Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
keyin) mol-dunyo qoldirayotgan bo‘lsa, adolat – to‘g‘rilik bilan ota-
onaga, qarindosh-urug‘ga vasiyat qilish farz etildi», – deyilgan. Bu yerda o‘lim – sabab, meros haqida vasiyat qilish esa oqibatdir. Shart shunday vaziyatki, bir narsa yoki holatning bo‘lishini ikkinchisi taqozo etishidir. Masalan, er-xotinlik bo‘lmasa, taloq bo‘lmaydi. Lekin, birinchisining bo‘lishi uchun ikkinchisi talab qilinmaydi. O‘z navbatida, shartning ikki turi mavjud: a) qonun tomonidan qo‘yilgan shart; b) huquq subyekti tomonidan qo‘yilgan shart. Birinchi shartga nikoh tuzish, savdo-sotiq qilish, vasiyatni rasmiylashtirishda bajarilishi shart qilib qo‘yilgan xatti- harakatlar, xulq-atvor qoidalari misol bo‘la oladi. Ikkinchi shartda huquqiy munosabat ishtirokchisi bo‘lgan shaxsga shartni mustaqil belgilash vakolati beriladi. Masalan, er xotiniga: «Mendan beizn tashqariga chiqsang, sen taloqsan», – degan shartni qo‘yishga qonun bo‘yicha haqi bor. Mone – biror-bir holat, faktning mavjudligi tufayli xatti-harakat qilish mumkin emasligini belgilab beruvchi qoida. Masalan, umumiy qoidaga binoan, uka akasidan meros olishi mumkin. Lekin, uka akasini o‘ldirsa, meros olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Chunki qonunda meros oluvchi meros qoldiruvchini o‘ldirsa, meros olish huquqidan mahrum bo‘lishi haqidagi qoida mavjud. Payg‘ambarning «qotil meros olmaydi», degan ko‘rsatmasi ushbu qoidaga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ruxsat va azimaning ma’nolari shuki, ularda umumiy qoidaga muvofiq, huquq subyektiga yengillik berish, qulaylik yaratish maqsadida taqiqlangan xatti-harakatni qilishga ruxsat etiladi. Masalan, Qur’oni karim «Naxl» surasining 106- oyatida: «Kim Allohga iymon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir 78 bo‘lsa (Allohning g‘azabiga duchor bo‘lur). Lekin, kim qalbi iymon bilan taskin topgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning iymoniga ziyon yetmas)»,– deyilgan. Sahih va botil normalar shunday normalarki, ularning birinchisida qonunda belgilangan barcha talablar, shartlarning natijasida kelib chiqadigan oqibat haqiqiy, qonuniydir. Ikkinchisida esa qonun talablarini to‘la bajarmaslik oqibatida kelib chiqqan natija haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Masalan, qonun talablariga to‘liq rioya qilinib tuzilgan nikoh haqiqiy deb tan olinadi va huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Qo‘yiladigan talablardan ayrimlarini bajarmasdan tuzilgan nikoh esa haqiqiy hisoblanmaydi. Masalan, erkak kishining boshqaning nikohidagi ayol bilan nikohga kirishishi, ushbu nikohni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘ladi. Ushbu nikoh hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Hozirgi zamon islom qiyosiy huquqshunosligida musulmon huquqiy normalari imperativ va dispozitiv turlarga bo‘lib o‘rganiladi. Imperativ norma – xatti-harakat, xulq-atvor qoidasi, qat’iy belgilangan norma bo‘lib, huquqiy munosabat subyekti uni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Masalan, Qur’oni karim «Tavba» surasining 60-oyatida: «Albatta, sadaqalar Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur», – deyilgan. Ushbu oyatda zakotdan yig‘ilgan mablag‘lar kimlarga berilishi zarurligi aniq belgilab qo‘yilgan. Dispozitiv normaga muvofiq, subyektga tanlash imkoniyati beriladi. Qur’oni karim «Moida» surasining 33-oyatida: «Albatta, Alloh va uning payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling