Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSULMON HUQUQINING NORMALARI VA TURLARI 5.1. Musulmon huquqiy normalari va ularning tasniflanishi
Savol va topshiriqlar
1. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi sabablarini tushuntiring. 2. Sunniylarning qanday mazhablari mavjud bo‘lgan? 3. Sunniylik va shialik ta’limotlari o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat? 4. Islomning turli huquqiy maktablari kelajakda birlashishi mumkinmi? 5-BOB. MUSULMON HUQUQINING NORMALARI VA TURLARI 5.1. Musulmon huquqiy normalari va ularning tasniflanishi Musulmon huquqining O‘zbekiston hududida yoyilishi va uning mamlakat huquqiy hayotida mustahkam o‘rin egallashi arab xalifaligining mintaqada yuritgan siyosati, islom dinini yoyish borasidagi sa’y- harakatlarining natijasidir. Movarounnahrdan yetishib chiqqan huquq- shunos olimlar musulmon huquqi nazariyasi va amaliyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ularning samarali ijodiy faoliyati tufayli ushbu huquqning turli sohalari va institutlariga bag‘ishlagan asarlar yaratilgan. Ushbu huquqiy tizimning nazariy asoslari mustahkamlanib, uning dovrug‘i butun olamga yoyilgan. 71 O‘zbekiston hududida Hanafiylar huquq maktabi ta’limotlari keng yoyilgan. Barcha huquqiy masalalar ushbu maktab namoyandalarining fikr-mulohazalariga tayanib, hal qilingan. Mintaqada musulmon huquqidan tashqari odat huquqi va ijobiy huquq normalarining ham amal qilishiga imkoniyat yaratilgan. Musulmon huquqshunoslari ushbu huquq tarkibidagi o‘zaro bog‘liq ikki guruhni farqlaydilar 1 . Birinchisi – Qur’oni karim va sunnadagi huquqiy ko‘rsatmalar. Bu normalar faqihlar ta’kidlaganlaridek, ilohiy tabiatga ega. Ikkinchisi esa, ijmo va qiyos asosida rasmiylashtirilgan normalar. Asosiy normalar sifatida dastlabki ikki manbadagi (Qur’oni karim va sunna) normalar tan olingan. Musulmon huquqshunos olimlarining fikrlaricha, haqiqiy normalar faqat Qur’oni karim va sunnada ifodalangan, boshqa manbalarda ko‘rsatilgan normalar esa ularni to‘ldirishga xizmat qiladi. Musulmon huquqidagi normalarning o‘rni va ahamiyati uning qaysi manbadan olinganligiga qarab belgilanadi. Agar o‘rganilayotgan masala yuzasidan chiqarilgan qaror (hukm) musulmon huquqining asosiy manbalariga tayangan bo‘lsa, o‘rganish darhol to‘xtalgan. Ammo qaror ikkilamchi manbalar yoki mujtahidlarning fikrlari asosida chiqarilgan bo‘lsa, qozilar yoki muftilar o‘sha qarorning o‘rniga boshqasini tanlash huquqiga ega bo‘lganlar. O‘zining aniqligi bilan Qur’oni karim va sunnadagi normalar ikki toifaga ajratilgan. Birinchisi – aniq, turli izohlarga muhtoj bo‘lmagan normalar. Bu turdagi normalar aniqligi va tushunarliligi bilan ajratiladi, bevosita va yagona tartibda amaliyotda qo‘llaniladi, ularni tushunishda ijtihodga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikkinchisi – boshqa ma’nolarni ham ifodalovchi turli izohlarga muhtoj mavhum normalar. Bunday normalarga ijtihod orqali aniqliklar kiritish zarur bo‘ladi. Qur’oni karimning «Moida» surasi 106-oyatida: «Ey mo‘minlar, birovingizga o‘lim kelib vasiyat qilar vaqtida, o‘zingizdan bo‘lgan ikki adolat egasi yoki agar biror yerga safar qilib, o‘sha yerda sizga o‘lim yetgan bo‘lsa, o‘zgalardan bo‘lgan ikki kishi o‘rtalaringizda guvoh bo‘lsin», – deyiladi. Ushbu oyatda vasiyatga asoslangan meros qoldirishni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qoida ifodalangan bo‘lib, uning mohiyatini aslicha tushunish lozim. Ya’ni mazkur oyatni o‘zgacha tushunish yoki sharhlash mumkin emas. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ȺɛɞɭɥΙɨɞɢɪ ȸɞɚ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɢɞɚ ɠɢɧɨɹɬ ԕɨɧɭɧɥɚɪɢɧɢ ɞɭɧɺɜɢɣ ԕɨɧɭɧɥɚɪ ɛɢɥɚɧ ԕɢɺɫɢɣ ʆɪɝɚɧɢɲ (Ⱥɪɚɛ ɬɢɥɢɞɚ). ɀ. 2. – Ȼɚɣɪɭɬ, 1985. 72 Mazmuni mavhum, unchalik aniq bo‘lmagan normalarda qat’iy, aniq qoidalar belgilanmagan. Unga aniqlik kiritishda sharhlash yo‘li orqali tegishli xulosa chiqariladi. Masalan, Qur’onning «Nur» surasi 56-oyatida: Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling