Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov
Davlat boshqaruvi shakllari: imomlik va xalifalik
Download 4.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Musulmon huquqi. Isxakov S.A., Raxmanov A.R. Darslik . – Toshkent ...
6.2. Davlat boshqaruvi shakllari: imomlik va xalifalik
Dastlab birinchi xalifani saylash chog‘ida Alining xalifalikka bo‘lgan huquqini faqat uch nafar sahoba – Abu Zarr al-G‘afforiy, Mihdad ibn al- Asvad va fors Salmon al-Forsiy yoqlab chiqdilar. Biroq ularning gaplariga hech kim quloq solmadi. Xalifa Usmon davrida jamiyatning quyi tabaqalari o‘rtasidagi norozilikning kuchayishi bois Alining dovrug‘i oshdi. Abu Zarr (653-y. v.e.) «Ali firqasi» shialik harakatining faol 85 tashkilotchisiga aylandi. Abu Zarr Damashqda, xalifa noibi Muoviya huzurida hukmdor tabaqaning dabdababozligi va ochko‘zligini qoralab, va’z aytdi. U payg‘ambarning oilasi, ya’ni Ali va uning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘illari – Hasan va Husayn imomlik huquqiga egalar, deb e’lon qildi. Milodiy 653–655-yillarda xalifa Usmon hokimiyatiga qarshi norozilik tobora kuchayib bordi. 656-yil may oyining boshlarida Madinaga misrliklardan elchilar keldi. Usmon Alining vositachiligida ular bilan muzokaraga kirishdi va qo‘yilgan talablarni qondirishga va’da berdi. Ammo shundan keyin xalifa Misrdagi noibi ibn Abu Sarhuga elchilar vataniga qaytgach, ularni qatl etishni buyurib, maktub yubordi. Biroq yo‘lda misrliklar maktubni qo‘lga kiritdilar va Madinaga qaytib kelib, boshqa norozilar bilan birga Usmonning uyini qamal qildilar. Ular Usmondan xalifalikdan voz kechishni talab qildilar. Usmon rozi bo‘lmadi. Shunda isyonchilar uni o‘ldirdilar. Misrliklarning taklifiga ko‘ra (ularga kufaliklar va basraliklar ham qo‘shildi) Ali ibn Abu Tolib xalifa deb e’lon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr, shuningdek Aliga nisbatan adovatda bo‘lgan payg‘ambarning bevasi Oyshaning tarafdorlari unga qarshi bosh ko‘tardilar. Ular Alining qat’iyatsizligi va sustkashligidan foydalanib, Basrani egallab oldilar. Ayni vaqtda qatl etilgan Usmonning qarindoshi, Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush e’lon qildi. 656-yilning dekabrida Basra shahri yaqinida bo‘lgan «tuyalar jangi»da Ali Talha va az-Zubayrning kam sonli qo‘shinini tor-mor keltirdi. Oysha asir olindi. Lekin Ali unga izzat-ikrom ko‘rsatib, qo‘yib yubordi. Shunday qilib, eski muhojirlarning bir qismiga suyangan guruh tor-mor etildi. Payg‘am- barning kuyoviga qarshi faqat birgina raqib – Muoviya qoldi. Ali o‘z qarorgohini Iroqning Kufa shahriga ko‘chirib, suriyaliklarga qarshi urush boshladi. 657-yilning iyulida Furot daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Alining qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, u raqiblari bilan kelishishga ko‘ndi. Alining harakatidan norozi bo‘lgan askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etib, «xorijiylar» deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. «Shialar» singari «xorijiylar» ham dastlab sof siyosiy firqa bo‘lgan va keyinchalik alohida diniy oqimga aylangan. Alining tarafdorlari shundan buyon «shialar» deb ataladi. Ular Ali va uning avlodlariga, shuningdek avloddan avlodga o‘tuvchi xalifalik – imomat g‘oyasiga sodiqdirlar. Ali bilan Muoviya o‘rtasidagi urush 658-yilda yana avj oldi. Biroq Ali maslahatchilarining so‘ziga kirib, avaal «xorijiylar»ga qarshi yurish 86 qildi, ularning qo‘shinini Nahravon yaqinidagi jangda tor-mor keltirdi. Lekin «xorijiylar» oqimi yo‘q qilib tashlanmadi. Shundan beri «shialar» va «xorijiylar» o‘rtasidagi ixtilof murosasizlik tusini oldi. Hazrat Ali 661-yil 19-yanvarda Kufa masjididan chiqayotganda Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy degan xorijiy tomonidan jaro- hatlandi va ikki kundan so‘ng vafot etdi. Bundan avval (660-yilda) Muoviya Quddusda xalifa deb e’lon qilingan edi. Oxirgi ikki yilda ustunlik Muoviya tarafida bo‘lgan fuqarolar urushi Alining o‘limidan so‘ng barham topdi. Shialar ikkinchi imom deb hisoblagan Alining katta o‘g‘li Hasan Muoviya bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, o‘z huquqlaridan voz kechdi, buning evaziga ko‘p miqdorda pul va boy mulklar olib, Madinada yashay boshladi. Muoviya o‘zining barcha raqiblarini afv etdi. U xalifalikning barcha viloyatlarida xalifa deb tan olindi (uning xalifalik davri 661–680-yillar). Muoviya davrida poytaxt Damashqqa ko‘chirildi, chunki unga asosiy tayanch bo‘luvchilar Suriyada yashaydigan arab qabilalari edi. Ummaviylar sulolasining hukmronlik davrida (661–750) xalifalik ilk feodal jamiyatga aylandi. Ummaviylar dunyoviy davlat qurdilar. Bu muhojirlar va ansorlardan iborat diniy davlat tarafdorlarining noroziligini kuchaytirdi. Madina muxolifat markazi bo‘lib qoldi. Lekin Ummaviylarning eng xavfli raqiblari shialar va xorijiylar edi. Xorijiylar qo‘zg‘olonlar ko‘tarishda doim quyi tabaqalar – dehqonlar, qashshoq badaviylar, shahar hunarmandlari va qullarga tayanardilar. Xorijiylar o‘tgan xalifalardan faqat Abu Bakr va Umarni tan olardilar, xolos. Ular o‘z oralaridan «xalifalar» tayinlar edilar, lekin ularni xorijiylarning o‘zlaridan boshqa hech kim tan olmasdi. Bularning barchasida ilk xorijiylikning demokratik xususiyati namoyon bo‘ladi. Amalda ushbu oqimning tarafdorlari musulmonlar jamoasini davlatning oliy organi, deb hisoblaganlar, xalifalarga bu jamoaning xizmatkorlari sifatida qaraganlar. Xorijiylar ta’limotiga ko‘ra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi. Har qanday taqvodor musulmon (hatto u qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xalifa etib saylanishi mumkin. Agarda xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar fikricha, e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi shart. VII asrning oxirida xorijiylar ko‘targan ko‘plab qo‘zg‘olonlar ummaviylardan bo‘lgan xalifalar tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi. Oxirgi qo‘zg‘olonlar xalifa Marvon II (744–750)ning davrida Mesopo- tamiya va Arabistonda ko‘tarildi. Bu mashhur sarkarda qo‘zg‘olonni 87 bostirish uchun juda ko‘p harbiy kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi. Ummaviylar bilan shialar ham murosaga kela olmaganlar. Ummaviylar bilan Alining avlodlari o‘rtasidagi xalifalik uchun kurashlar jarayonida islom dini ikki asosiy yo‘nalish – sunniylik va shialikka bo‘linganini biz yuqorida aytib o‘tdik. Ilk shialar faqat arablar edi. Biroq, Ummaviylar davrida bu harakat Iroq va Eronda ham keng tarqaldi. Shialar bu davlatlarning aholisiga arablar bilan teng huquqlarni berishni va’da qildilar. Xalifalik hokimiyatini avval Aliga, uning vafotidan keyin esa avlodlariga berish masalasi shialar bilan ummaviylar o‘rtasidagi kurash- ning siyosiy maqsadiga aylandi. Bu shialarning avloddan avlodga o‘tish tamoyiliga asoslangan xalifalik hokimiyatini tan olishlarini anglatar edi. Shialarga ummaviylarga qarshi kurashning g‘oyaviy asoslari zarur edi. Ali Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning oilasidan chiqqanligi, Alining o‘g‘illari – Hasan va Husayn payg‘ambarning nabiralari ekanligi shialar uchun shunday asos bo‘lib xizmat qildi. Bundan tashqari, ular ummaviylarni Qur’on qoidalaridan chetga chiqishda va dahriylikda aybladilar. Yuzaga kelgan sharoitda shialar marhum Alining shaxsini o‘ta ilohiylashtirib yubordilar. Shialarning hadislarida u nafaqat Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarga teng, balki ba’zan undan ham yuqori qo‘yiladi. Ular o‘rtasida Allohning Muhammad (s.a.v.)ga aytgan quyidagi «so‘zlari» keng tarqalgan: «...agar sen bo‘lmasang, men osmonni yarat- magan bo‘lardim, lekin Ali bo‘lmasa, men seni yaratmagan bo‘lardim» 1 . Usmon to‘plab kitob shakliga keltirgan Qur’onning 114-surasiga shialar «Ikki ziyo» deb nomlangan yana bir surani qo‘shganlar. Bunda «ziyo»lardan birinchisi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar, ikkinchisi Ali, deya tan olingan. Shialar Qur’onning to‘plovchilarini uning mazmunida Alining ilk islom tarixidagi rolini pasaytirib ko‘rsatganlikda ayblaganlar. Sunna hadislari to‘planib, qayd etilishi jarayonida Qur’on matni va diniy ta’limotning mazmuni ko‘proq ummaviylarning manfaatlariga moslangan. Tabiiyki, shialar bu bilan kelisha olmaganlar, ular sunnani inkor etib, Ali va uning tarafdorlari manfaatlari bilan bog‘liq hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzganlar. Bunday to‘plamlar «Axbor» deb atalgan. Ko‘pgina islomshunoslar hadislarning bu ikki to‘plamini qarama- qarshi qo‘ymaslik kerak, deb hisoblaydilar. Masalan, taniqli fransuz sharqshunosi A. Masse: «Matnlarning aksariyati umumiy bo‘lib, roviylar- 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɥɢɦɨɜɢɱ Ʌ.ɂ. ɂɫɥɚɦ: ɨɱɟɪɤɢ. – Ɇ., 1962. – ɋ. 113. 88 ning ismiga ko‘ra farq qiladi» 1 , – deb yozadi. Shunga qaramay, islom- dagi asosiy yo‘nalish – sunniylik degan nom sunniylik ta’limotini tan olishdan kelib chiqqan. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar nabiralari – Hasan va Husayn (Hazrat Alining o‘g‘illari)ning xalifalik siyosiy maydoniga chiqishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Ularning mavqei va imomlik unvoni ularga hokimiyatni egallash imkonini bermadi. Xalifa Muoviya I ning o‘limi (680-yil) Ummaviylarga qarshi muxolifatning bosh ko‘tarishiga turtki bo‘ldi. Kufa shialari Makkaga, Alining ikkinchi o‘g‘li Husaynga vakillar yuborib, uni Kufaga taklif qildilar va undan xalifa Yazidga qarshi qo‘zg‘olonga bosh bo‘lishini so‘radilar. Shialar Alining katta o‘g‘li, ikkinchi imom Hasan 669-yilda vafot etgach, Husaynni uchinchi imom deb e’lon qilgan edilar. Husayn kichik lashkar bilan Makkadan Kufaga jo‘nadi. U jiyani Muslim ibn Oqilni Kufaga o‘zidan ilgariroq yubordi. Biroq Kufa noibi Ubaydulloh ibn Ziyod shialarning qo‘zg‘olonini avj olmasdan turib bostirdi, Muslim Kufaga yetmasdan halok bo‘ldi. Husayn yo‘lda bundan xabar topdi, lekin orqaga qaytishni xohlamadi. U yetmish nafar jangchisi, shu jumladan 18 yoshli jiyani, ularning xotinlari va bola-chaqalari bilan Kufa yaqinidagi Karbalo dashtiga yetib kelganida, xalifa Yazidning sarkarda Umar ibn Said ibn Abu Vaqqos boshliq bo‘lgan to‘rt ming kishilik qo‘shini ularni qurshovga oldi. Husayn Umarning xalifaga taslim bo‘lish haqidagi talabini rad etdi, uning odamlari bir hafta mobaynida tashnalikdan azob chekdilar. 680-yil 9- oktabr tunida Husayn o‘z yaqinlariga vasiyat qoldirib, so‘nggi ko‘rsat- malarini berdi. 10-oktabr kuni ertalabki namozdan keyin Husayn va uning odamlari jangga kirdilar. Husayn jangda tengsiz mardlik ko‘rsatib, tanasining 67 joyidan jarohatlanib, shahid bo‘ldi. Uning jangchilari ham halok bo‘ldilar. Ularning tanasidan judo qilingan boshlari Damashqqa, xalifa Yazidga yuborildi. Xalifa Husaynning asir olingan xotinlari, bolalari va qarindoshlarini ozod qilib, Madinaga qaytishlariga ruxsat berdi. Karbalodagi fojia shialarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ular uchinchi imom Husaynni shahid, deb e’lon qildilar, Husaynning jasadi dafn etilgan Karbalo dashti shialarning asosiy ziyoratgohlaridan biriga aylandi. Shialar hozirgacha imom Husaynga motam tutadilar, «Shaxsey-vaxsey» deb nomlangan motam yurishlari o‘tkazadilar. Bu ibora «Shoh Husayn, voh Husayn», degan ma’noni anglatadi 2 . 1 Download 4.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling