Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Musulmon huquqida diniy-huquqiy mazhablarning
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
4.3. Musulmon huquqida diniy-huquqiy mazhablarning
o‘rni va ahamiyati Fiqhning yuksalgan davri taxminan 750-yildan 950-yiligacha davom etgan va xalifa Abul Abbos (750–754-yillarda hukmronlik qilgan) asos solgan Abbosiylar sulolasining mustahkamlanishi va tanazzuli davriga to‘g‘ri kelgan (Abbosiylar Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning amakisi Abbosning avlodlari bo‘lgan). Aynan shu davrda fiqh mustaqil fan sifatida shakllangan. Islom ilmiy muhiti xalifa tomonidan qo‘llab- quvvatlandi va munozarali masalalar yuzasidan bo‘ladigan tortishuvlar va fikr almashishlarning keng miqyosda bo‘lganligi uchun tez sur’atda rivojlanib bordi. Hadislar va fiqh to‘plamlarining tuzilishi, ilmiy, falsafiy va teologik asarlarning arab tilidan tarjima qilinishi islomiy tafakkurga 64 katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu davrning oxiriga kelib fiqh ikki qismga bo‘lindi: asos bo‘luvchi tamoyillar (usul) va fiqh sohalarini yorituvchi asarlarning tamoyillari (furu). Fiqhning rivojlanishi davrida mazhablar taraqqiyotiga taalluqli ikki yo‘nalish ko‘zga tashlanadi. Birinchisi, yetakchi mazhablarning asoschilari bo‘lmish buyuk imomlar va ularning izdoshlari zamonida paydo bo‘lgan. Bu mazhablar tez fursatda bo‘linib ketganliklariga qaramasdan, huquqiy normalar, fatvolarni chiqarish va qabul qilishda o‘z salaflarining zamoniga xos moslashuvchanlik an’anasini davom ettirdilar. Ikkinchi yo‘nalish turli mazhablarga mansub yirik ulamolarning vafotlaridan keyingi davrda ko‘zga tashlangan. Bu davrda fatvolarni qattiqqo‘llik asosida chiqarish va joriy qilish boshlangan. Bunday yondashuv keyingi davrlar mazhablari va tabiiyki, ularning fiqhini ilgarigilaridan ajratib turuvchi asosiy xususiyat sifatida namoyon bo‘lgan. Buyuk imomlar va ularning mashhur shogirdlari davri (750–850- yillar)dagi fiqhning rivojiga quyidagi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatgan: 1) ulamolarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Abbosiylar sulolasining dastlabki xalifalari islom qonunlari va huquqshunos olimlarini hurmat qilganlar. Shu bois ushbu sulolaning barcha xalifalari o‘z farzandlarini yirik ulamolar huzuriga faxr bilan tahsil olishga yuborganlar. Shuningdek, ba’zi xalifalarning o‘zlari ham huquqshunos olim bo‘lib yetishganlar, masalan, Xorun ar-Rashid (786–809-yillarda hukmronlik qilgan) shunday xalifalardan biri bo‘lgan. Bu davrda xalifalar fiqhga doir masalalarda mashhur ulamolar bilan kengashib turganlar. Masalan, xalifa al-Mansurning imom Molikka sunna haqida kitob yozishni topshirgani tarixiy dalildir. Kitob tayyor bo‘lgach, xalifa imom Molikdan uni davlatning asosiy qonuniga (konstitutsiyasiga) aylantirib, shu orqali imom Molikning mazhabini barcha musulmonlarga majburiy ravishda qabul qildirish mumkin yoki yo‘qligini so‘ragan. Lekin imom bunga rozi bo‘lmagan. U alohida bir mazhabning qoidalari barcha musulmonlar uchun majburiy qilib qo‘yilishi mumkin emas, deb hisoblagan. Imom Molik har qanday alohida faoliyat ko‘rsatayotgan mazhab mukammal emas, deb hisoblagan. Chunki mamlakatning boshqa hududlariga safar qilgan sahobalardan eshitilgan ko‘plab boshqa hadislar ham o‘sha davrda mavjud bo‘lgan. Davlatning fiqh ulamolarini qo‘llab- quvvatlashi, ularga qayg‘urishi Ummaviylar hukmdorligining ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan ko‘pgina mazhablarning taraqqiyotiga katta turtki bo‘ldi. 65 Biroq, qayd qilish joizki, ulamo va qozilarga keng fikr erkinligi huquqi berilganiga qaramay, ularning qarorlari davlat siyosatiga zid kelgan taqdirda, ayovsiz jazolangan. Masalan, imom Molik chiqargan fatvo Abbosiy xalifalardan birining siyosatiga zid kelganligi bois, u zindonband etilib, qiynoqqa solingan. Sababi xalifaning talabiga ko‘ra, fuqarolar unga sodiq bo‘lishga qasam ichishlari, mabodo kimdir qasamini buzsa, o‘z-o‘zidan xotini bilan ajrashib ketishga majburligi shart deb belgilanib, ommaga e’lon qilinishi zarur bo‘lgan. Imom Molikning fatvosida esa majburlab ajratish hech qanday ta’sir kuchiga ega emas, deyilib, xalifaning talabi rad etilgan edi; Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling