulmon huquqi nazariyasi baribir aksariyat hollarda ustuvor huquq sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, Misr Arab Respublikasi va Suriya Arab Respublikasida oila huquqiga doir qoidalarning qonunda mavjud bo‘lmaganligi bois, hakamlar Abu Hanifa tariqatining eng muvofiq keladigan xulosalarini qo‘llashni tavsiya etadi. Shuni qayd etish lozimki, Suriya Arab Respublikasining Konstitutsiyasi 2-moddasining mohiyatini ham shunday talqin etish mumkin. Undagi «fiqh» atamasi, eng avvalo, musulmon huquqi nazariyasini, ya’ni olimlarning shu huquqning muayyan normalari, umumiy tamoyillari bayon aks etilgan asarlarini nazarda tutadi. Shu bois, «musulmon huquqi qonunchilikning asosiy manbai», degan fikr mohiyatiga ko‘ra, konstitutsiyaviy usulda musulmon huquqi nazariyasi asosiy manba ekanligining e’tirofidir. Huquq ko‘plab ijtimoiy hodisalar bilan yaqindan bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Huquqni shakllantiruvchi ijtimoiy kuch deganda, huquqiy normalarning (huquqning moddiy, tarixiy manbalari) mohiyati va mazmunini belgilaydigan ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy-ruhiy) munosabatlarning yig‘indisini tushunish darkor. Ushbu 164 normalar davlat hokimiyati (rasmiy ma’nodagi huquq manbai) tomonidan bevosita ishlab chiqiladi yoki tasdiqlanadi. Iqtisod bilan bevosita bog‘lanmagan va istalgan tarixiy turdagi huquqning shakllanishi va rivojiga sezilarli ta’sir etadigan omillar orasida vorislik muhim aha- miyatga molikdir. Ko‘rib chiqilgan mamlakatlarda eski huquqiy ustqurmaning unsurlari qatorida «vorislik» maqomini belgilovchi musul- mon huquqini ham kiritish mumkin. Zotan, u uzoq asrlar mobaynida dunyoning mazkur mintaqasida asosiy mavqeni egallab, yangi tarixiy sharoitlarda huquqiy normalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Ayni paytda huquqiy vorisiylikka xos ayrim eski jihatlarning tugatilgani yoki qisman saqlab qolingani oila huquqi sohasida namoyon bo‘ladi 1 . Har qanday mamlakatning huquqiga huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy mafkura va ruhiyat ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy sabablar, qarashlar, g‘oyalar huquqiy normalarni shakllantirishning bevosita mafkuraviy va ruhiy manbaidir. Shundan kelib chiqib, musulmon huquqi o‘ziga xos mavqega ega. Musulmon huquqining normalari ham huquqiy, ham axloqiy, ham diniy mazmunda namoyon bo‘lmoqda. Musulmon huquqi, eng avvalo, umumiy diniy-axloqiy ta’minot, har qanday qilmishni baholashning mezoni, rasmiy ma’noda esa yirik huquqiy tariqatlar asoschilari va ular tarafdorlari fikrlarining majmui, yuzlab huquqiy adabiyotlarda nazariy jihatdan bayon etilgan asosiy huquqiy tamoyillar va muayyan vazifaning yechimidir. Musulmon huquqi hozirgi kungacha ommaga katta ta’sir o‘tka- zayotgan din bilan uzviydir. Hozirgi zamon dinlari orasida, islom siyosat, davlat va huquq bilan juda yaqin aloqadadir. Bu o‘rinda musulmon huquqining vazifasi ushbu tuzilmalarni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Ayni paytda u hozirgi zamon Sharq mamlakatlarining huquqiy rivojiga huquqiy mafkura va ruhiyat vositasida ta’sir etadi. Aytish mumkinki, musulmon huquqining mafkuraviy ta’siri uning muayyan normativ yo‘riqlarini qo‘llash doirasidan ancha kengdir. Hozirgi tadqiqotchilarning tasdig‘icha, muayyan xulq-atvor qoidalari emas, balki norma – tamoyillar musulmon huquqining tag-zamini va eng barqaror qismidir. Ular barcha davr va xalqlar uchun musulmon huquqining amal qilishini kafolatlaydi. Inson huquqlarini tartibga solish va himoya qilish milliy huquqda ham, xalqaro huquqda ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda islom inson huquqlarini himoya qilish tizimi e’tibordan chetda qolib kelmoqda va deyarli o‘rganilmagan. Holbuki, dunyoviy va 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɇɟɧɨɜɫɤɢ ɇ. ɉɪɟɟɦɫɬɜɟɧɨɫɬɶ ɜ ɩɪɚɜɟ. – Ɇ., 1977. – ɋ. 154. 165 musulmon huquqiy tizimlarini ilmiy va amaliy jihatdan taqqoslash, ularning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganish musulmon olami fuqarolariga o‘zlarini, deylik, yevropaliklardan kam bo‘lmagan darajada himoyalangan, deb his qilish borasidagi huquqiy mexanizmni aniqlash va uni obyektiv tavsiflashga imkoniyat yaratadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, jahonda asosiy xalqaro huquqiy tizimni yaratish «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» (1948-yil)da belgilangan prinsiplar va normalarni mustahkamlashdan boshlandi. Insoniyat bu vaqtgacha to‘plagan tarixiy-huquqiy tajriba AQSHning 1776-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi, Fransiyaning 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi, AQSHning 1787-yilgi Konstitutsiyasi va ikki jahon urushi tajribasini o‘zida to‘pladi. Hozirgi vaqtda «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ga ijtimoiy-huquqiy ongning rivojlanish bosqichi, umume’tirof etilgan prinsiplar asosida huquq normalarini umumiylashtirish, huquq tizimining yetishmayotgan unsurlarini topish va uning mazmunini belgilash imko- nini bergan huquqiy ta’limot sifatida qaraladi. «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning prinsiplari va normalari juda ko‘p davlatlar uchun milliy huquq tizimi va qonunchilikni rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Deklaratsiyada ifoda topgan inson huquqlari xalqaro doktrinasiga asosan huquq tizimida bir necha yo‘nalish rivojlandi: Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling