Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
4. Sahobalarning shaxsiy fikrlari. Imom Molik sahobalarning
fikrlarini, ularning o‘zaro mos kelishi yoki kelmasligiga qaramasdan, o‘zining «Al-Muvatto» hadislar kitobiga kiritgan. Biroq, sahobalarning shaxsiy fikrlaridan ko‘ra, jamoaning yagona fikrini afzal ko‘rgan. Biror masala bo‘yicha sahobalarning shaxsiy fikrlari bo‘lsa, imom Molik bu fikrlarni o‘z nuqtai nazaridan ustun qo‘ygan. 5. Qiyos. Yuqorida zikr etilgan manbalarda tilga olinmagan masalalar bo‘yicha imom Molik shaxsiy deduktiv mulohaza yuritish usulini qo‘llagan. Biroq mulohaza yuritishning bu shakli subyektiv tabiatga ega bo‘lganligi uchun u bu ishni o‘ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirgan. 6. Madina aholisining urf-odatlari. Imom Molik Madina aholisi amal qiladigan kamyob odatlarga ham, agar ular mashhur hadislarga zid kelmasa, ahamiyat bergan. Bunday odatlar muayyan holatlarda namoyon bo‘lishiga qaramay, imom Molik musulmonlarning birinchi avlodidan o‘tib kelayotganligi uchun saqlab qolinishi kerak, zero ularning mavjudligining o‘zi sahobalar va hattoki, Muhammad (s.a.v.) tomonidan ma’qullanganini bildiradi, deb fikr yuritardi. 55 7. Istisloh. Abu Hanifa tomonidan rivojlantirilgan istihson tamoyilini imom Molik va uning shogirdlari ham qo‘llangan. Biroq ular mazkur atamani «qulay va ko‘proq mos keladigan» ma’nosini ifodalovchi «istisloh» atamasi bilan nomlaganlar. U inson farovonligi sohasiga oid, biroq musulmon huquqida alohida ko‘rib chiqilmagan barcha narsalarga taalluqli bo‘lgan. Istislohga misol sifatida xalifa Alining qotillik sodir etgan guruhning har bir a’zosi, qotillik aslida guruhdagi bir shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa ham, aybdor hisoblanadi, degan fatvosini keltirish mumkin. Musulmon huquqining normalari faktik qotilning o‘zigagina tegishli bo‘lgan. Istislohning yana bir misoli sifatida musulmon hukmdorlarining boylardan nafaqat zakot, balki, agar bunga davlat manfaatlari yo‘lida zarurat tug‘ilsa, boshqa soliqlarni undirish huquqini eslab o‘tish mumkin. Biroq musulmon huquqida faqat zakot tilga olingan xolos. Imom Molik mavjud talablardan kelib chiqadigan normalarni qiyos usuli orqali chiqarishda ham istislohdan foydalangan. 8. Urf. Abu Hanifa kabi imom Molik ham musulmon dunyosidagi barcha xalqlarning musulmon huquqi ruhiga zid kelmaydigan turli urf- odatlarini huquqning ikkinchi darajali manbai hisoblagan. Masalan, Suriyadagi bir odatga ko‘ra, «dabba» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «to‘rt oyoqli hayvon» bo‘la turib, uni «ot» ma’nosida qo‘llaydilar. Shuning uchun Suriyada tuziladigan dabba shaklidagi to‘lov talab qilingan shartnomalarda, yuridik nuqtai nazardan, to‘lovni ot bilan amalga oshirish nazarda tutilgan. Biroq, arab dunyosining boshqa yerlarida to‘lovning ot bilan amalga oshirilishi aniq ko‘rsatilishi shart bo‘lgan. Molikiy mazhabining mashhur namoyandalari. Imom Molikning keyinchalik o‘z mazhabini yaratmagan shogirdlaridan eng mashhurlari al- Qosim va Uahb edilar. Abu Abdurahmon ibn al-Qosim (745–813) Misrda tug‘ilgan, Madinaga kelib yigirma yildan ortiq imom Molik qo‘lida ta’lim oldi. U Molikiy fiqhi bo‘yicha «Al-Muvatto»ni ham ortda qoldiruvchi keng qamrovli «Al-Mudovanna» kitobini yozdi. Abu Abdulloh ibn Uahb (742–819) ham imom Molikdan saboq olish uchun Misrdan Madinaga kelgan. U fatvolar deduksiyasidagi qobiliyatini shu darajada namoyon qildiki, imom Molik unga muftiy unvonini berdi. Bu unvon musulmon huquqining rasmiy sharhlovchisi (fatvo beruvchi) degan ma’noni anglatadi. Uahbga Misr qozisi lavozimini taklif qilishgan, biroq u erkin olim bo‘lib qolish uchun undan voz kechgan. Imom Molikning mashhur shogirdlari orasida boshqa mazhablarga mansublari ham bo‘lib, ba’zilari Molikdan o‘rganganlari asosida o‘z 56 mazhablariga tuzatishlar kiritganlar. Masalan, Abu Hanifaning eng birinchi shogirdlaridan bo‘lgan Muhammad Shayboniy shular jumlasidandir. Shuningdek, ular qatorida imom Molik va boshqalarning ta’limotlarini birlashtirib, o‘z mazhablarini yaratganlari ham bor. Masalan, ko‘p yillar davomida Imom Molik hamda Abu Hanifaning shogirdi Muhammad Shayboniydan ta’lim olgan Muhammad ibn Idris Shofi’iy shular jumlasidandir. Hozirgi kunda bu mazhab vakillarining asosiy qismi Yuqori Misrda, Shimoliy Afrikada (Tunis, Jazoir, Marokash), G‘arbiy Afrikada (Mali, Nigeriya, Chad va b.) hamda Fors ko‘rfazi davlatlarida (Quvayt, Qatar va Bahrayn) yashaydilar. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling