Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


Download 4.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/70
Sana10.11.2023
Hajmi4.5 Mb.
#1761199
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...

Ɇɚɫɫɷ Ⱥ. ɂɫɥɚɦ. Ɉɱɟɪɤ ɢɫɬɨɪɢɢ. – Ɇ., 1961. – ɋ. 139.
2
Ԕɚɪɚɧɝ: Ȼɨɫɜɨɪɬ Ʉ.ɗ. Ɇɭɫɭɥɦɨɧ ɫɭɥɨɥɚɥɚɪɢ. – Ɍ., 2007. – Ȼ.24.


89
Dastlabki imomlarning barchalari o‘ldirilgani shialarning bu barcha 
imomlarning qismati, deb hisoblashlariga asos bo‘ldi. Ilk islom davrida 
musulmon jamoasida oliy hokimiyatga bo‘lgan huquq haqidagi fikrga 
yakun yasar ekanmiz, quyidagi xulosalarga keldik. Dastlab siyosiy 
harakat sifatida vujudga kelgan shialik Husaynning o‘limidan (680-yil) 
keyin o‘tgan 70 yil mobaynida, ya’ni xalifalik Abbosiylar sulolasining 
qo‘liga o‘tgunga qadar (750-yil) diniy yo‘nalishga aylandi. Shialikning 
diniy oqimga aylanishi zamirida shahid ketgan imomlar Ali va 
Husaynning ruhlariga sig‘inish yotadi.
Shialik ta’limotida imomlarning mavqei sunniylik tizimidagidan 
ancha yuqori qo‘yiladi. Shialik ta’limotiga ko‘ra, imomlar o‘z 
hokimiyatini Allohning hukmiga asosan oladi, chunki Alining avlodlari, 
sulolasida har qaysi imomning tug‘ilishi Alloh tomonidan belgilab 
qo‘yilgan. Imomlarning diniy yoki siyosiy masala yuzasidan chiqargan 
har qanday hukmi qat’iy hisoblanadi. Aynan shu jihatdan shialik 
sunniylikdan keskin farq qiladi. Zotan, sunniylikda uzil-kesil qaror 
ulamolar va faqihlarning umumiy kelishuvi (ijmo) asosida chiqariladi
shialikda esa bunday qarorni imomning o‘zi chiqaradi.
Xalifalik o‘rta asrdagi davlat sifatida Arabiston yarim orolining 
markaziy qismida yashagan arab qabilalarining birlashishi natijasida 
vujudga keldi. VII asrda arab davlatchiligi yuzaga kelishining o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, mazkur jarayon diniy tusga ega bo‘lib, yangi jahon 
dini – islomning shakllanishi bilan bog‘liq holda yuz bergan. Majusiylik 
va mushriklikdan voz kechish g‘oyasi ostida amalga oshirilib, qabilalarni 
birlashtirishni bosh maqsad qilib qo‘ygan siyosiy harakat 

«Hanafiylik 
harakati» deb nomlangan.
Hanif – yakkaxudolikka e’tiqod qiluvchi, haqqa moyil, taqvodor 
odam. Musulmonlarning rivoyatiga ko‘ra, islomgacha Arabistondagi 
qabila xudolariga sig‘inishni rad etib, zohid, yakka xudoga astoydil 
ishongan, ammo xristianlikka ham, yahudiylikka ham qo‘shilmagan va 
Ibrohim (s.a.v.) dinida bo‘lgan odam «hanif» deb atalgan. Qur’onda 
Ibrohim alayhissalom ham hanif deb atalgan, uning chinakam yakka 
xudolikka asoslangan dinini Muhammad (s.a.v.) tiklagan, deb 
hisoblanadi. Ibn Mas’udning naql qilishicha, Qur’onda «hanaf» atamasi 
mavjud1, matnning boshqa variantlarida u «islom» atamasi bilan 
almashtirilgan: «Albatta, Alloh nazdida maqbul bo‘ladigan din faqat 
islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (islom va 
Muhammadning haq payg‘ambarligi haqida) hujjat kelganidan keyin 


90
faqat o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib-tortishdilar...»
(Qur’oni karimning «Ol-i Imron» surasi, 19-oyat).
VII asrning 20–30-yillarida, ya’ni o‘n yil vaqt mobaynida 
Madinadagi musulmonlarning davlat tuzilmasida tashkiliy qayta qurish 
jarayoni tugallandi. Muhammad (s.a.v.)ning o‘zi bu jarayonda diniy 
rahnamo va hakam vazifasini bajardi. Islom dini va jamoaning harbiy 
kuchi yordamida yangi ijtimoiy-siyosiy tuzilmaning dushmanlariga qarshi 
kurash boshlandi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning yaqin qarindosh-
lari va safdoshlari hokimiyatga bo‘lgan mutlaq huquqni qo‘lga kiritgan 
imtiyozli guruh bo‘lib birlashdilar. Bu haqda biz yuqorida to‘xtalib o‘tdik. 
Shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, VII asr va VIII asrning birinchi 
yarmida Vizantiya va Eronning sobiq mulklaridan aksariyati, jumladan 
Yaqin Sharq, O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Afrika va Ispaniya fath 
etildi. Arablarning qo‘shini Fransiya hududiga ham kirib keldi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, arab jamiyatining rivojlanishi Sharq o‘rta asr 
jamiyatlari tadrijiy rivojlanishining asosiy qonuniyatlariga bo‘ysungan, 
diniy va milliy-madaniy omillardagina muayyan farqlar mavjud bo‘lgan.
Musulmon ijtimoiy tuzumiga xos xususiyatlar: yerga nisbatan davlat 
mulk huquqining ustuvorligida, davlat xo‘jaligi (sug‘orish, konlar, 
ustaxonalar)da qullar mehnatidan keng foydalanganida, dehqonlarga 
davlat foydasiga ishlab berish shaklida soliq solinishida, jamiyat 
hayotining barcha jabhalari davlat tomonidan diniy qoidalar orqali 
tartibga solinishida, shaharlarning alohida maqomga ega emasligida, 
to‘laqonli tabaqalar, hech qanday erkinlik va imtiyozlarning yo‘qligida 
namoyon bo‘ladi. Shaxsning yuridik holati diniy e’tiqod bilan 
belgilanganligi sababli, musulmonlar va g‘ayridinlar (zimmiylar)ning 
huquqiy maqomidagi farqlar asosiy o‘ringa chiqqan.
Rivojlanishning dastlabki bosqichida xalifalik nisbatan markazlash-
gan teokratik monarxiya bo‘lgan. Diniy hokimiyat (imomat) va dunyoviy 
hokimiyat (amirlik) xalifa qo‘li ostida jamlangan. Bu ikki hokimiyat 
uzviy va cheksiz hisoblangan. Dastlabki xalifalar ulamolar tomonidan 
saylangan, ammo oradan ko‘p muddat o‘tmay xalifa hokimiyati uning 
vasiyatiga ko‘ra, avloddan avlodga o‘tadigan bo‘lgan
1
. Keyinchalik vazir 
xalifaning bosh maslahatchisi va uning huzuridagi oliy mansabdor 
shaxsga aylangan. Musulmon huquqiga ko‘ra, vazirlarning ikki toifasi 
farqlangan: keng vakolatga ega bo‘lgan vazirlar va vakolati cheklan-

Download 4.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling