Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ja’fariylik mazhabiga
Hanbaliy mazhabiga asos solgan ulamo 778-yilda tug‘ilgan Ahmad
ibn Hanbaldir. U o‘z davrining buyuk muhaddisi va bilimdoni bo‘lgan. Hadislarni o‘rganishga bel bog‘lagan imom Ahmad fiqh ilmi va hadislarni Abu Hanifaning mashhur shogirdi imom Yusuf hamda imom Shofi’iyning o‘zidan o‘rgandi. U zamonasining Mu’tazaliylar falsafasini qabul qilgan xalifalari tomonidan ko‘p marotaba ta’qib qilingan. Qur’on yaratilgan degan falsafiy oqimga qarshi chiqqani uchun xalifa Ma’mun (813–832)ning amriga ko‘ra ikki yil zindonda saqlangan. Zindondan ozod etilgach, uni yana ta’qib qilishni boshlagan Vosiq (842–846-yillarda hukmronlik qilgan) xalifa bo‘lgunicha Bag‘dodda mudarrislik qilishni davom ettirdi. Shundan so‘ng imom Ahmad dars berishni to‘xtatib, besh yil davomida, hokimiyat tepasiga xalifa al-Mutavakkil (847–861) kelguncha panoh izlab yurdi. Ushbu xalifa Mu’taziliylarni quvg‘in qilish 59 va ularning falsafasini rasman inkor etish orqali bu masala bo‘yicha tortishuvga to‘la-to‘kis yakun yasadi. Imom Ahmad vafotiga qadar (855) Bag‘dodda mudarrislik qildi. Hanbaliy mazhabining tashkil topishi. Imom Ahmad hadislarni to‘plash, hikoya qilish va sharhlashga katta ahamiyat bergan. Uning o‘qitish usuli 30000 dan ortiq hadislar kiritilgan va «al-Musnad» nomi bilan mashhur bo‘lgan yirik to‘plamida hadislar hamda ularning sharhi borasidagi sahobalarning fikrlarini yozdirishdan iborat edi. So‘ngra u ushbu hadislar va fatvolarni o‘z davrining turli muammolariga nisbatan qo‘llagan. U yoki bu masalani hal etish uchun mos keladigan hadis yoki fikr topilmagan taqdirda, shaxsiy fikrini taklif etardi. Biroq, shogirdlariga o‘zining shaxsiy mulohazalaridan hech birini yozib olishga ruxsat bermagan. Buning natijasida uning mazhabi shogirdlari tomonidan emas, shogirdlarining shogirdlari tomonidan yozib olingan. Hanbaliy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari. 1) Qur’on. Qur’onni qo‘llash borasida Ahmad ibn Hanbal va ungacha bo‘lgan imomlar o‘rtasida hech qanday farq bo‘lmagan. Boshqacha qilib aytganda, Qur’on boshqa manbalardan barcha sharoitlarda ustun qo‘yil- gan (ya’ni u huquqning boshqa manbalaridan butkul va shartsiz afzal ko‘rilgan); 2) sunna. Avvalgi imomlar kabi bu maktab asoschisi ham fatvolar chiqarishda qo‘llagan asosiy manbalar ichida Muhammad (s.a.v.)ning sunnasi ikkinchi o‘rinda turgan. Uning yagona o‘ziga xosligi marfu’ tamoyili, ya’ni bevosita Muhammad (s.a.v.)ning o‘zidan olingan ma’lumotlar bo‘lgan; 3) sahobalarning ijmolari. Imom Ahmad sahobalarning yakdil fikrlarini tan olardi va ularni huquqning asosiy manbalari orasida uchinchi o‘ringa qo‘yardi. Ammo u sahobalar davriga oid bo‘lmagan ijmolarni, islom davlati bo‘ylab tarqalib ketgan ulamolarning soni juda ko‘p bo‘lganligi uchun, aniq emas deb hisoblab, ularga ishonmagan. Uning fikricha, sahobalar davri o‘tgandan keyin ijmolar qabul qilinishi mumkin emas; 4) sahobalarning shaxsiy fikrlari. Sahobalar turlicha nuqtai nazar bildirgan masalalarga oid muammo paydo bo‘lgan taqdirda, Ahmad imom Molik kabi barcha fikrlarni e’tibordan chetda qoldirmagan. Aynan shuning uchun ushbu mazhab ichida muayyan masala bo‘yicha turli fikrlarni uchratish mumkin; 5) zaif hadislar. Yuqorida keltirilgan manbalarning hech birida hal etilmagan masalalar bo‘yicha fatvolar chiqarishda imom qiyosga 60 asoslanib mulohaza yuritishdan ko‘ra, zaif hadislardan foydalanishni afzal ko‘rgan. Biroq, zaif hadisning roviylaridan birortasi fosiq yoki kazzob (yolg‘onchi) bo‘lgan bo‘lsa, bunga yo‘l qo‘yilmagan; 6) qiyos. Bu usul so‘nggi chora sifatida, ya’ni boshqa asosiy manbalarni bevosita qo‘llash mumkin bo‘lmaganida qo‘llangan. Ahmad qiyos tamoyilini qo‘llashni uncha xush ko‘rmagan, odatda u o‘z fatvolarini yuqoridagi manbalarning birortasiga asoslangan holda chiqargan. Hanbaliy mazhabining asosiy namoyandalari imom Ahmadning ikki o‘g‘li – Solih (873-yilda vafot etgan) va Abdulla (903-yilda vafot etgan) edilar. Yirik hadislar to‘plamlarini tuzgan imom Buxoriy va imom Muslimlar ham imom Ahmadning shogirdlari hisoblanadi. Hanbaliy mazhabi vakillarining ko‘pchiligi hozirgi kunda Falastin va Saudiya Arabistonida yashaydilar. Shialik oqimi va uning mazhablari. Shialik oqimida quyidagi aqida ilgari suriladi: imomat, ya’ni payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) o‘rinbosarligi yoki islom davlati rahbarligi payg‘ambar vasiyatiga binoan faqatgina payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan Alining erkak avlodlariga xos bo‘lib qoladi. Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, shialar aqidasiga binoan imomat masalasi islom qoidasi va dinning asosi bo‘lgani uchun uni belgilash hamda tayinlash islom jamoasi (ummat)ga topshirilgan emas. Payg‘ambar tomonidan ushbu vakolat ummatga berilmagan. Islom jamoasi uchun imomni tayinlash payg‘ambarga vojibdir. Ularning fikricha, sahoba- larning afzali va payg‘ambar tomonidan birinchi xalifa qilib tanlangan Ali ibn Abu Tolib edi. Shialar aqidasiga binoan, «imomlar» oddiy insonlar jumlasidan bo‘lmay, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar: birinchidan, faqat payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan zotlar va ularning bolalari payg‘ambar oilasi hisoblanib, imomlik vakolatining haqiqiy va qonuniy egalaridir. Ikkinchidan, imom payg‘ambar emas. Ammo payg‘ambar bilan oddiy insonlar o‘rtasida turadi. Uchinchidan, imom har qanday gunohdan pok bo‘lib, hech qachon gunoh va xato qilishi mumkin emas. To‘rtinchidan, imom barcha bo‘lib o‘tgan va qiyomat kunigacha yuz beradigan ishlardan ilhom orqali voqifdir. Beshinchidan, Qur’onni tafsir qilish faqat imomga xosdir. Shuning uchun shialar imom sunniylar imomi (xalifasi)dan farqli o‘laroq birinchi muallif, g‘aybni biluvchi payg‘ambar bilimlarining merosxo‘ri bo‘lgan zot hisoblanadi. Doktor Z. Safoning ta’kidlashicha, 61 Ali zohiriy va botiniy (ichki) bilimlarini payg‘ambardan o‘rgandi. Ushbu qobiliyat undan keyin uning avlodlariga o‘tdi. Imomlarning har biri o‘z zamonida aholini o‘z ilmlaridan xabardor qilib kelganlar. Shuning uchun shialar, imomlardan rivoyat qilinmagan hadislarni qabul qilmaydilar. Shialarga, ayniqsa, Ja’fariylik mazhabiga xos xususiyatlar quyidagilar: a) imomat, ya’ni davlat boshqaruvini egallashga faqat imomlar loyiq deb ishonish; b) Qur’on va o‘z imomlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni asosiy manbalar deb qabul qilish, ijmo va qiyosni rad etish; d) ayrim namozlarni bir vaqtning o‘zida qo‘shib o‘qish; f) tahoratda oyoqlarni yuvmasdan, ularga faqat mas’h tortish; g) vaqtinchalik nikohni qonuniy deb hisoblash (Eron Islom Respublikasi Fuqarolik qonunining 6-bo‘limi 1075–1077-moddalarida vaqtincha nikoh «Nikohi munqati’» nomi bilan qonuniy hisoblangan); h) taqiya, ya’ni inson hayoti uchun xavfli hisoblangan joylar va vaziyatlarda o‘z e’tiqodi va mazhabini yashirish; i) azon aytayotganda «ashhadu anna Aliyan vali-alloh» (guvohlik beraman, Ali Allohning valiysi, ya’ni do‘stidir) iborasini qo‘shib aytish; j) nasroniy yoki yahudiy ayollar (ahli kitob ayollari)ga uylanishni harom, deb bilish. Shuningdek, bir o‘tirishda uch taloq berilsa, bitta taloq deb hisoblash; taloqning esa ikki odil kishining guvohligida qonuniy kuchga kirishini tan olish; k) go‘dak bir ayolni bir kecha-kunduz mobaynida yoki ketma-ket 15 marotaba emganda emizish hukmi joriy bo‘ladi. Shialik oqimi asosan ikki guruhga bo‘linadi: g‘oliylar (ko‘p mubolag‘a qiluvchilar) va mo‘tadillar (g‘ulotlar). G‘oliy shialar yettinchi asrdan boshlab Alini payg‘ambarlik yoki Xudolik darajasiga ko‘targanliklari uchun g‘oliylar (g‘ulot), ya’ni mubolag‘a qiluvchilar, deb atalganlar. Ulardan bir guruhining aqidasiga binoan, go‘yoki Ali payg‘ambar edi, lekin Jabroil xato qilib vahiyni unga emas, balki hazrat Muhammadga olib borgan. Xuddi g‘uroblar (qarg‘alar) bir-biriga o‘xshaganidek, Ali ham Muhammadga o‘xshar ekan. Shu sababli bular guruhni «g‘urobiya» deb ataganlar. Ulardan yana bir guruh Alini Xudolik maqomiga ko‘targan. Ularning talqinicha, Xudo Alining vujudiga kirib, uning tanasi bilan birlashgan emish. Yana ulardagi ayrim firqalarning aqidasiga ko‘ra, go‘yo har bir imomning ruhiga uluhiyat (xudolik) kirgan va bu ruh undan boshqasiga ham o‘tadi. 62 Nizoriy Ismoiliylar imomni payg‘ambardan ham ustun qo‘yadilar. Sababi, ularning aqidasicha, imomat bir o‘lmas va doimiy asl (asos)dan iboratdir. Agarda imom bir lahzaga bu dunyodan ketsa, hamma narsalar nobud bo‘lar emish. Ammo nubuvvat (payg‘ambarlik) vaqtincha bir mazhabiy ishidan iborat bo‘lib, Xudo o‘z payg‘ambarini imomning notig‘i sifatida yuboradi. Mo‘tadil shialar uchta mazhabga bo‘linadilar. Ular imomlarining soni nechta bo‘lishiga qarab farqlanadi. Ular Ja’fariy, Ismoiliy va Zaydiy mazhablaridir. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling