Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Musulmon sud huquqida fuqarolik va jinoyat
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
10.2. Musulmon sud huquqida fuqarolik va jinoyat
ishlarini ko‘rib chiqish Avval bayon qilganimizdek, musulmon huquqida qonunda nazarda tutilgan dalillar tizimi haqiqiy hisoblangan. Qozi qarorini faqat ichki ishonchi va shaxsan o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan (guvohlarni rad etish masalasidan tashqari) asoslay olmaydi. Dalillarning ustun turuvchilari, atroflicha tartibga solinganlari guvohlik ko‘rsatmalari hisoblanadi, yozma ko‘rsatmalar ikkinchi darajada turadi. 148 Guvohlik ko‘rsatmalarining haqqoniyligi guvohga qo‘yilgan quyidagi talablarga ko‘ra aniqlanadi: musulmon bo‘lish, bid’atchi bo‘lmaslik, aqlan sog‘lom bo‘lish, huquqiy layoqatga ega bo‘lish, obro‘-e’tiborga ega bo‘lish; zarurat tug‘ilganda, qozining surishtiruv ishlarini o‘tkazishi. Ayni paytda fiqh, agarda qotillik yoki tan jarohati yetkazish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, guvoh sifatida jinsiy yetuk bo‘lmagan o‘g‘il bolalarning ham jalb etilishiga yo‘l qo‘yadi. Sudda ikki erkak shaxsning qasam ichmasdan bergan ko‘rsatmalari, odatda, qonuniy dalil hisoblanadi. Ayollarning guvohlik ko‘rsatmalari ularga aloqador alohida ishlar (masalan, tug‘ruq to‘g‘risida)ni ko‘rib chiqishda inobatga olinadi. Oila mulki to‘g‘risidagi ishlarda bir erkak guvoh ikkita ayol guvoh bilan almashtirilishi mumkin (oila huquqiga kelsak, bunday holatga faqat Hanafiy mazhabida ruxsat berilishi mumkin). Guvohlik ko‘rsatmalarining uch turi mavjud: bevosita, bilvosita va barchaga ma’lum bo‘lgan guvohlik ko‘rsatmalari (ilgari bo‘lib o‘tgan faktlarga nisbatan). Ziddiyatli holatlar yuzaga kelganda, ko‘rsatmalarning birinchi turi ustunlik qiladi. Da’vo qiluvchi bir erkak yoki ikkita ayol guvohni keltirgan taqdirda, qasam qo‘llanadi va u dalilni to‘ldiradi. Qasam yana boshqa ishonarli dalillar mavjud bo‘lmaganda, tugal dalil hisoblanib, ont sifatida qo‘llanishi mumkin. Bunda javobgardan ont ichish talab qilinadi yoki arz qiluvchiga qasam ichish taklif etiladi. Musulmon huquqidagi yozma hujjatlarning isbotlash kuchi to‘g‘ri- sidagi manbalar musulmon huquqiy tizimining nazariyasi va amaliyoti o‘rtasida ziddiyat mavjudligini ko‘rsatadi. Ruh va hatto o‘zining o‘tmish qoldiqlariga o‘ralib qolgan pozitiv huquq belgilarining ahamiyati nisbiyligini ko‘rsatadi. Musulmon huquq tizimi rivojining ilk bosqichida sudlov faoliyati faqat og‘zaki guvohlik ko‘rsatmalari bilan cheklangan edi. Biroq, qonunga asoslanib dalillarni ko‘rib chiqish jarayoni ularni har qanday huquqiy hujjatning ajralmas atributi (sifati) bo‘lgan yozma hujjatlarning ahamiyatiga to‘g‘ri baho berishga o‘rgatdi. Fiqh esa yozma dalillarni inkor etishda davom etaverdi, biroq xizmatchi guvohlar jamoat notariuslari vazifalarini amalga oshiradigan bo‘ldilar. Shu tariqa sud jarayoni og‘zaki shakldan yozmaga o‘tdi, adullar sud kotiblariga aylandilar. Ular o‘zlari yozib borgan har bir javob yoki shikoyat bo‘yicha hujjat taqdim etilishi faktlari va qozi chiqargan qarorlardan bayonnoma matnini ishlab chiqardilar. Qozi mazkur bayonnomani tasdiqlab berishi, unga maxsus guvohnoma qo‘shib qo‘yishi zarur hisoblangan. Hujjat 149 yozilib, rasmiylashtirilgach, hattoki boshqa viloyatlarning qozilariga ham uning mazmunini o‘zgartirishga ruxsat berilmagan. Islom sud faoliyatida «Musulmon shaxsning xatti-harakatlari asosan to‘g‘rilikka asoslangan», degan qarash ustunlik qiladi. Ushbu fikrga ko‘ra, dalil va ashyolar ko‘rsatilmaguncha, gumondor o‘z aybiga iqror bo‘lmaguncha, guvohlar guvohlik bermaguncha qozi hech kimdan gumon qilmaydi, biror-bir harakatni jinoiy sanab, unga nisbatan ayb qo‘ymaydi. Musulmon huquqida qozining huzuriga kelgan yoki keltirilgan tomonning biridan o‘z so‘ziga to‘rtta guvoh keltirishi talab qilinsa, ikkinchi tomonning esa garchi hech guvohi bo‘lmagan holda ham, adolat yuzasidan, qasam ichib aytgan so‘zlari e’tiborga olinadi. Sud faoliyatida isbotning uchta turi mavjud: a) iqror; b) guvohlik; d) qasam. Iqror – tan olish bo‘lib, gumondor o‘z aybiga guvohlar ishtirokida uch marotaba iqror bo‘lmagunicha, unga nisbatan chora qo‘llanilmaydi. Masalan, Muhammad (s.a.v.)ning davrida bir ayol huzuriga kelib, zino qilganiga iqror bo‘lgan, mazkur ayol uch bora o‘z aybiga iqror bo‘lga- nidan so‘ng, unga nisbatan chora ko‘rilgan. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling