Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Kafillik turlari:
1. Shaxsga kafil bo‘lishning hukmi – makful bihni (topib) keltirmoqdan iboratdir. Ya’ni qaysi vaqtda makful bihni topshirish va’da qilingan bo‘lsa, o‘sha vaqtda makful lah undan talab qiladi. Shunda kafil uni topib kelishi lozim bo‘ladi, topsa topdi, topolmasa, shunga majbur etiladi. 2. Zar kafillik hukmlari. Da’vogar da’voda tanlash huquqiga ega: qarzini istasa, kafildan yoki asldan talab etadi. Biridan talab qilish ikkinchisidan talab qilishni soqit etmaydi. Biridan talab etib, so‘ngra ikkinchisidan yoki birdaniga har ikkalasidan ham talab eta olish mumkin. Zar kafil bo‘lgan odamning zimmasiga tushadigan mablag‘ga boshqa birov kafil bo‘lsa, qarz egasi qarzini kafillarning qaysisidan istasa, talab qila oladi. Hammalari mushtarak qarzdor bo‘lgan shaxslar bir-birlariga kafil bo‘lsalar, ularning har biri umumiy qarzga javob beradilar. Bir qarzning bir necha kafillari bo‘lgan holatda, agar boshqa-boshqa kafil bo‘lgan bo‘lsalar, har birlari umumiy qarz uchun javob beradilar. Agar birgalikda kafil bo‘lgan bo‘lsalar, har qaysilari qarzdagi hissasi miqdoricha javob beradilar. Lekin ular biri-birining zimmasiga tushadigan mablag‘ga ham kafil bo‘lgan bo‘lsalar, u holda har birlari umumiy qarzga javob beradilar. Havola qiluvchi (qarzini o‘zgaga o‘tkazuvchi)ning qarzdan ozod bo‘lmaslik sharti bo‘lsa, ushbu havola kafillikdir. Unga binoan bir odam qarzdorga: «Sendagi qarzimni sen (o‘zing) ham zomin bo‘lib qolishing sharti bilan falonchining ustiga (zimmasiga) o‘tkaz», – deb aytsa, u ham xuddi shunday tarzda havola etsa, da’vogar (qarz egasi) o‘z qarzini qaysi biridan istasa oladi. Bir odamda boshqa birovning omonatga qo‘ygan moli bo‘lsa, o‘sha molidan 118 to‘lash sharti bilan uning qarziga kafil bo‘lsa, bo‘ladi va o‘sha moldan (qarzni) to‘lashga kafil majbur qilinadi. Agar u mol yo‘qolsa, kafilga hech narsa yuklanmaydi. Faqat kafil bo‘lgandan so‘ng, u molni o‘z egasiga qaytarib bersa, u holda o‘zi (ularning qarziga) zomin bo‘ladi. Kafil tayinlangan vaqtda qarzni tayyorlab qo‘ysa-yu, makful lah bu vaqtda ushbu shaharda bo‘lmasa, o‘rniga vakil belgilab, unga makful bihni topshirishni so‘rab hokimga murojaat qila oladi. Erkin (mutlaq) kafolatda aslning qarzi muhlatsiz bo‘lsa, kafilga nisbatan ham muhlatsiz holda o‘tadi. Muhlatli bo‘lsa (ya’ni falon vaqtda uzish sharti bo‘lsa), kafilga nisbatan ham muhlatli tarzda o‘tadi. Shartli kafolatda (kafillik va kafolat bir ma’noli so‘zlar) muhlatsiz va muhlatlidan qaysi biri ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, o‘shanga ko‘ra talab qilinadi. Ma’lum muddatli qarzga o‘sha muddat bo‘yicha kafillik berish mumkin bo‘lgani kabi undan uzoqroq muddat bo‘yicha kafil bo‘lishlik ham mumkin. Qarz egasi o‘z qarzini qaytarish uchun aslga muhlat bersa, kafil yoki kafilning kafiliga ham muhlat bergan bo‘ladi. Birinchi kafilga muhlat bersa, ikkinchi kafilga ham muhlat bergan bo‘ladi. Ammo kafilga nisbatan muhlat bergani aslga ham muhlat berdi, degani emas. Muhlatli qarzi bo‘lgan kimsa qarz muhlati kelmasdan burun o‘zga yurtga ketadigan bo‘lib qolganda, qarz egasi hokimga murojaat qilib, undan kafil talab qilsa, kafil topib berishga majbur bo‘ladi. Kafillikning huquqiy oqibatlari. Erkin, shartli va muddatli kafillikning hukmlari. Kafillikning hukmi talab etilishidir. Qarz beruvchi yoki da’vogarning kafildan berilgan pul, qarzni talab etishga haqi borligidir. Erkin kafolatda aslning qarzi muddatsiz bo‘lsa, darhol, muddatli bo‘lsa, muddati bitganidan so‘ng qarz egasi kafildan qarzini talab etishga haqlidir. Ammo biror shartga bog‘liq va kelajakda to‘lanadigan tarzda tuzilgan kafilliklarda (qo‘yilgan) shart amalga oshmaguncha va belgilangan vaqt kelmaguncha kafildan (biror narsa) talab etilmaydi (kafillik kuchga kirmaydi). Masalan, «falon odam sening qarzingni bermasa, to‘lashga men kafilman» deyilganda, shartli kafillik tuzilgan bo‘ladi. Demak, qarz qaytarilishi so‘ralganda, u odam bermasa, kafildan talab etiladi. Lekin asldan talab qilinmay turib, kafildan talab etilmaydi. Shuningdek, «falon odam sening molingni o‘g‘irlasa, men to‘layman» deyilsa, bunday kafillikni berish mumkin va o‘sha odam o‘g‘irlikni sodir etsagina, kafilga da’vo qilinadi. Makful lah (qarzini) qachon talab qilsa, o‘sha kungacha muhlati bo‘lgan kafillik berilsa, aytilgan muhlat o‘tganidan so‘ng, makful lah qachon istasa, o‘shanda qarzni talab eta oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling