Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
«Moliya huquqi» tushunchasi va shakllari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
6.3. «Moliya huquqi» tushunchasi va shakllari
Fiqhning ko‘chmas mulkka oid qoidalari ko‘char mulkni tartibga soluvchi qoidalarga qaraganda ko‘proq bo‘lib, bu mulkning ilohiy inoyat ekanligini to‘liq tasdiqlaydi. Musulmon huquqshunoslari mulk huquqi predmetini tashkil etuvchi yerning besh turini farqlaydi: a) «jonsiz» yerlar; b) «jonlantirilgan» yerlar; d) tanob yerlar; f) xiroj yerlar; g) habus. Bu yerlar uch guruhga birlashtiriladi: 1) mulk (yoki xususiy mulk) tariqasidagi yerlar; 2) xiroj (soliq solinadigan) yerlar; 3) vaqf (xususiy mulk egalari diniy muassasalar yoki xudoyixonalarga mulk qilib bergan yerlar). 96 Xiroj yerlar. Xalifalikka ixtiyoriy ravishda bo‘ysungan hududlarda mahalliy aholi yerga bo‘lgan mulk huquqini saqlab qolgan bo‘lsa, fath etilgan hududlarda musulmon jamoasi yerga nisbatan oliy huquqqa ega bo‘lgan. Yer egalari bu yer avloddan avlodga o‘tishini istisno etuvchi ayrim uzufrukt huquqinigina saqlab qolganlar 1. Bunday yerlar xiroj yerlar deb atalgan, chunki ularga har yili mol yoki pul ko‘rinishida undiriladigan soliq – xiroj solingan. Xirojning qonuniy xususiyati ijtihod qoidalariga asoslanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, xirojning nazariy asoslari hijriy V asrda vujudga kelgan. Ilk islom davrida fath etilgan yerlar askarlarga mulk qilib berilgan, lekin bu siyosat qo‘shinni zaiflashtirish bilan bir vaqtda, xirojga qaraganda kamroq soliq – zakot undiruvchi davlatga ziyon yetkazgan. Shu sababli xalifa Umar yerni mulkdorlar ixtiyorida qoldirib, ularga xiroj to‘lash majburiyatini yuklagan, shu bilan birga, mulkdorning islom diniga kirishi ham, yer maydonlarining musulmonlarga sotilishi ham bu yerlar uchun soliq – xiroj to‘lashdan ozod qilinmasligini belgilab qo‘ygan. Yerga mulk sifatida egalik qilish va unga tutash ashyoviy huquqlar. Yerga bo‘lgan mulk huquqi musulmonlar uchun muqaddas, binobarin, daxlsizdir. Shu bois jamoat manfaatlarida yerga bo‘lgan mulk huquqini olib qo‘yishni nazarda tutuvchi qoidaning qabul qilinishiga erishish (ayniqsa, hanafiylarda) juda qiyin bo‘ldi (Turkiyada bunga 1885- yildagina erishildi). Qarzdorning mol-mulkiga sud orqali undiruvni qaratishga ijozat berilishi uchun ham shunga o‘xshash qiyinchiliklarni yengishga to‘g‘ri keldi. Mulk huquqining egasi mazkur huquqdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin. Biroq musulmon huquqi mulkdorga o‘z mol-mulkini suiiste’mol qilish, uni behuda isrof etishni taqiqlaydi. Huquqni suiiste’mol qilish umumiy nazariyasi sud qarorlaridan keltirib chiqarilishi mumkin emas edi. Ayni vaqtda, birovga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatdan o‘zini tiyish haqidagi islom tamoyili (u mashhur hadislardan biriga asoslangan) huquqiy emas, balki ma’naviy jihatdan huquqni suiiste’mol qilish nazariyasiga qaraganda, kengroq asosga ega. Mulk huquqi qanday yuzaga keladi? Bu savolga javobni fransuz yozuvchisi R. Sharlning «Musulmon huquqi» kitobidan izlaymiz. Yerni egallab olish (harbiy yo‘l bilan) va parvarish qilish kabi ilk klassik usullardan tashqari, musulmon huquqida yerlarni «jonlantirish» va ularga ishlov berish ham ma’lum. Egasiz yerga ishlov berib, uni o‘z mulkiga aylantirgan odam hech qanday rasmiyatchiliklarsiz shu yerning mulkdori hisoblanadi. Mahalliy 97 hokimning ruxsati bilan birovning yeriga birovning urug‘ini ekkan odam shu urug‘ni qaytarib beradi, lekin olingan hosil uning o‘z ixtiyorida qoladi. Mulk huquqi yuzaga kelishining asoslari – yerni sotish, meros olish, hadya qilish, egallash muddatining o‘tishi hisoblanadi. Mulkdorning o‘z mol-mulkini qarovsiz qoldirishi yoki uning nobud bo‘lishi mulk huquqining barham topishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nihoyat, mulk huquqi mulkdorning dindan qaytishi yoki mol-mulk undan majburiy olib qo‘yilishi natijasida qonun kuchi bilan bekor qilinadi. Mulk huquqi qanday isbotlanadi? Musulmon huquqshunosligida «egalik holatining isbotlovchi kuchi» tushunchasi ishlab chiqilgan. Musulmon huquqida bitim mulk huquqining yetarli dalili bo‘lib xizmat qilmaydi, chunki bitimning mazmuni uchinchi shaxslar uchun kuchga ega emas. Gap shundaki, uning qonuniy kuchi mulk egasi bo‘lmagan shaxsga nisbatan bitimni tasdiqlovchi hujjatni saqlovchi shaxs, uni mazkur mol- mulkka egalik holati bilan ham mustahkamlay olgan holdagina namoyon bo‘ladi. Musulmon huquqshunoslari dalillarning bunday tuzilishida har xil ahamiyatga molik, muayyan darajada aniq belgilangan oqibatlarga sabab bo‘luvchi turli egalik shakllarini belgilaganlar: a) oddiy egalik; b) uzoq muddat egalik qilish; d) murakkab egalik. Mulk huquqi amalda mazkur yer maydonining sirti va osti, hatto ustidagi havo bo‘shlig‘iga ham egalik qilish huquqini beradi (qo‘shnilar birovning bog‘ida o‘sgan daraxtning o‘z bog‘i hududiga osilib tushgan shohlarini kesishga haqli, mulk huquqi bo‘yicha yer maydoniga egalik qiluvchi shaxs uning ustidagi havo bo‘shlig‘ini sotishi mumkin). Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling