Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
5.2. Aniq va mavhum normalar
Mohiyatiga ko‘ra, tavsiya etuvchi normalar islom ta’limotida vojib amallar, deb ataladi. Ular ham farz kabi musulmonlarni u yoki bu xatti- harakatni bajarishga undaydi. Ularni bajarganlar savob oladi, bajarmaganlar esa gunohkor bo‘ladilar. Vojib amallarni inkor qilgan musulmon iymonsiz sanalmasa-da, gunohi kabira (katta gunoh) egasi bo‘ladi. Bunday amallarning eng muhimlari soni qirqta. Masalan, zakot to‘lashga qodir mo‘minlarning qurbon hayiti kunlarida jonliq so‘yib qurbonlik qilishlari, va’daga vafo qilish, er-xotinning bir-birlari oldidagi burch va vazifalarga rioya qilishlari, sotuvchi sotayotan narsasining aybini aytib sotishi zarurligi kabilar vojib amallarga kiradi. 75 Ruxsat beruvchi normalar islom ta’limotida sunnat amallar deb yuritiladi. Sunnat lug‘aviy jihatdan «yo‘l» degan ma’noni, istilohiy ma’noda Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari, xatti-harakatlari, ma’qullagan ishlarini ifoda etadi. Ya’ni bu normalar «payg‘ambar belgilab bergan yo‘l», degan ma’noni anglatadi. Bunday amallarni bajarganlar savob oladi, bajarmaganlar gunohi kabira egasi sanalmasalar-da, qiyomat kunida qattiq malomatga qoladilar. Sunnat amallarning soni aniq emas, sababi sahih hadislarda belgilangan sunnat amallarning soni aholi orasida qanchalik tarqalganligiga bog‘liq. Sunnat amallarning turlari ko‘p bo‘lib, ular insonlarning turmush tarzi bilan bog‘liq holda bajariladi. Masalan, xatna qilish, misvok tutish, voyaga yetgan bolalarni uylantirish yoki turmushga berish, nikoh to‘yi va hokazo. Sunnat amallarning bir turi mustahabdir. Mustahab – payg‘ambar (s.a.v.)ning umrida bir yoki ikki marotaba qilib, keyin tark qilgan amallaridir. Ularni bajargan kishi savob oladi, bajarmasa, gunohkor bo‘lmaydi. Muhtojlarga uy-ro‘zg‘or buyumlarini beg‘araz omonatga berib turish, suv chiqarish, oldi-sotdi ishlarida chaqqon va jur’atli bo‘lish, halolligiga shubha qilingan mollarni xarid qilmaslik, qarz bergan kishining iloji boricha qarzini so‘ramay turishi, qarz olgan odam qarzini tezroq to‘lashi kabilar mustahab amallardir. Tanbeh beruvchi normalar biror xatti-harakatni qilishdan qaytaruvchi normalardir. Bunday normalar islom ta’limotida makruh va harom deb ataladi. Mo‘min-musulmon kishi bunday ishlarni qilishdan saqlanishi lozim. Gunohidan qo‘rqib bunday ishlardan saqlangan kishi savob oladi, qilgan kishi gunohkor bo‘ladi. Makruh va harom amallar: ayollarning erlari yoki mahramlarisiz safarga chiqishlari, sotuvchi molini maqtab, qasam ichib sotishi, ayolni besabab taloq qilish, halolligi shubhali bo‘lgan mollar bilan savdo qilish, qozi va hokimning mahkamaga murojaat qilganlarga bir xil muomalada bo‘lmasligi, birovning hovlisiga iznsiz kirish, egasidan so‘ramay, uning molini sotib yuborish, bozorda narx-navoning ko‘tarilishini kutib, sotiladigan mollarni sotuvga chiqarmay saqlash, mollarni qimmat narxda sotish niyatida hammasini ko‘tarasiga olib qo‘yish, qo‘y yo sigirni baland narxda sotish maqsadida bir-ikki kun sog‘may saqlash, zakot yoki ushr uchun molning yomonrog‘ini tanlash kabilar bo‘lib, ularni qilish gunoh hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling