Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
Qozining hukmi bilan bo‘ladigan taloq. Yuqorida aytib o‘tilgan
ajralish turlaridan boshqa ba’zi holatlarda musulmon huquqi taloq qilishni 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ȺΣɦɚɞ ɢɛɧ ɂɫɨ Ɉɲɭɪ. Ⱥɥ-ɮɢԕԟɭɥ ɦɭɹɫɫɚɪ ɮɢɥ ɦɭɨɦɚɥɨɬ (Ɏɭԕɚ- ɪɨɥɢɤ ԟɭԕɭԕɢ ɛʆɣɢɱɚ ɟɧɝɢɥ ɮɢԕԟ). – Ȼɚɣɪɭɬ, 1996. 107 qozining hukmiga bergan. Abu Hanifa mazhabida erdagi jinsiy zaiflik aybi sababli, er taloq qilmasa, qozi taloq qilish huquqiga ega. Abu Hanifaning shogirdi imom Muhammad esa bunga qo‘shimcha tarzda, agar er majnun, moxov yoxud peslik kasaliga chalingan bo‘lsa ham, qozi taloq qilish huquqiga ega, degan. Lekin mazkur ayblar bilan ajratishning quyidagi shartlari bor: a) ayol nikohdan avval bu ayblarni bilmasligi; b) ayol qozidan ajratib qo‘yishni talab qilishi kerak. Ammo boshqa mazhab vakillari qozi hukmi bilan taloq qilishning chegarasini ancha kengaytirganlar. Masalan, er xotinni nafaqa bilan ta’minlamasa, er xotinga qasddan zarar yetkazish niyatida yomon muomala qilsa, er uzoq muddatga qamalgan holatlarda, xotin qoziga ajratib qo‘yishni talab qilgan taqdirda qozi er nomidan taloqqa hukm qilish huquqiga ega. Xala’a sababli nikohning bekor bo‘lishi. Ayol o‘ziga berilgan mahrni, uning miqdorini yoki undan ziyodrog‘ini eriga qaytarishi, berishi evaziga nikohini bekor qilishi mumkin. Bu jarayon albatta qozining yoki hokimning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Qozidan taloqni olib berishini so‘rab kelgan ayolga eridan olgan mahrini tamomila qaytarishi shart qilib qo‘yiladi. Qozining huzurida erga ayolning talabi bayon qilinib, er rozi bo‘lsagina bergan mahri yoki uning miqdori qaytarilib berilishi evaziga er o‘z xotiniga taloq beradi. Lion tufayli nikohning bekor bo‘lishi. «Lion» arab tilidagi so‘z bo‘lib, «la’natlash» degan ma’noni bildiradi. Qonun tilida lion erkak kishining aql-hushi o‘zida bo‘lgan holatida o‘z nikohida bo‘lgan pok xotinini boshqa erkak kishi bilan zino qilganlikda ayblashi, uni zinoga nisbat beruvchi so‘zlar bilan haqorat qilishi (misol uchun xotinini «sen fohishasan, zinokorsan», deya so‘kishi) yoki «sen tuqqan bola mendan emas» deb haqorat qilishi er-xotinlikning tugatilishiga asos bo‘lishi mumkin. Lionning huquqiy oqibatlari: birinchidan, lion sababli har ikkala tomon ham had jazosidan qutulib qoladi; ikkinchidan, lion aytilgandan so‘ng, o‘rtaga boin taloq tushib, qozi ularning o‘rtasini ajrim qilib, idda muddati davomida ayolning nafaqasini erning zimmasiga yuklaydi; uchinchidan, agar er o‘z ko‘rsatmasini lion bilan tasdiqlashdan bosh tortsa, unga nisbatan tuhmat uchun belgilangan jazo qo‘llanadi, shundan so‘ng er-xotinlikni qayta davom ettirish mumkin. Idda muddati (ayol taloq qilingandan so‘ng yoki eri vafot etgandan so‘ng, uning boshqa turmushga chiqishini man etuvchi ma’lum muddat). Musulmon huquqida ayol uchun belgilangan iddaning bir qancha o‘ziga xos tomonlari mavjud: 108 – eri vafot etgan yoki taloq qilingan ayolning o‘sha eridan homilasi bor-yo‘qligini aniqlash. Agar homila mavjud bo‘lsa, bo‘lajak farzandning nasabi – otasi ma’lum bo‘lgan hisoblanadi; – vafot etgan erning hurmati, ya’ni bir necha yillik birgalikdagi hayotning hurmati. Er vafot etgach, hech fursat o‘tmay boshqa turmush qurish, avvalo, turmush o‘rtog‘iga nisbatan hurmatsizlik bo‘lsa, so‘ngra ayolning yengil tabiatli ekanligini bildiruvchi holatdir; – taloq iddasida o‘tirgan ayol va taloq qilgan er uchun qilgan ishi to‘g‘risida yaxshilab mulohaza yuritish, taloq qilish jahl ustida, arzimas sababdan bo‘lgan bo‘lsa, qaytadan yarashib, birgalikda hayot kechirish uchun berilgan qulay fursatdir. Shuning uchun iddada o‘tirgan ayollar, idda muddatida eri bilan birga yashagan uydan chiqmasliklari va o‘z navbatida erlari ham ularni chiqarib yubormasliklari kerak. Chunki Alloh taolo «Taloq» surasining 1-oyatida: «...qachon sizlar (mo‘minlar ayollaringizni) taloq qilsanglar... (to iddalari tugaguncha) ularni (o‘zlari yashab turgan) uylaridan haydab chiqarmanglar va ular o‘zlari ham chiqib ketmasinlar», – deb buyurgan. Iddaning shartlari. Musulmon huquqining sunniylik mazhabi qoidalari to‘g‘risidagi asarlarda iddaning quyidagi shartlari bayon etilgan: – agar iddada o‘tirgan ayol, idda ichida tug‘sa, tug‘ilgan farzandning otasi avvalgi eri hisoblanadi; – agar idda ichida er yoki xotin vafot qilsalar, idda raj’iy taloqdan bo‘lgan taqdirda, er yoki xotin bir-birlaridan meros olishga haqlidirlar. Ammo idda boin taloqdan bo‘lsa, u vaqtda bir-birlaridan meros ololmaydilar; – idda vaqtida xotin boshqa erga chiqishi mumkin emas. Ammo er kishi uchun uylanmaslik muddati tayinlanmagan, ya’ni xotini iddada o‘tirgan bo‘lsa ham, eri uylanishi mumkin. Bolalarning huquqlari. Bolalarning eng birinchi huquqi nasabining aniq bo‘lishidir. Bolaning kelgusidagi barcha ishlariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi haqi – uning nasabi – ota va onasining aniq bo‘lishidir. Emmoqlik. Bu huquqqa ikki jihatga ko‘ra e’tibor qaratiladi. Birinchidan, bolaga beriladigan nafaqa, ikkinchidan, ma’lum muddatda bolaning hayoti uchun munosib ozuqa – ona sutining ta’minlanishi. Shu talablar sababli emizishlik onaning vazifasi hisoblanadi. Zero, Qur’oni karim «Baqara» surasining 233-oyatida: «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchun. Ularni (ya’ni, onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning zimmasidadir», – deya ko‘rsatma berilgan. 109 Go‘dakni tarbiyaga olish. Farzand dunyoga kelishi bilan uni tarbiyalash, muhofaza qilish lozim bo‘ladi. Islom dini bola tarbiyasiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashib, tarbiya jarayonini bir necha bosqichlarga taqsimlagan va har qaysi bosqichda kim uning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishi zarurligini ko‘rsatgan. Bolalar va qarindoshlar nafaqasi. Yuqorida bolalarning uch turli haqlari – nasab, emmoq, himoya quchog‘ida bo‘lishlarni aytib o‘tdik. To‘rtinchi haq – nafaqa haqi – bolani yedirish va kiyintirishdir. Bolaning nafaqa huquqini yaxshiroq tushunish uchun avval ba’zi qarindoshlarning ba’zi qarindoshlardagi nafaqa haqini biroz sharhlash lozim. Islom normalariga ko‘ra, o‘ziga to‘q va bir kasbga ega kishi, biror kasbni qilishga ojiz bo‘lgan qarindoshiga ham yordam qilishi zarur. Lekin qaysi qarindoshlarga yordam qilish lozim deganda, ulamolar turli fikrlarni bildirganlar. Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling