Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSULMON HUQUQINING TARMOQ VA INSTITUTLARI. ISLOM DAVLATI VA MOLIYA HUQUQI 6.1. Islomda «davlat huquqi» tushunchasi
Savol va topshiriqlar
1. «Islom davlatlarida huquqiy normalar» tushunchasining mohiyatini tushuntiring. 2. Ijtihod – musulmon huquq ijodkorligining ma’nosini tushuntiring. 3. «Islom huquqi normalari» tushunchasi, turlarini izohlang. 4. «Tavsiya etuvchi normalar», «ruxsat beruvchi normalar» tushunchalari va turlarini tushuntiring. 6-BOB. MUSULMON HUQUQINING TARMOQ VA INSTITUTLARI. ISLOM DAVLATI VA MOLIYA HUQUQI 6.1. Islomda «davlat huquqi» tushunchasi Musulmon jamoasida oliy hokimiyat, ya’ni xalifalik huquqi to‘g‘risidagi masala milodiy VII–X asrlarda hal etilgan bo‘lib, u xalifalikning ijtimoiy-siyosiy tarixida eng muhim va keskin muammo hisoblangan. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning vafotidan so‘ng, yangi xalifani saylash zarur bo‘lgan. Makka va Madinada payg‘ambar bilan birga bo‘lib, hadislarni yaxshi biluvchi, hayoti payg‘ambarning sunnada tavsiflangan hayotiga monand bo‘lgan zotgina xalifa lavozimiga munosib 82 ko‘rilgan 1 . Bunday shaxsning farmoyishlarini musulmonlar so‘zsiz, zudlik bilan bajarishlari uchun u ancha katta nufuzga ega bo‘lishi shart edi. Dastlabki to‘rt xalifa bunday talablarga to‘liq javob berar edilar. Ular arab diniy manbalarida «xulafo ar-roshidin», ya’ni «to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar», deb ta’riflangan. Qur’oni karimda Odam va Dovud alayhissalomlar Allohning yerdagi noiblari sifatida xalifalar deb atalgan, ya’ni: «Eslang (ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa (yor- damchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!» («Baqara» surasi) 2 . «Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafs) xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo‘lidan ozdirur. Albatta, Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya’ni qiyomatni) unutib qo‘yganlari sababli, qattiq azob bordir» («Sod» surasi). «Xalifa» so‘zi Abu Bakr jamoa boshlig‘i (amiri) qilib saylanganidan keyin terminologik ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi xalifa – Umarga «Alloh elchisining xalifasi», degan nom berildi, lekin keyinroq bu nom amir al- mo‘’minin (mo‘minlar hukmdori), deb o‘zgartirildi. Ko‘plab musulmon mutafakkirlarining fikricha, xalifa hokimiyatining qaror topishi «zarurat» edi. U musulmon davlatining boshlig‘iga, xalifani saylovchi va nazorat qiluvchi, shuningdek unga maslahatlar beruvchi jamoa vakillariga, shuningdek barcha musulmonlarga yuklatilgan «majburiyat» sanalgan. Islom davlatshunoslari xalifalikning zarurligi haqidagi xulosani isbotlash uchun diniy aqidalar bilan birga, mantiqiy dalillarni ham keltirganlar. Diniy aqidalarda musulmonlarning diniy majburiyatlarni ado etishlari, umuman musulmon huquqi qoidalarini to‘liq bajarishlari uchun xalifa nazorati zarurligi ta’kidlangan. 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ⱥɛɭɥ ɚɫɚɧ Ⱥɥɢ ɚɥ-Ɇɨɜɚɪɞɢɣ. ɋɭɥɬɨɧɢɣ ԟɭɤɦɥɚɪ (Ⱥɪɚɛ ɬɢɥɢɞɚ). – Ԕɨԟɢɪɚ, 1298. 2 Ԕɭɪɴɨɧɢ ɤɚɪɢɦ ɦɚɴɧɨɥɚɪɢɧɢɧɝ ɬɚɪɠɢɦɚɫɢ / Ɍɚɪɠɢɦɚ ɜɚ ɢɡɨԟɥɚɪ ɦɭɚɥɥɢɮɢ Ⱥɛɞɭɥɚɡɢɡ Ɇɚɧɫɭɪ. – Ɍ., 2001. 83 Musulmon huquqi qoidalariga asoslangan islomiy adolatga erishish uchun «oqilona» sabablardan hisoblangan jamoa a’zolari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish zarurligi keltirilgan. Lekin xalifalik foydasiga ilgari surilgan barcha oqilona dalillarning markazida doim davlat va jamoat ishlarida tartibsizlik hamda o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlangan1. Shialik yo‘nalishi vakillari xalifalikning zarurligi g‘oyasini yanada qat’iyroq «himoya qilganlar». Shialar imomatni (ular davlatni shunday deb ataganlar) Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar da’vatining davomi va muqarrar yakuni, deb hisoblaganlar. Ular imomatni qaror toptirish jamoa burchi emas, balki Allohning huquqi, deb bilganlar. Ta’kidlash lozimki, shialarda musulmon davlati huquqiy institut emas, balki dinning ilk asoslaridan biri, islomning «tayanchi» hisoblanadi. Imomat huquq fani predmetini tashkil etmaydi, huquqshunoslar ta’riflagan normalar yordamida ta’riflanmaydi, balki Allohning hukmi bilan uzil-kesil belgilangan qoida, shakl hisoblanadi. Shu bois shialar imomatdan voz kechish yoki hatto uning muayyan shaklini tanlashni jamoaga topshirish mumkin emas, deb ta’kidlaydilar. Dastlabki to‘rt xalifani saylash tartiblari oddiy qabila boshlig‘ini saylashdan kam farq qilgan. Bunda hokimiyatga bo‘lgan huquqning birdan-bir manbai – ko‘pchilikning xohish-irodasi bo‘lgan. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafotidan so‘ng musulmonlarning guruhlarga bo‘linishiga sabab bo‘lgan jamoa rahbari xususidagi bahslarda quyidagi holatlar aniq-ravshan ko‘zga tashlangan: a) rahbar musulmonlar jamoasi (umma) tomonidan saylanishi lozim, degan fikrga hamma qo‘shilgan; b) jamoa ma’qul deb topgan, ko‘pchilik musulmonlarning e’tiborini qozongan odamgina saylanishi mumkin bo‘lgan. Kim rahbar lavozimiga da’vogar bo‘lishi mumkin, degan masalada ulamolar yagona fikrga kela olmaganlar. Muhammad (s.a.v.)ning kutilmagan vafotidan so‘ng, muhojirlar va ansorlar o‘rtasida nizo chiqqan. Choryorlardan biri, buyuk davlat arbobi Umar ibn Hattob al- Farruh (taxminan 585–644)ning vositachiligida bu nizoga barham berilgan. Aynan u Abu Bakrni xalifa etib saylash (632-y.) tashabbuskori, uning yaqin maslahatgo‘yi bo‘lib, o‘z kuch-g‘ayrati va qat’iyati bilan unga madad berib turgan. Muhojirlar islom dinini qabul qilgan madinaliklar – ansorlar bilan birgalikda musulmon jamoasining eng sara qismini tashkil qilgan. Allohning elchisi vafot etganidan so‘ng, muhojirlar va ansorlar o‘rtasida 84 hokimiyat uchun kurash avj olgan. Bu kurashda muhojirlar yutib chiqqanlar. Shuni ta’kidlash zarurki, islomdagi barcha xalifalar makkaliklar avlodidan bo‘lgan. Xalifalik ulamolari Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning avlodlari (Hoshimiylar), payg‘ambar sahobalari (muhojirlar va ansorlar), Makkaning ayrim nufuzli qavmlari (ayniqsa, ummaviylar)dan va oldingi qabila oqsoqollarining bir qismidan yetishib chiqqanlar. O‘sha davrda musulmonlar jamoasi va arab davlati o‘rtasida farq bo‘lmagan. Jamoa Qur’on va sunna asosida boshqarilishi lozim, deb hisoblangan. Xalifalik hokimiyatining diniy va dunyoviy (siyosiy) vazifalari ham dastlab farqlanmagan, lekin keyinroq ular farqlana boshlandi. Barcha musulmonlarning tengligi rasman tan olingan. Uchinchi xalifa – Usmon davrida xalifalik to‘liq ummaviylar va ularning izdoshlari, boshqacha aytganda, makkalik zodagonlar firqasi qo‘liga o‘tdi. Keksa muhojir, payg‘ambarning kuyovi Usmon o‘ta taqvodor musulmon sifatida dovruq qozongan edi. U o‘z atrofiga ummaviylar urug‘i a’zolarini to‘pladi. Xalifalikdagi barcha muhim lavozimlar, chunonchi, sarkarda va viloyat noiblari lavozimlarini ummaviylar urug‘ining a’zolari yoki ularning tarafdorlari egalladilar. Ular yerlarni bosib olish va boyishda o‘z mavqeidan foydalandilar. Xususan, Muoviya ibn Abu Sufyon boy Suriya noibi etib tayinlandi. Ijtimoiy tengsizlikning kuchaygani ummaning ko‘pgina a’zolarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Usmon hokimiyatiga qarshi xalifalikda muxolifat yuzaga keldi. Qo‘shinda va viloyatlarda yashovchi zodagonlar o‘rtasida xalifa Usmonning siyosatiga qarshi norozilik kuchaydi. Aynan shu davrda Muhammad (s.a.v.)ning kuyovi, uning suyukli qizi Fotimaning eri Ali ibn Abu Tolib tarafdorlari guruhi yoki firqasi tashkil topdi. Uning tarafdorlari «Ali shiasi» yoki «Ali firqasi» deb nomlandi. Shialik yo‘nalishining nomi shundan kelib chiqqan. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling