Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
1) Qur’on. Qur’on musulmon huquqining birlamchi manbai bo‘lib,
uning barcha bo‘limlarining haqiqiyligiga hech shubha qilinmagan. Biroq, uning ba’zi bo‘limlari sharhlari borasidagi ulamolarning ayrim fikrlari o‘zaro mos kelmagan; 2) sunna. Ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘ringa Muhammad (s.a.v.)ning hadislari qo‘yilgan. Biroq ulamolar hadislarni qabul qilish va amalda qo‘llashning turli shartlarini o‘rnatganlar; 3) sahobalarning fikrlari. Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining ham jamoaviy, ham shaxsiy fikrlari musulmon huquqining uchinchi eng muhim manbai hisoblangan. Bu manbalar sahobalarning nuqtai nazarlariga qarab ikki qismga bo‘lingan: a) biror masala borasida fikrlar bir xil bo‘lsa – ijmo; b) biror masalada fikrlar turlicha bo‘lsa, har bir sahobaning fikri ra’y (shaxsiy fikr), deb nomlangan; 4) qiyos. To‘rtinchi o‘rinda Qur’on yoki sunna yoxud ijmoga asoslangan ijtihod turgan. Mulohaza usuli – «qiyos» deb atalgan deduksiya bo‘lgan. Qiyosga namuna sifatida nashaning taqiqlanganini keltirish mumkin, bu hukm Muhammad (s.a.v.)ning: «Barcha mast qiluvchi moddalar xamrdir, har qanday xamr esa haromdir», – degan 69 hadisiga asoslanib chiqarilgan. Nasha mast qilish xususiyatiga egaligi uchun ham xamr toifasiga kiritilgan va harom hisoblangan; 5) istihson. Bu tamoyil qiyos tufayli chiqarilgan fikrdan muayyan amaliy ehtiyoj tufayli chiqarilgan fikrning afzalligini nazarda tutgan. Turlicha nomlangan ushbu tamoyilni huquqiy tafakkur maktablarining ko‘plab ulamolari qo‘llaganlar. Biror narsani ishlab chiqarish va sotish shartnomasining mazmunini sharhlashni istihsonga misol qilib keltirish mumkin. Muhammad (s.a.v.)ning: «Kimki oziq-ovqat sotmoqchi bo‘lsa, to unga o‘zi egalik qilmaguncha, bu ishga kirishmasin», – degan o‘gitiga asoslangan qiyosga ko‘ra, bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmagan. Deylik, shartnoma tuzilayotgan vaqtda sotiladigan o‘sha narsa mavjud bo‘lmaydi. Biroq bunday shartnomani barcha tan olishi va unga bo‘lgan ehtiyojning tabiiyligi hisobga olinib, qiyos asosidagi mazkur fatvo majburiy emas, deb tan olingan. Bunday shartnomani tuzishga esa, afzal ko‘rish (istihson) tamoyiliga asosan ruxsat etilgan, ya’ni qo‘lida bo‘lmagan narsaning savdosiga ham ruxsat berilgan; 6) urf. Mahalliy urf-odatlar, agar ular islom qonunchiligi tamoyil- lariga zid kelmasa, muayyan hududda musulmon huquqining manbai, deb qabul qilingan. Masalan, nikohda kuyovning kelinga nikoh sovg‘asi (mahr)ni berishi tartibining o‘rnatilishi urf-odatlarga asoslangan. Musul- mon huquqiga asosan, mahr nikoh shartnomasining bir qismi sifatida kelishib olinadi, biroq uni to‘lashning vaqti aniq belgilanmaydi. Misrliklar va boshqa ba’zi xalqlarning odatlariga ko‘ra, uning «muqad- dam» deb atalgan bir qismi nikoh marosimidan oldin to‘lanishi, «muahhar» deb nomlangan qolgan qismi esa, vafot etgan taqdirda, qaysi birining avval sodir bo‘lishiga qarab, to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 . Odatning yana bir namunasi bu ijara yoki odam yollashdir. Islom qonunchiligi sotilayotgan narsa to‘liq yetkazib berilmaguncha oluvchidan tegishli narxni to‘lashni talab qilishni taqiqlaydi. Biroq, odatga ko‘ra, ijarachi yoki yollovchi ijaraga berilgan joy yoki narsadan foydalanishni boshlagunga qadar kelishilgan muddat uchun ijara haqi olishi mumkin. Bu kabi tizimga solish va tasniflash ko‘p jihatdan ijobiy hodisa bo‘lsa-da, u guruhbozlik, mazhablar o‘rtasidagi tafovutlarning yanada ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Shunday qilib, mazmunan bitta tamoyilni ifodalovchi turlicha atamalar mazhablar o‘rtasidagi ixtilof va ziddiyatlarga sabab bo‘lgan. Masalan, Molikiylar Hanafiy mazhabining 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ɒɚɥɨɛɢɣ ɆɭΣɚɦɦɚɞ Ɇɭɫɬɚɮɨ. ɍɫɭɥ ɚɥ ɮɢԕԟ-ɚɥ ɢɫɥɨɦɢɣ. – Ȼɚɣɪɭɬ- Ʌɢɜɚɧ, 1978. 70 istihsonini qabul qilmaganlar, biroq aynan shu tamoyilni «maslahati mursala» atamasi bilan qo‘llagan. Shofi’iylar esa ikki atamani ham inkor etib, «istis’hob» nomi bilan qo‘llaganlar. Abbosiylar hukmronligi davrida fiqh kitoblarini yaratish uchun ma’lum shakl va tartiblar joriy qilingan. Bu tartib barchaga taalluqli bo‘lib, undan hozirgacha foydalaniladi. Turli masalalar umumiy sarlavhalar ostida ifodalansa-da, guruhlar va boblarga taqsimlangan. Boblarning berilishidagi tartib ham hamma uchun bir xil bo‘lgan. Mualliflar o‘zlarining fiqh kitoblarini iymondan keyin keluvchi to‘rt ustun bilan boshlaganlar. Islom teologiyasiga oid kitoblarda «tahorat» va «salot» (ibodat), «savm» (ro‘za) va «haj» kabi tushunchalarga oid masalalar bayon etib bo‘lingach, nikoh, taloq, bay, undan keyin boshqa masalalarga o‘tilgan. Bu masalalar bilan to‘qnash kelganda, mazhab ulamolari barcha mazhablarda qo‘llanilgan turli dalillarni keltirib, o‘z mazhabi nuqtai nazarining to‘g‘riligini metodologik tomondan isbotlab, mazhablarning dalillarini rad etganlar. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling