Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
1) fiqh to‘plamlarini yaratish. Dastlabki davrda ulamolar fatvolar
berish va huquqiy qoidalarni o‘rnatish uchun hadislar va osarlarni (sahobalar va ular shogirdlarining aytganlari va qilganlari) yig‘ish ilinjida islom davlatlarining turli chekkalariga safarlar qilib, ko‘p vaqt va kuch sarflashga majbur bo‘lar edilar. Bu davrda Muhammad (s.a.v.)ning sunnati tartibga solinib, hadislar to‘plami yaratilgan edi. Shu tariqa 67 ulamolar diqqatlarini hadislarni tushunish va qo‘llashga qaratish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Bu davrda fiqhni to‘plash ham keng miqyosda va tartibli amalga oshirildi. Ba’zi ulamolar o‘z fatvolari to‘plamlarini yaratganlar, boshqalari, masalan, imomlar Abu Hanifa va Ahmad shogirdlariga turli muammolarni hal etishning yo‘llarini ko‘rsatganlar. Shogirdlar esa ularni tanlab, to‘plamlarga kiritganlar. Imom Molik «Al-Muvatto» to‘plamiga hadislar va sahobalarning fikrlari bilan birga, o‘z fatvolarini ham kiritgan. Imom ash-Shofi’iyning «Al-Umm» nomli kitobiga o‘z fatvolari va ular uchun keltirgan dalillari kiritilgan; 2) fiqh to‘plamlarining turlari. Dastlabki fiqhga oid kitoblarning tuzilishi hadislar, fatvolar, shuningdek sahobalar va ularning shogirdlarining turli nuqtai nazarlaridan iborat bo‘lgan. Bu davrda yaratilgan to‘plamdan biri imom Molikning qalamiga mansub «Al- Muvatto»dir. Ba’zi fiqh kitoblari asosiy tamoyillarga bag‘ishlangan, ulardagi hadislar esa muallif xulosalarining to‘g‘riligini isbotlash maqsadida kiritilgan. Masalan, imom Abu Yusufning (imom Abu Hanifaning shogirdlaridan biri) «Kitob al-Xiroj» va imom Shofi’iyning «Al-Umm» asarlari ana shunday yozma manbalar sirasiga kiradi. Qolgan fiqh kitoblari esa butunlay fiqh tamoyillarini qo‘llashga bag‘ishlangan bo‘lib, ularga hadislar juda kam kiritilgan. Bunday asarlar imom Muhammad ibn Hasanning (imom Abu Hanifaning shogirdlaridan biri) oltita kitobi, imom ibn al-Qosimning (imom Molikning yetuk shogirdi) «Al-Mudovvana»sidir. Dastlabki asarlarda turli masalalarga oid fatvolarning har qaysisi uchun dalil tariqasida ularning roviylari zanjiri (isnadi) keltirilgan hadis matnlari joy olgan. Vaqt o‘tishi bilan isnod keltirish yo‘qolib, tegishli hadisning matni berilgan yoki o‘sha hadisni topish mumkin bo‘lgan to‘plamlarga havola berish bilan cheklanilgan. Hadislarni to‘plash davrida ularning to‘plamlarini tuzuvchi mutaxassislar va tanqidchilar o‘rtasida fiqh masalalarini mazhablarning an’anaviy normalariga qat’iy rioya qilmay hal etishdek qarshi yo‘nalish paydo bo‘lgan. Boshqacha aytganda, ular avvalgi davr fatvolariga mashhur ulamolar tomonidan chiqarilsa-da, ko‘r-ko‘rona amal qilma- ganlar. Dastlabki ulamolarning moslashuvchanlik yondashuvlarini qo‘llab, mumkin bo‘lgan o‘rinlarda o‘z fikrlarini sahih hadislar bilan asoslashga harakat qilganlar. Imom Buxoriy (810–870-yillar) va imom Muslim (817–875-yillar) kabi hadis ilmining mashhur bilimdonlari fiqh masalalarini hal etishda asosiy e’tiborni hadislarga qaratib, imkoni boricha barcha manbalardan foydalanganlar. Muhammad (s.a.v.)ning 68 sahih hadislari va izdoshlarining osarlarini to‘plashga bor kuchlarini sarflaganlar. Fiqhning tizimga solinishi, shuningdek islom ulamolarining Yunoniston, Rim, Eron va Hindistondagi tabiiy fanlar hamda falsafaga oid yirik asarlarni tarjima qilish jarayonlarida (tarjimalarning aksariyati shu davr (750–830-yillar)ning birinchi yarmida paydo bo‘lsa-da, biroq ularning ta’siri mazkur davrning ikkinchi yarmida sezila boshladi) tafakkur, deduksiya va xulosalashning yangi tizimlari bilan tanishganlar. Ushbu bilimlar ularning fiqhga bo‘lgan munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Natijada ular fiqhdagi asosiy (usul) va qo‘shimcha (furu’) manbalarni ajrata boshlaganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu ta’sir natijasida tafsir (Qur’onni sharhlash), hadislar va nahv (grammatika) tadqiqotning ixtisoslashgan tarmoqlariga aylangan. Fiqh yetakchi ulamolarining fikrlari yozib borilgan, islom qonunchiligining manbalari esa ahamiyatiga qarab birlamchi yoki boshqa o‘rinlardagi manbalar sifatida belgilangan va tasnif qilinadigan bo‘lgan. Musulmon huquqi manbalari tahlili davrining oxiriga kelib, ko‘plab ulamolar tomonidan manbalar ahamiyatiga ko‘ra, quyidagi tartibda tan olina boshlangan: Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling