Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Molikiy mazhabiga asos solgan ulamo Molik ibn Anas ibn Amir 717-
yilda Madinada tug‘ilgan. Uning bobosi Amir Muhammad (s.a.v)ning Madinada yashagan asosiy izdoshlari qatoridan o‘rin olgan edi. Molik hadislarni o‘z zamonining yirik ulamosi bo‘lgan az-Zuhriy va sahoba Abdulla ibn Umar ozod qilgan qul – buyuk hadis aytuvchi Nofiydan o‘rgangan. Molik faqat haj safarini ado etish uchungina Madinani tark etgan, shu bois u asosan Madinada tarqalgan hadislarni bilish bilan cheklangan. 764-yilda u majburlab ajratish haqiqiy hisoblanmaydi, degan fatvo chiqargani uchun Madina amirining buyrug‘iga binoan ayovsiz kaltaklangan. Bu fatvo Abbosiylar sulolasi xalifalarining amaliyotiga zid edi. Bu amaliyotga ko‘ra, xalq sodiqlik to‘g‘risida qasamyod qilgan vaqtda «ushbu qasamni buzgan har qanday shaxs o‘z-o‘zidan xotinidan ajrashgan hisoblanadi», degan bandni qo‘shib 53 aytar edi. Imom Molikni bog‘lab qo‘yib, qo‘llari qattiq jarohat olguniga qadar kaltaklaganlar. Jarohat shunchalik og‘ir ediki, salotni ado etayotgan vaqtda imom qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ya olmay qolgan, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ibodat vaqtida u qo‘llarini pastga tushirib turgan. Imom Molik qirq yil Madinada hadis ilmidan ta’lim bergan va Muhammad (s.a.v.)ning hadislari hamda sahobalar va ularning shogirdlari asarlaridan tashkil topgan «Al-Muvatto» kitobini yaratgan. Muhammad (s.a.v.)ning sunnasiga asoslangan va barcha holatlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan keng qamrovli qomusga ega bo‘lish istagida bo‘lgan Abbosiylar xalifasi Abu Ja’far al-Mansurning iltimosiga ko‘ra, Molik hadislar to‘plamini yaratishni boshlagan. Biroq, bunday kitob yozib tugatilgach, Molik uning odamlarga majburan tatbiq etilishiga qarshi chiqdi va buning sababini butun Islom imperiyasi bo‘ylab tarqalib ketishga ulgurgan sahobalar sunnaning boshqa qismlarini o‘zlari bilan olib ketganliklari va butun davlatga oid har qanday qonunda ular ham o‘z aksini topmog‘i lozimligi bilan izohladi. Xuddi shunday iltimos bilan Xorun ar-Rashid (768–809) ham imomga murojaat qilgan, biroq rad javobini olgan. Imom Molik o‘zi tug‘ilgan shaharda 801 yilda, 83 yoshida vafot etdi. Molikiy mazhabining tashkil topishi. Imom Molikning ta’lim berish uslubi hadislarni hikoya qilish va ularning mazmunini o‘sha davr muammosi doirasida muhokama qilishga asoslangan edi. U o‘z shogirdlariga musulmon huquqining turli sohalariga oid hadislar va osarlarni (sahobalarning naql qilganlari) hikoya qilib berar, so‘ngra ulardan qanday xulosalar chiqarish mumkinligi haqida suhbat qurardi yoki oldiga kelgan shogirdlaridan yuzaga kelgan muammo haqida so‘rab, ularni hal etishda qo‘llash mumkin bo‘lgan hadis yoki osarlarni aniqlab berardi. Molik «Al-Muvatto»ni tugatgach, uni o‘z mazhabining manbai sifatida mazmunini shogirdlariga gapirib bergan. Har safar yangi ma’lumotlarga ega bo‘lganida, ma’ruzasida oz-moz qo‘shimchalar yoki juz’iy qisqartirishlar bo‘lar edi. U iloji boricha mulohaza yuritish va gipotezik fiqh amaliyotidan qochardi, shuning uchun uning maktabi va izdoshlarini Hadis ahli (Ahl al-hadis) deb ataganlar. Molikiylar mazhabi foydalangan huquq manbalari. Imom Molik islom normalarini quyidagi manbalarga asoslanib chiqargan: 54 1. Qur’on. Barcha imomlar kabi Molik Qur’onni musulmon huquqining birinchi darajali manbai hisoblar va uni hech qanday shartlarsiz qo‘llar edi. 2. Imom Molik sunnani musulmon huquqining muhimligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi manbai sifatida qo‘llagan. Biroq, Abu Hanifa kabi uni qo‘llash borasida ayrim cheklovlar kiritdi. Agar qaysidir hadis Madina aholisining odatdagi amaliyotiga zid kelsa, uni rad etardi. Ammo Abu Hanifadan farqli o‘laroq, u qo‘llanayotgan hadisning mashhur bo‘li- shi shart, degan qat’iy talab qo‘ymas edi. Aksincha, u o‘zi eshitgan har qanday hadisni, agar hikoya qiluvchilari yolg‘onchi sifatida nom chiqar- magan va xotira zaifligi dardiga chalinmagan bo‘lsalar, qo‘llayverardi. 3. Amal – Madina aholisining amaliyoti. Imom Molik Madina aholisining ko‘pchiligi Muhammad (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodlari, Madina esa Muhammad (s.a.v.) umrining so‘nggi o‘n yilini o‘tkazgan joy ekanligi tufayli shahar aholisi qo‘llagan an’analar Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsan o‘ziga ma’qul kelmagan taqdirda ham, ruxsat etilganlik maqomini olishi lozim, deb hisoblardi. Shunday qilib, imom Molik Madina aholisining an’analariga musulmon huquqi manbalarining nihoyatda ishonchli, so‘zda emas, amaldagi turlaridan biri sifatida qaragan. Abu Hanifa kabi imom Molik ham sahobalar hamda boshqa ulamolarning ijmolarini musulmon huquqining ahamiyatga molik manbai, deb hisoblardi. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling