Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Shofi’iy mazhabi. Mazkur huquq maktabiga nomi berilgan shaxsning
to‘liq ismi Muhammad ibn Idris Shofi’iy bo‘lgan. U 769-yilda Shom mamlakatining O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi G‘azo shahrida tug‘ilgan. Yigitlik vaqtida imom Molikdan fiqh va hadis ilmlarini o‘rganish uchun Madinaga borgan. U imom Molikning «Al-Muvatto» kitobini yodlab oladi va ustoziga so‘zlab beradi. Shofi’iy imom Molikning vafotiga qadar (801) u bilan birga bo‘ladi, keyin Yamanga borib mudarrislik qildi. 805- yilda uni shialar ta’limotini targ‘ib qilganlikda ayblab, Iroqqa, Abbosiy xalifalardan Xorun ar-Rashid (786–809-yillarda boshqargan) huzuriga keltirgunlaricha o‘sha yerda bo‘ldi. U o‘z e’tiqodining to‘g‘riligini isbotladi va ozod qilindi. Shofi’iy Iroqda qolib, Abu Hanifaning iqtidorli shogirdi imom Muhammad ibn Hasanning qo‘lida ma’lum muddat tahsil oldi. Keyin u imom al-Laytdan saboq olish uchun Misrga yo‘l oldi, biroq yetib borganida imom hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu yerda u al-Layt mazhabini uning shogirdlaridan o‘rgandi. Shofi’iy to vafotiga qadar (820) xalifa al-Ma’mun (813–832) davrida Misrda hayot kechirdi. Shofi’iy mazhabining paydo bo‘lishi. Imom Shofi’iy Hijoz (Molikiy maktabi) va Iroq (Hanafiy maktabi) fiqhini birlashtirib, yangi mazhab yaratdi va uni o‘z shogirdlariga aytib yozdirdi. Shofi’iyning ilk mudarrislik davrini uning Misrga ko‘chib o‘tganidan boshlanadigan keyingi davrdan farqlash uchun odatda «Al-mazhab al- qadim» deb ataganlar. Bu yerda u imom al-Layt ibn Sodaning fiqhini o‘rganib chiqib, o‘z shogirdlariga «Al-umm» («Bosh kitob») deb nomlanuvchi boshqa bir kitob ko‘rinishidagi «Al-mazhab al-jadid» («Yangi mazhab»)ini yozdirdi. Misrga kelib huquqiy masalalar bo‘yicha ko‘plab mutlaqo yangi hadislar va mulohazalar bilan tanishgan Shofi’iy «Al-mazhab al-jadid» kitobida Iroqda o‘zi maqullagan huquqiy masalalar borasidagi ko‘pgina fikrlarini qayta ko‘rib chiqdi va o‘zgartirdi. Imom 57 Shofi’iy yana shunisi bilan ham mashhurki, «Al-risola» nomli kitobida bayon qilinganidek, u fiqhning asosiy tamoyillarini tartibga solib bergan birinchi imom edi. Shofi’iy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari. 1) Qur’on. Musulmon huquqi manbalari orasida Qur’on birinchi darajali ekanligi borasida Shofi’iy yuqorida eslab o‘tilgan imomlar bilan bir xil fikrda bo‘lgan. U avvalgi imomlar kabi Qur’onga qattiq suyangan. Qur’onning mazmunini chuqur o‘rganib chiqqach, o‘zida paydo bo‘lgan yangi fikr, bilim va tushunchalarini qo‘shimcha qilardi, xolos; 2) sunna. Imom Shofi’iy hadislarning maqbul bo‘lishiga birgina shart qo‘ygan, bu ularning sahihligi edi. Imom Abu Hanifa va imom Molik qo‘ygan boshqa barcha shartlarni rad etdi. Shofi’iy hadis tanqidchiligi sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan ham ajralib turadi; 3) ijmo. Ba’zi holatlarda ijmoni qo‘llash mumkinligiga jiddiy e’tirozlar bildirgan bo‘lishiga qaramay, Shofi’iy ijmo tamoyili qo‘lla- nilgan ayrim holatlarda unga uchinchi darajali musulmon huquqi manbai sifatida qarash mumkin deb hisoblagan; 4) sahobalarning shaxsiy fikrlari. Imom Shofi’iy sahobalarning shaxsiy fikrlari o‘zaro mos kelgan hollarda ularga katta ahamiyat bergan. Biror masala bo‘yicha sahobalarning shaxsiy fikrlari o‘zaro mos kelmasa, xuddi Abu Hanifa kabi qaysi fikr asosiy manbalarga yaqin tursa, shuni olib qolgan, qolganlarini chiqarib tashlagan; 5) qiyos. Mazkur imomning fikriga ko‘ra, qiyos oldingi manbalardan yangi fatvolar chiqarishning ruxsat etilgan usullaridan biridir. Biroq, Shofi’iy ahamiyatiga ko‘ra, uni sahobalarning fikriga asoslangan dalillardan ham pastda turuvchi shaxsiy mulohazalar qatoriga kiritgan; 6) istis’hob (bog‘lash). Shofi’iy Abu Hanifa qo‘llagan istihson tamoyilini ham, imom Molik ishlatgan istisloh tamoyilini ham bid’atning bir ko‘rinishi deb hisoblagan holda inkor etgan. Chunki uning fikricha, mazkur imomlar ilohiy vahiy mavjud bo‘lgan paytda, asosan, insonning subyektiv mulohazalariga asoslangan. Biroq, o‘xshash masalalarni ko‘rib chiqishda Shofi’iy baribir istihson yoki istislohga o‘xshash tamoyilni qo‘llashga majbur bo‘lgan va uni «bog‘liqlikni topish» degan ma’noga ega «istis’hob» deb nomlagan. Ta’kidlash joizki, uning ilgarigi bilan o‘z davriga oid normalari orasidagi bog‘liqlikni topish yo‘li fiqhda yangi fatvolarni ishlab chiqish jarayonining xuddi o‘zi edi. Istis’hob – ma’lum sharoitlar uchun qo‘llangan fatvolar ushbu sharoitlar o‘zgarganda ham u to‘g‘risida hech narsa deyish mumkin bo‘lmasa, bunday fatvolar o‘z kuchini yo‘qotmaydi, 58 degan farazga asoslangan. Masalan, biror kimsa uzoq muddat yo‘qolib qolib, uning hayot yoki vafot etganligi noma’lum bo‘lganda, istis’hob tamoyiliga asosan, barcha huquqiy qoidalar o‘sha kimsaning hayotligida qanday qo‘llansa yoki qanday rioya etilgan bo‘lsa, shundayligicha qolishi kerak, deb hisoblangan. Shofi’iy mazhabining mashhur namoyandalari. Imom Shofi’iy maktabini davom ettirgan mashhur shogirdlari Muzaniy, Robiy va Yusuf ibn Yahyo edilar. Muzaniy (791–876)ning to‘liq ism sharifi Ismoil ibn Yahyo al- Muzaniy bo‘lgan. U Misrda imom Shofi’iy bilan doim birga bo‘lgan. Muzaniy Shofi’iy fiqhining barchasini to‘plab, kitob holiga keltirgan. Uning «Muxtasar al-Muzaniy» nomli asari Shofi’iy mazhabi fiqhiga oid eng ko‘p o‘qiladigan manbaga aylangan. Ar-Robiy al-Marodiy (790-873). Shofi’iyning «Al-umm» kitobini hikoya qilishda Robiyga hech kim teng kela olmas edi. U bu kitobni «Ar- risola» va boshqa kitoblar bilan bir vaqtda imom Shofi’iy tirikligi vaqtida yozib olgan edi. Yusuf ibn Yahyo Buvaytiy mazkur mazhabning asosiy ustozi sifatida Shofi’iyning o‘rnini egallagan. Shofi’iy mazhabiga ergashuvchilarning ko‘pchiligini hozirgi kunda Misr, Arabiston yarim orolining janubiy qismi (Yaman, Xazramavt), Shri Lanka, Indoneziya, Malayziya, Sharqiy Afrika (Keniya, Tanzaniya) hamda Surinam (Janubiy Amerika)da istiqomat qiadilar. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling