Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Hanafiy mazhabining mashhur namoyandalari
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Hanafiy mazhabining mashhur namoyandalari
(Abu Hanifaning shogirdlari) Zufar ibn Huzayl (732–774) Hanafiy mazhabining taniqli vakillaridan hisoblanadi. U ustozi Abu Hanifadan o‘rnak olib, bir necha marta takliflar bo‘lganiga qaramay, qozi lavozimini qabul qilishdan voz kechganlardan biri edi. U mudarrislik qilishni afzal ko‘rdi va umrining oxirigacha, 42 yoshida Basra shahrida vafot etguniga qadar, shu ish bilan shug‘ullandi. Abu Yusuf Yoqub ibn Ibrohim (735 – 795) Kufada kambag‘al oilada tug‘ilgan. U hadislarni chuqur o‘rganib, hadis ilmi sohasida ko‘zga ko‘ringan olimga aylandi. 9 yil davomida Kufada madinalik mashhur sahobaning o‘g‘li imom ibn Abu Laylo (765-yilda vafot etgan)dan fiqhni o‘rgandi. Keyinroq yana shuncha vaqt Abu Hanifaning qo‘lida tahsil oldi. Abu Hanifa olamdan o‘tgach, Madinaga borib, ma’lum muddat imom Molikdan ilm o‘rgangan. Abu Yusuf Abbosiy xalifalar tomonidan davlatning bosh qozisi etib tayinlangan. Bosh qozi sifatida u shahar qozilarini tayinlardi, uning barcha yaqinlari Hanafiy mazhabining davomchilari edilar. Bu ushbu maktab g‘oyalarining butun musulmon imperiyasi bo‘ylab yoyilishiga yordam bergan omillardan biri edi. Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy (749–805) Kufada voyaga yetgan. Abu Yusuf kabi u ham avval hadislarni o‘rganib chiqqan. U bir oz muddat Abu Hanifadan tahsil oldi, Abu Hanifa vafot etgach, unga Abu Yusuf ustozlik qildi. Keyinroq Madinaga borib, uch yil davomida imom Molikdan saboq oldi. Bu muddat ichida u Molikning «Al-Muvatto» kitobi bo‘yicha asosiy hadis aytuvchilardan biriga aylandi. Imom Shofi’iy Muhammad ibn Hasandan ta’lim olgan ko‘plab shogirdlardan biri edi. Muhammad ibn Hasan ham xalifa Xorun ar-Rashid hukmronligi davrida qozilik lavozimiga tayinlangan, lekin oz fursat ichida bu lavozim ko‘pincha murosa qilishni talab etganligi sababli undan voz kechdi va Bag‘dodga mudarrislik lavozimiga qaytdi. Hanafiya mazhabiga mansub bo‘lganlarning ko‘pchiligi hozirgi kunda Hindiston, Afg‘oniston, Iroq, Siriya, Turkiya, Gayana, Trinidad, Surinam va qisman Misrda yashaydilar. Sobiq Ittifoq hududida istiqomat qiluvchi musulmonlarning ko‘pchiligi ham ushbu mazhab vakillari hisoblanadilar. XII asrda Usmoniy hukmdorlar musulmon huquqini Hanafiy mazhabiga moslashtirib, uni davlat qonunchilik darajasiga olib chiqishgach, qozilik lavozimini egallamoqchi bo‘lgan ham bir ulamo mazkur mazhabni o‘rganib chiqishi shart bo‘lgan. Buning natijasida XIX 51 asrning ikkinchi yarmiga kelib, Hanafiy mazhabi butun Usmoniylar davlati bo‘ylab yoyilib ketdi. Hanafiy mazhabining tarqalishiga quyidagi omillar sabab bo‘ldi. Birinchi omil. Ushbu mazhab mohiyati, ta’limoti va qo‘llanish uslubi bilan jamiyatda yuz berib turadigan huquqiy muammolarni hal etish imkoniyatiga ega bo‘lib, har qanday savolga javob topa olgan. Bunday imkoniyat shundan kelib chiqadiki, Hanafiy mazhabi biror masala to‘g‘risida nass (Qur’on yoki hadislar matni) mavjud bo‘lmasa, qiyos va uning eng muhim turi bo‘lgan qiyosi hafiy, ya’ni yopiq yoki yashirin qiyos (istihson)ga tayanib ish olib borgan, shuningdek, urf-odatga katta e’tibor qaratgan. Bunday uslubdan foydalanish xalq uchun hayotiy muammolarni musulmon huquqi qoidalariga asoslanib yechishda qulaylik tug‘dirib, Hanafiy mazhabining tarqalishi uchun zamin yaratib bergan. Ikkinchi omil. Hanafiylik ilmiy asoslarga tayangan mazhab sifatida Abbosiylar imperiyasining mazhabi bo‘lgan. Undan keyin G‘aznaviylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar, Boburiylar, shuningdek, Usmoniylar davrida ham asosiy va davlat mazhabiga aylanishi uning rivojlanishi va tarqalishi uchun katta imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ushbu davlatlarda, ayniqsa, Abbosiylar, G‘aznaviylar, Usmoniylar davlatlarida sud tizimi rivojlandi. Alloma ibn Obidin aytganidek, ularning barcha qozilari va shayx ul-islomlari Hanafiy mazhabi vakillari bo‘lganlar. Uchinchi omil – Abu Hanifa shogirdlarining ko‘pligi. Shayx Mahmudxon Tunkiy yozgan 60 jildlik «Majma’ul-musannifiyn» kitobida zikr etilishicha, uning shogirdlari (Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan, Zufar va Abdulhasandan tashqari)ning ko‘pchiligi Movarounnahr, Xuroson va Eron hududlaridan edilar. Ularning ba’zilari, masalan, Usmon al-Bustiy va boshqalar yuksak ilmiy maqomga ega bo‘lib, ushbu mazhabni yoyish yo‘lida katta xizmat ko‘rsatganlar. Ulardan ayrimlari eng salohiyatli fiqhshunoslar sifatida uning ilmiy uslubi, huquqiy qarashlarini yoritib, ba’zan unga qarshi o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirganlar. To‘rtinchi omil. Abu Hanifaning iqtidorli shogirdlaridan keyin ularning izdoshlari bo‘lgan bir guruh faqihlar yetishib chiqib, musulmon huquqi hukmlarini istinbot va istihroj (tahlil) qilish va ularni asrlar davomida yuz bergan hodisalarga tatbiq etish muammolariga jiddiy yondashganlar. Abu Zahraning ta’kidlashicha, ular mazhablariga tegishli bo‘lgan juz’iy masalalar asosi bo‘lgan hukmlarning illatlari (sabablari)ni belgilab olgandan keyin, umumiy va qamrab oluvchi qoidalarga tayangan 52 holda, bir-biri bilan uyg‘unlashgan masalalarni to‘plashga urindilar. Shunday qilib, mazhab bo‘yicha tafriy’, ya’ni juz’iy masalalar (furu’l- fiqh) va fiqhning barcha tarmoqlarini birlashtiruvchi va umumiy tamoyillarga e’tibor beruvchi asosiy qoidalar va umumiy nazariyalar (usul ul-fiqh) yuzaga kelgan. Izohlab o‘tilgan to‘rt omil Hanafiy mazhabining islom dunyosida keng ko‘lamda tarqalib, rivojlanishining asosiy sabablari hisoblanadi. Hozirgi kunda Hanafiylikning jo‘g‘rofiy hududi Markaziy Osiy davlatlaridan boshlab, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron, Iroq, Arabiston, Yaman, Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Turkiya, Indoneziya va boshqa musulmon o‘lkalariga yetib boradi. Abu Hanifa mazhabi aytib o‘tilgan mamlakatlarning ayrimlarida asosiy mazhab bo‘lsa, ayrimlarida ikkinchi yoki uchinchi o‘rinda turadi. Hanafiy mazhabi Shimoliy Afrika mamlakatlari (Tunis, Jazoir, Marokash)da ham tarqalgan. Bu o‘lkalarda hanafiylar soni ko‘p bo‘lmasa ham, bu mazhab olimlari katta izzat va hurmatga ega. Tunis poytaxtida sud ishlari hanafiy va molikiy mazhablari asosida yuritilib, unda hanafiy sud tizimi molikiy sud tizimi bilan birga qo‘llaniladi. Hasan Sodiqning ta’kidlashicha, bu yerda hanafiy mazhabining buyuk muftiylari mavjud bo‘lib, barcha ustidan ma’naviy rahbarlik maqomida turib, «shayx ul- islom» deb ataladilar. Shuningdek, odat bo‘yicha Zaytuna universiteti o‘qituvchilarining yarmi hanafiylardan va yarmisi esa molikiylardan bo‘ladi. Hanafiy mazhabi tarafdorlari Hindistonda 48 mln.ga yetib boradi. Janubiy Amerika va Braziliyada 25 mln hanafiy musulmonlari yashaydilar. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling