37. Sinektika metodi. Sinektika metodi «miya jangi»bilan bir xildagi elementlarga ega bo‘lib, analogiyaga asoslangan to‘rtta stul – amalni o‘z ichiga oladi:
Bevosita anologiya (maskur muammoga o‘xshash muammolar qay tariqa hal qilinadi).
Shaxsiy analogiya (topshiriqda berilgan ob’ekt obraziga kirib, o‘sha kishining nuqtai nazaridan mushohada qilish).
Ramziy analogiya (muammo mohiyatini bir necha so‘zlar bilan obrazli qilibta’riflab berish).
Xayoliy analogiya (ertak qahramonlari bu muammoni qay tariqa hal qilgan bo‘lur edilar).
Bunda o‘quv materialini aniqroq bo‘lib anglashiladi, o‘zlashtiriladi, xotirada uzoqroq saqlanib qoladi va amaliy hamda ilmiy maqsadlar aniqroq tadbiq etiladigan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, talaba ancha o‘quvli talaba, o‘qituvchi esa, yaxshiroq o‘rgatadigan o‘qituvchi bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |