Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
«Meros» tushunchasi va uning taqsimoti
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
7.3. «Meros» tushunchasi va uning taqsimoti
Islom meros huquqi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi 1 . Meros huquqi islomda Qur’oni karimning «Niso» surasi, payg‘ambar (s.a.v.)ning sunnatlari 2 hamda olimlar ijmosi orqali tartibga solingan. Meros ilmi islomda eng mo‘tabar ilmlardan hisoblanib, Qur’onda bu haqda «meros ilmi ilmlarning yarmini tashkil qiladi», deyilgan. Hanafiy mazhabi olimlari meros huquqini qonun va vasiyat bo‘yicha ajratib o‘rganganlar. Qonun bo‘yicha vorislik quyidagicha ifodalangan, ya’ni eng avvalo, musulmon huquqida inson dunyodan o‘tgach, undan qolgan mulkni meros sifatida taqsimlashdan avval mol-mulkka nisbatan to‘rt xil haq aniqlanadi: kafanlash; yuvish-ko‘mish xarajatlarini qilish; mayitning moliyaviy qarzlarini uzish; vasiyatni amalga oshirish. Bunda, agar merosxo‘rlari bo‘lmasa, farz va vojib amallariga ko‘ra, vasiyat hamma moldan amalga oshiriladi. Ammo vasiyat muayyan bir shaxsga qilingan bo‘lsa-yu, u shaxs merosxo‘rlardan bo‘lmay, o‘z merosxo‘rlari mavjud bo‘lsa, bu vasiyat merosning uchdan birigacha bo‘lgan qismidan amalga oshiriladi. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ɍɭɪɫɭɧɨɜ Ⱦ. Ɇɟɪɨɫ ԟɭԕɭԕɢ. — Ɍ., 2004. 2 Ɇɭԟɚɦɦɚɞ ɒɚɜɤɨɧɢɣ ʆɬɬɢɡɝɚ ɹԕɢɧ ԟɚɞɢɫ ɤɟɥɬɢɪɝɚɧ. Ԕɚɪɚɧɝ: ɆɭΣɚɦɦɚɞ ɒɚɜɤɨɧɢɣ. ɇɚɣɥɭɥ ɚɜɬɨɪ ɦɢɧ ɚԟɨɞɢɫɢ ɫɚɣɣɢɞɢɥ ɚԟɺɪ (ɉɚɣԑɚɦɛɚɪɢɦɢɡɧɢɧɝ ԟɚɞɢɫɥɚɪɢɞɚɧ ɤʆɡɥɚɧɝɚɧ ɦɚԕɫɚɞɝɚ ɟɬɢɲɢɲ). ɀ. 6. – Ȼɚɣɪɭɬ-Ʌɭɛɧɨɧ, 1973. – Ȼ. 168–198. 110 Qur’oni karim «Niso» surasining 8-oyati mazmuniga ko‘ra, merosxo‘rlar uch guruhdan iborat: farzgirlar – Qur’onda ulushlari bayon qilingan qarindoshlar; asaba – bular ota tomondan qarindoshlar bo‘lib, farzgirlardan qolgan mulkning hammasini, agar farzgirlar bo‘lmasa, hamma molni oladilar; zav ul-arhom – bular farzgir ham, asaba ham bo‘lmagan qarindoshlar bo‘lib, birinchi va ikkinchi guruhdagi merosxo‘rlar bo‘lmaganlarida, merosni olishga haqli bo‘ladi. Meros olmaydigan qarindoshlar to‘rt guruhga bo‘linadilar: qul; dinsiz; meros qoldiruvchisini merosni tezroq qo‘lga kiritish uchun nohaq yo‘l bilan qasdan o‘ldirgan merosxo‘r. U ham merosdan mahrum etiladi. Ammo tasodifiy holatlar bundan mustasno. Masalan, quduq qazisa-yu, shu quduqqa qarindoshi tushib o‘lsa yoki jinni o‘z otasini o‘ldirsa, shunday holatlarda meros olinadi; ixtilofi dorayn, ya’ni din jihatidan farqlanadigan ikki mamlakatda (islom va nomusulmon mamlakatlarda) yashaydigan qarindoshlar bir-birlaridan meros olish huquqidan mahrum bo‘ladilar. Ammo ota islom mamlakatida bo‘lib, bola esa g‘ayridin mamlakatda yashasa-da, musulmon bo‘lsa, meros oladi. Farzgir ota uch xilda meros oladi: mayitning farzandi yoki nabirasi bo‘lsa, molning 1/6 qismini oladi; mayitning qizi yoki o‘g‘lining qizi bo‘lsa, farzgir sifatida merosning 1/6 qismini oladi. Ayni paytda ulardan qolganini asaba sifatida ham oladi; mayitning farzandi yoki nabiralari bo‘lmasa, asaba sifatida hamma molni oladi. Bobo ikki xil bo‘ladi: otaning otasi — sahih bobo; onaning otasi — fosid bobo (fiqhiy adabiyotda onaning otasi sahih boboning ziddi tariqasida fosid bobo, deb keltirilgan). Bobo ham otaga o‘xshaydi, lekin ikki masalada otadan farq qiladi: birinchi masala: mayitning onasi mayitning otasi bilan birga yashaganida (mayitning eri yoki xotinining ulushidan) qolgan molning 1/3 qismini, bobosi bilan birga yashaganida esa, hamma molning 1/3 qismini oladi. Ona ham uch xil meros oladi: mayitning avlodi bo‘lmasa, merosning 1/3 qismini oladi; agar avlodi bo‘lsa yoki ikkita aka-uka, opa-singlisi bo‘lsa, 1/6 qismini oladi. Momolar qancha bo‘lsalar ham, ikki yoki uch tarafli bo‘lsalar ham, merosning 1/6 qismiga o‘zaro sherik bo‘ladilar. Uzoq qarindoshlar yaqin qarindoshlar mavjudligi sababli merosdan mahrum bo‘ladilar (masalan, ota yoki onaning hayotligi sababli momolar (katta onalar) merosdan to‘silib qoladilar). 111 Er ikki holatda meros oladi: xotinning avlodi mavjud bo‘lmaganida, merosning yarmini; o‘lgan xotinning avlodi mavjud bo‘lsa, ularning otasi kimligi yoki noma’lumligidan qat’i nazar, merosning 1/4 qismini. Xotin ham ikki xil meros oladi: agar erning avlodi bo‘lmasa, molning 1/4 qismini; ammo erning farzandi bo‘lsa, molning 1/8 qismini. Xotinlar nechta bo‘lsalar ham, yuqoridagi ulushda o‘zaro sherik bo‘ladilar. Qiz uch holatda meros oladi: yolg‘iz qiz hamma molning yarmini oladi; qizlar ikkita yoki undan ortiq bo‘lsalar, molning 2/3 qismini bo‘lishib oladilar; qizlar aka-ukalari bilan birga hisoblanganida, o‘g‘illar ularni ham asaba qiladi. Bunda qiz o‘g‘il farzand ulushining yarmini oladi. O‘g‘ilning farzandi, ya’ni nabira, o‘g‘il bo‘lsa — o‘g‘il o‘rnida, qiz bo‘lsa — qiz o‘rnida bo‘ladi. Ammo ular mayitning o‘g‘li bo‘lmaganida meros oladilar, aks holda, merosdan to‘silib qoladilar. (Ota-ona bir) opa-singillar. Agarda mayitning qizi ham bo‘lmasa, opa-singillar merosxo‘rlikda qiz kabi bo‘ladilar. Bir nafar bo‘lsa — hamma molning yarmini, ikki nafar yoki undan ko‘p bo‘lsalar, molning 2/3 qismini, agar aka-ukalari bilan birga bo‘lishsa, ikki qiz bir o‘g‘ilning ulushi barobarida meros oladi. Mayitning ota bir opa-singillarining ulushlari quyidagicha: ular ota- ona bir opa-singillar bo‘lmay, yolg‘iz bo‘lsa, hamma molning yarmini, ikki va undan ortiq bo‘lsalar, 2/3 qismini, opa yoki singil bo‘lganida esa, 1/6 qism ulush oladilar. Asaba ota tarafdan qarindosh bo‘lib, farzgirlardan ortib qolgan molni bo‘lib oladi; agar yolg‘iz bo‘lsa, hamma molni oladi. Asaba ikki xil bo‘ladi: a) asabai nasabiyya; b) asabai sababiyya. Asabai nasabiyya uch xil bo‘ladi: a) asaba binafsih — o‘z-o‘zidan asaba bo‘lib, u bilan mayit orasidagi nasab nisbatida ayol zoti kirmagan kishidir; b) asaba big‘ayrih — boshqa birovning (masalan, akasining) vositasi ila asaba bo‘ladigan ayollar; d) asaba ma’a g‘ayrih — boshqa biror qiz qarindoshi bilan birgalikda asabaga aylanadigan ayollar. Asabai sababiyya ikki xildir: 1) qulni ozod qilgan xo‘jayin (quldor); 2) mavlal muvolah, ya’ni nasabi ma’lum bo‘lmagan kishi boshqa kishi bilan «Men o‘lsam merosxo‘rim bo‘lasan, jinoyat qilsam, xunini to‘lashga yordam qilasan», deb ahd-paymon qilgan do‘st. 112 Asabalarning avlosi (afzali) o‘g‘il, keyin uning o‘g‘li (va uning zurriyotlari), ota, bobo (qancha yuqori ketsa ham), so‘ngra ota-ona bir aka-uka, keyin ota bir aka-uka, keyin uning o‘g‘li, keyin esa ona bir aka- ukaning o‘g‘li, keyin ularning o‘g‘illari. Asabaning eng oxiri ham zav ul- arhomdan oldin turadi. Zav ul-arhom. Bu toifaga mayitning farzgir ham, asaba ham bo‘lmagan qarindoshlaridir. Ularga mayitning ammasi, xolasi, opa- singillarining qizi, onasining otasi, tog‘asi va qizining bolalari kabi qarindoshlari kiradi. Ular mayitning farzgir va asaba qarindoshlari bo‘lmagan taqdirdagina, meros olishga haqli bo‘ladilar. Farzgir mavjud bo‘lganida, ular meros olmaydilar. Lekin mayitning eri yoki xotini qolsa- yu, boshqa qarindoshi bo‘lmasa, qolgan molni zav ul-arhom oladi. Zav ul-arhomlar besh guruhga bo‘linadilar: 1) mayit qizlarining bolalari; 2) onasining ota-onalari; 3) ota-ona bir opa-singillarining bolalari, shuningdek ota bir opa- singillarining bolalari; o‘g‘lining qizining bolalari, amakisining bolalari hamda ona bir aka-ukalarining bolalari; 4) mayitning tog‘asi, xolasi, ammalari hamda amakisining qizlari va ularning bolalari; 5) ota va onaning ammalari, xolalari, tog‘alari hamda otasining ona bir amakisi va onaning amakilari hamda ularning bolalari. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling