Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Islomda «taloq» tushunchasi va turlari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
7.2. Islomda «taloq» tushunchasi va turlari
Nikohning tugatilishi (taloq instituti). Erkak tomonidan xotinni taloq qilish oqibatida nikohning tugatilishi musulmon huquqida eng keng tarqalgan. «Taloq» degan so‘z arabcha bo‘lib, «bog‘langan tugunni yechib yuborish, bo‘sh qo‘yish» degan ma’nolarni anglatadi. Musulmon huquqiga ko‘ra, taloq eru xotin o‘rtasidagi nikohning tugatilishi uchun shar’iy asos bo‘lib xizmat qiladi va ushbu huquq muomala layoqatiga ega bo‘lgan erkak kishilarga berilgan. Payg‘ambar (s.a.v.)ning: «Uchta narsaning hazili ham, jiddiysi ham e’tiborga olinadi: qulni ozod qildim, degan so‘z, nikohga oldim, degan so‘z, taloq qo‘ydim, degan so‘z», – degan fikrlariga binoan, Hanafiy mazhabidagi kishining o‘z xotiniga qarab, xoh mast holda, xoh hazillashib taloq qo‘ydim, deyishi bilan taloq tushadi. Majburlab ayttirilgan taloq lafzi borasida islom huquqshu- noslarida ixtilof mavjud: Hanafiy olimlari «tushadi» desalar, jumhur ulamolar «tushmaydi», deganlar. Taloq keltirib chiqaradigan oqibatlar deganda, asosan taloq turiga qarab nikohni davom ettirish yoki bekor qilish hamda ayolning o‘z eridan meros olishi, «taloq» lafzi aytilgandan so‘nggi davrda ayol kishining nafaqasi tushuniladi. Ayol bir yoki ikki taloq qilingan vaqt mobaynida eri vafot qilsa, u eridan meros oladi. Uch taloq qilingan ayolning idda muddati davomida eri vafot etsa, musulmon huquqi ruxsat bergan ba’zi hollardagina ayol meros oladi. «Taloq» lafzi aytilgan davrdan boshlab, ayolning nikohi butunlay bekor bo‘lmagunicha, idda muddati davomida er o‘z xotinini iqtisodiy ta’minlashi shart. Nikohning fas’h bo‘lishi. Islomda er va xotinlik goho erning taloq huquqiga egaligi sababli, goho esa er-xotinlikni saqlab turgan nikohni buzish bilan bekor qilinadi. Nikohni buzib, ajralish faqihlar istilohida «fas’h», ya’ni mavjud bir sabab bilan taloq lafzi aytilmay, nikohning bekor qilinishi deyiladi. Taloq bilan fas’hning farqi. Er tomonidan aytilgan taloq lafzi er- xotinlikning tugatilganini, har ikkalasi nikohdan oldingi holatga qayt- ganini bildiradi. Taloq faqat sahih nikohdagina bo‘ladi. Fas’h esa keyin joriy qilingan qoida bo‘lib, nikohning davom etishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki o‘sha to‘sqinlik bartaraf etilgach, nikohni 106 davom ettirish mumkinligidir. Fas’h ikki turli bo‘ladi: birinchisi, nikohning qolishi aslo mumkin bo‘lmaydigan holat. Bu holatda nikohni buzish shart. Masalan, er yoki xotinning biri islom dinidan qasddan chiqishi yoki qaytishi; ikkinchisi, erning o‘z ayolini bir taloq qilib, uning boshqa turmushga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, «men senga yaqinlashmayman», deb qasam ichishi tufayli nikohning tugatilishi. Mazkur qasamga binoan, ayol arosatda qoldirilib, erning zulmi ostida qiynalib, yashashga majbur qilinadi. Alloh taolo ayollarga nisbatan bunday zulmga chek qo‘yib, ichilgan qasam cheksiz muddatga amal qilishini to‘xtatib, unga ma’lum muddat belgiladi. Bu haqida «Baqara» surasining 226–227-oyatlarida: «Xotinla- ridan qasam bilan yuz o‘girgan kishilar uchun to‘rt oy muhlat bor. Agar (shu muddat ichida xotinlariga) qaytsalar, joizdir. Zero, Alloh shubhasiz mag‘firatli, rahmatlidir. Va agar (taloq qilishni) qasd qilgan bo‘lsalar, bas albatta, Alloh eshitguvchi, bilguvchidir», – deyilgan. Mazkur oyati karimaning mazmunidan islom olimlari quyidagi hukmlarni chiqarganlar: – Alloh nomini o‘rtaga qo‘yib ichilsagina, qasam shar’an qonuniy hisoblanadi; – «Iylo» – «xotinimga yaqinlashmayman», deb ichilgan qasamning eng kam muddati to‘rt oy bo‘lishi lozim; – qasam ichilsa-yu, lekin to‘rt oy muddat tugamay qasamiga pushaymon bo‘lib, xotini bilan yarashmoqni istasa, qasamiga musulmon huquqi bo‘yicha kafforat (jarima) berib, yarashishi mumkin. Qasamning kafforati uchun uni ichgan kishi quyidagi uchta ishdan bittasini ixtiyor qilib bajarishi shart: bir qulni ozod qilishi yoki o‘nta miskinni to‘yg‘azishi yoki o‘nta miskinga kiyim-kechak qilib berishi. Agar bu uchta amaldan birortasini ham qilishga qodir bo‘lmasa, uch kun ro‘za tutib berishi lozim 1 . Abu Hanifa mazhabi qoidasiga asosan qasam ichgan kundan boshlab to‘rt oy muddat o‘tsa, er-xotin bir-biridan ajralgan hisoblanadi, «taloq qildim», deyilishi shart emas. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, har qaysi musulmon kishi og‘izdan chiqqan so‘zi uchun Alloh oldida mas’uldir. Demak, qaysi bir kishi xotiniga: «Senga yaqinlashmayman», – deb qasam ichsa, uning shar’iy hukmi yuqorida aytib o‘tilganidek bo‘ladi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling